Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
60
Odamlar, mollar orasidan o‘tib, nari ketdik. Ana, nihoyat bizning echkiga ham xaridor 
topildi. Peshonasiga qiyiqcha tang‘igan kishi Qoraquloqni uyog‘idan o‘tib tomosha qildi, 
buyog‘idan o‘tib tomosha qildi. 
— Qancha so‘raysiz? — dedi oyimgamas, echkiga qarab. 
— Besh yuz so‘m. 
— Uch yuz! — qiyiqcha tang‘igan kishi echkining bo‘ynidan silab qo‘ydi. — Shoshib 
turibman, olamanu ketaman. 
— Yo‘q, amaki, bu zotli mol, — dedi oyim bosh chayqab. — Onasi har yili ikkitadan 
tug‘adi, ko‘p sut beradi. Suti yog‘li, sigirnikiga o‘xshaydi. Besh yuzdan kamiga bo‘lmaydi. 
Qiyiqcha tang‘igan kishi savdolashib o‘tirmay nari ketdi. Yana ikkita xaridor keldi. Biri 
uch yuz o‘n so‘mga chiqdi, ikkinchisi ikki yuz ellikdan oshmadi. Keyin echkimizni hech 
kim so‘ramay qo‘ydi. Turib-turib zerika boshladim, bir hovuch yong‘og‘imni u qo‘limdan 
bu qo‘limga olaman, bu qo‘limdan u qo‘limga olaman... Kun isib borar, suv ichgim 
kelardi. Oyim ham toliqib ketdi shekilli, nuqul atrofga javdiraydi. 
— Dallol topmasak bo‘lmaydi shekilli, o‘g‘lim, — dedi ruhi tushib. 
Xuddi shuni kutib turgandek, telpagining quloqchinini kuya yegan, paxtali shimining 
tizzasigacha go‘ng bo‘lib ketgan kishi paydo bo‘ldi. 
— Ha, yanga, uloqchaga xaridor chiqmadimi? — dedi shang‘illab. 
— Uloqchamas, echki-ku, — dedi oyim ranjib. — Qarang, zotli mol, onasi har yili 
ikkitadan tug‘adi. Ko‘p sut beradi. Suti quyuq, sigirnikiga o‘xshaydi. 
— Ko‘rib turibman! — Telpakli kishi qo‘l siltadi.— Mushukdekkina echki ekan. Bo‘g‘oz 
bo‘lganmi-yo‘qmi? 
Oyim bosh chayqadi. 
— Unisini aytolmayman. Yolg‘on gapirib nima qildim. Ammo onasi zotli. Har yili ikkitadan 
tug‘adi, sersut... 
Telpagini kuya yegan kishi bir zum o‘ylanib qoldi. 
— Endi, yanga, gap bundoq, — dedi tag‘in shang‘illab. — Men xolis odamman, ko‘rib 
turibman, boyadan beri turaverib, sarg‘ayib ketdingiz. Xo‘p desangiz, molingizni sotib 
beraman. Ammo cho‘talni oldindan kelishib olamiz: yigirma besh so‘m! 
— Mayli, bir gap bo‘lar, — dedi oyim sekin. — Baraka toping, insofli odamga 
o‘xshaysiz... Ammo o‘zi zotli mol... 
— Qancha so‘rayapsiz o‘zi? — dallol onamning gapini bo‘ldi. 
— Besh yuz. 
— Nima? — dallol dahshatli gap eshitgandek ko‘zini ola-kula qildi. — Besh yuz so‘mga 
govmish sigir beradi-ku! Hozir bozor arzon. Qish kelyapti, yanga! Qish kelyapti! Yem 
tashvishi bor, pichan tashvishi bor... 
Onam norozi qiyofada yelkasini qisdi. 
— Mana shu bolamga pufayka olib bermoqchiman. Adasi besh yuzdan kamiga ko‘nma 
deganlar. 
— Gapga pasmatri! — dallol xuddi onam gunoh ish qilib qo‘yganday qo‘lini silkitdi. — 
Odamlardayam diyonat qolmapti o‘zi! 
U endi burilib ketayotgan edi, oyim yalindi: 
— Xudo xayringizni bersin, bitta-yarimta insofliroq xaridor toping. Mayli, haqingizni 
beraman. 
Dallol qaytib keldi. Qoraquloqning qornini paypaslab ko‘rdi. 
— Mayli, — dedi to‘ng‘illab. — Shoshmay turing-chi. 
Chorak soatchadan keyin u eskiroq chopon kiygan kishi bilan mendan kattaroq bolani 
boshlab keldi. Bolaning boshida yap-yangi do‘ppisi bor edi. Do‘ppi uning uzunchoq 
boshida g‘alati qiyshayib turardi. Pufaykadan ortgan pulga oyim mengayam yangi do‘ppi 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish