Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
58
qora. Aka-ukalar unga Qoraquloq deb ot qo‘yganmiz. Echkimga achindim. Yaxshi, 
yuvoshgina edi. Chamamda, oyim ham shuni o‘ylardi shekilli, sekin gap qo‘shdi: 
— Qochirib olsak bolalarga sut mo‘lroq bo‘larmidi? 
— Boshqa iloji yo‘q-da! — dedi dadam tajangroq bo‘lib. — Jilla qursa, bittasiga pufayka 
olib berish kerak. Bultur ham maktabga akasining choponini kiyib bordi. 
Ha, demak, pufayka meniki bo‘ladi. Negaki, ukam hali maktabga bormaydi. Yengining 
uchiga charm qoplanganidan olaman. Sinfimizda faqat Valida shunaqa pufayka bor. Zebi 
xola naqd to‘rt yuz so‘mga obergan. Valining o‘zi aytgan. 
— Bozor kuni Tezakopga olib tushaman, — dedi dadam ishonch bilan. 
Biroq dadam juma kuni shamollab yotib qoldi. Shanba kuniyam o‘rnidan turolmadi. 
Kechqurun yana echki sotishning maslahati bo‘ldi. 
— O‘zing bora qol, — dedi dadam yotgan joyida. 
Onam mung‘ayib qoldi. 
— Voy, men bozorni bilamanmi? — dedi bo‘shashib. — Bir-ikki marta mol sotib yurgan 
bo‘lmasam... 
Dadamning jahli chiqib ketdi. 
— Nima, bozorga tushadiganlarning shox-butog‘i bormi? Hammayam senga o‘xshagan 
odam-da! Ja bo‘lmasa, bitta-yarimta dallolning qo‘liga o‘n so‘m bersang, sotib beradi. 
Ammo besh yuzdan kamiga ko‘nma. Zotli mol, degin! 
Ertasiga tong qorong‘isida oyim meni sekin turtib uyg‘otdi. 
— Qani, tura qol, bolam, echkini haydashib borasan. 
«Nimaga, qayoqqa», deb o‘tirmadim. Bilaman, akalarim haydashib borsayam bo‘lardi-
yu, unda pufaykadan quruq qolaman-da. 
G‘ingshibroq bo‘lsayam turdim. Oyim echkini sog‘ib bo‘lguncha tong yorishdi. Keyin u 
Qoraquloqni yetakladi, men tol xivich olib, orqasidan yo‘lga tushdim. Qoraquloq ham 
uyqusirab turgan ekan shekilli, indamay ketaverdi. Faqat darvoza oldiga borganda onasi 
bilan akasi tomonga qarab qisqagina ma’rab qo‘ydi: xayrlashdi chamamda. 
Tuproq ko‘chadan boryapmiz. Oldinda oyim, ketidan echkim, uning ortidan men. Echkim 
tuproqni changitib, dik-dik qilib boradi. Ora-chora ko‘chaga to‘kilgan yong‘oq xazonlarini 
chimdib, kalta dumini likillatib-likillatib qo‘yadi. Xivich bilan urmasam ham o‘zi 
ketaveradi. Men ko‘chaga to‘kilgan yong‘oqlarni terish bilan ovoraman. Kechasi shamol 
bo‘lganga o‘xshaydi: rosa yong‘oq to‘kilibdi. Birpasda ikki cho‘ntagim to‘lib chiqdi. Oyim 
ora-chora to‘xtab, norozilik bilan orqasiga qarab qo‘yadi. 
— Yura qolsang-chi, hali-zamon bozor tarqab ketadi! 
Tezakop deganiyam, juda olis ekan-da! Avval qora moy hidi anqib turgan temir yo‘ldan 
o‘tdik. Keyin mashinalar g‘izillab borayotgan ko‘chalar chetidan yurdik. Oyog‘imda oyoq 
qolmadi. Nihoyat bozorning temir panjarali darvozasidan ichkari kirdik. Voy-bu! Shuncha 
odam qayoqdan kelgan? Hammayoq qiy-chuv, hamma shoshgan! Ana, bir chekkada 
guvillab olov yonyapti. Qozondan qizigan yog‘ning oppoq tutuni chiqib turibdi. Vuy, 
anavi baliqni! Mening bo‘yimday keladi-ya! Yog‘och ustundagi mixga jag‘idan ilib 
qo‘yishibdi. Kir xalat kiygan mo‘ylovli kishi kapgirni o‘ynatib baqiradi: 
— Kep qoling, laqqa baliq! Laqqa baliq! Qatidan qovurib beray? 
Undan nariroqda kattakon doshqozonda osh damlab qo‘yilibdi. Zarchava solingan, sap-
sariq. Og‘zimning suvi kep ketdi. Iye, ana kabob! Qop-qora kabobpaz bidir-bidir qilib 
xaridor chaqiradi. 
— Yeganlar darmonda, yemaganlar armonda, dumba-jigar! 
Qarang, hidiga odam mast bo‘ladi-ya! 
— Oyi, hali kabob oberasiz-a? — deyman yalinib. 
Oyim bo‘lsa, nuqul bitta gapni qaytaradi: 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish