Microsoft Word dissertatsiya222. docx


 Sharq mutaffakkirlarining shaxs xulq-atvori to'g'risidagi qarashlari



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana07.03.2022
Hajmi0,59 Mb.
#485415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
dissertatsiya222

1.2 Sharq mutaffakkirlarining shaxs xulq-atvori to'g'risidagi qarashlari 
Sharqning qomusiy olimlari tomonidan qoldirilgan merosda inson 
xarakteri, uning xulq-atvori, xatti-harakatlari haqidagi qarashlari hozirgi kun 
uchun dolzarb masala sifatida e'tirof etiladi. Shunga muvofiq, allomalarimiz 
tomonidan qoldirilgan merosda komil insonini tarbiyalash unga xos sifat va 
xususiyatlarni tarbiyalash muammosi atroflicha asoslab berilgan. Ibn Sinoning 
yozishicha, nafsoniy quvvatning manbai miyadir, uning ta'siri shu a'zodan kelib 


19 
chiqadi
8
. Nafsoniy quvvat. Ibn Sino nafsoniy quvvatni turlarga bo'lgan. Ulardan 
biri idrok qiluvchi quvvat. U tashqi va ichki idrok qiluvchi quvvatlarga, tashqi 
idrok qiluvchi quvvat his qilish quvvatidan iborat bo'lib, u beshtadir. Bular — 
ko'rish, eshitish hid sezish, ta'm bilish va tegib sezish quvvatlaridir. Ichki idrok 
qiluvchi quvvatga Ibn Sino umumiy sezish (xayol) va fikrlash quvvatini kiritgan. 
Tashqi idrok qiluvchi quvvatlar orqali sezilganlarning hammasi umumiy sezish 
quvvatiga kelib to'xtaydi. U bu quvvatlarni qabul qilib olib saqlaydi. Shu 
saqlangan quvvatlarni fikrlash quvvati birlashtiradi. Idrok etish quvvatiga Ibn 
Sino yana faxm qilish quvvatini ham kiritgan. Olimning yozishicha, faxm qilish 
quvvati seziladiganlar to'g'risida, ularning sezgi orqali bilinmaydigan ma'nolari 
haqida xukm yuritadi, xulosa chiqaradi. Harakat qildiruvchi quvvat qo'l-oyoq 
paylarini tortib ularni harakatga keltiradi. Harakat qildiruvchi quvvatning kuchi 
mushaklarga asab tomirlari orqali o'tadi. Bu erda Ibn Sino bosh miya va Periferiya 
asab (nerv) tiziminnng faoliyatini to'g'ri ko'rsatib bergan. Ammo bu faoliyatning 
reflektor usulda amalga oshishini bilmay, uni mavhum kuch (quvvat) bilan 
bogg'agan. Bunday tushuncha xato edi, albatta. Biroq sezish va bilish 
jarayonlarini asab tizimi bilan bog'lashi o'sha davr uchun muhim yutuq edi. Tabiiy 
quvvat. Ibn Sino tabiiy quvvatni ham ikki turga bo'lgan. Birinchi turi shaxsni 
saqlash kuvvatidir. Bu quvvatning asosiy ishi oziqlantirishni boshqarish. U inson 
bolasining o'sish davri tugaguniga qadar uning o'sishiga yordam beradi. Tabiiy 
quvvatning joylashgan a'zosi jigardir. Tabiiy quvvatning ikkinchi vazifasi navni 
saqlash. Bunda u ko'payish ishini bajaradi, gavdadagi urug'moddasiga shakl 
beradi. Navni saqlovchi quvvat moyakda joylashgan. 
Ibn Sino tabiiy quvvatni yana ikki guruhga — xizmat qiluvchi va xizmat 
qildiruvchiga bo'lgan. O'z navbatida, xizmat qiluvchi tabiiy quvvat yana ikki 
jinsga bo'linadi. Bulardan biri shaxsning hayotini saqlash uchun xizmat qiluvchi 
8
A.Avloniy.« Turkiy guliston yoxud axloq ».T. :O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. – 2004. 


20 
quvvat. Bu yana, o'z navbatida, oziqlantiruvchi va o'stiruvchi deb ataluvchi ikki 
turga bo'linadi. Oziqlantiruvchi quvvat turni saqlash maqsadida oziqlantirishni 
tartibga soladi. Oziqlantiruvchi quvvat oziq moddalarini oziqlanuvchi a'zoga 
o'xshashxolatga keltirib, tanada sarf bo'lgan moddalarning o'rnini qoplashga 
xizmat qiladi. O'stiruvchi quvvat tana xajmini tabiiy nisbatda o'stirib, ularning 
to'la kamolotga etishiga xizmat qiladi. Oziqlantiruvchi quvvat uch vazifani 
bajaradi. Birnnchisi, organizmda sarf qilingan narsaning o'rnini to'ldiruvchi 
modda hosil qilish. Ibn Sino bu moddani qon va xilt deydi. Ikkinchisi, hosil 
qilingan moddani tugal ishlash bilan oziqqa aylantirish va organizmning bo'lagiga 
moslash. Uchinchisi, hosil qilingan moddani a'zoning qismiga aylantirgandan 
so'ng unga hamma nisbatda, xatto tarkib va tusda xam tamomila o'xshashlik 
paydo qilish. Ibn Sino to'ldiruvchi quvvatni ham ikkiga bo'lgan. Biri erkaklarda 
urug', ayollarda tuxum to'ldiruvchi quvvat. Ikkinchisi, urug'dagi quvvatni ayirib 
har bir a'zoga xos qilib turlicha o'zgartirishni paydo qiladi. Shakl beruvchi quvvat 
a'zolarning suratini, shaklini, silliq va g'adir-budurligini belgilaydi. Yana 
xaydovchi quvvat ham bor. U foydalanib tamomlangan yoki ovqatlanish uchun 
yaroqli bo'lmagan chiqindilarni xaydaydi. Hayotiy quvvat. Ibn Sinoning 
ko'rsatishicha, hayotiy quvvatning turar joyi yurakdir. Bu quvvat a'zolarni his, 
harakat va faoliyatni qabul qilishga tay-yorlaydi. Ko'rish va g'azab xarakatlari 
ham shunga kiradi, ruh ham shu kuvvatga mansubdir. Ruhda xam siqilish va 
ezilish xolatlari mavjud. Ibn Sinoning fikricha, hayotiy quvvat inson hayotida 
boshlang'ich nuqtadir. Boshlang'ich quvvat ruhda bo'ladi va u ruh xiltlarning eng 
latif qismidan paydo bo'lganida vujudga keladi. Ibn Sinoning yozishicha, 
yuqorida keltirilgan to'rt xil quvvatga to'rt kayfiyat (mizoj) xizmat kiladi. Issiqlik 
hamma quvvatga umumiy xizmatni bajaradi. Sovuqlik ularning ba'zilariga araziy 
xizmat qiladi. Quruqlik xaydovchi quvvatga yordam beradi. Xo'llik xazm qiluvchi 
quvvatning ishiga yordam beradi. Naqshbandiya tariqati asosida har bir insonning 
halol pok bo'lishi, o'z mehnati bilan hayot kechirishli bo'lishi kerakligi, sabr 
qanoatli bo'lishni, kamtar samimiy bo'lishni iymon va e'tiqodini mustahkam 


21 
tutishi dilda Xudoni jo etib, amalda xalq bilan birga bo'lish kabi oliyjanob 
xislatlarni tarkib toptirish yotadi. Bu xislatlarni egallab berish jarayonida inson 
poklana boradi va ruhan Allohga etishishga o'zini tayyorlaydi. 
Farobiy nazariy bilimlarini egallashga kirishgan har bir kishi xulq odobda 
hali qay darajada pok bo'lishi kerakligini "falsafani o'rgatishdan oldin nimani 
bilishi kerakligi to'g'risida "gi risolasida shunday ta'riflaydi. "Falsafani 
o'rganishdan avval o'zingizni hirs-havaslardan shunday tozalanishingiz mumkin 
sizda mayishiy va shahvoniy kabi noto'g'ri tuyg'ularga emas, balki haqiqatda 
(amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shundan so'ng xato va adashishdan 
saqlovchi haqiqat yo'lni tushunib olishga boshlovchilar (notiq so'zlovchi, fikrlash 
ma'nosida) nafsni, jonini, ruhini tozalash zarur". 
Abu Rayxon Beruniy hali shaxsning axloqiy kamolotiga musulmon dini 
talablaridan kelib chiqqan holda ta'rif beradi. Ahloqiylik yaxshilik bilan yomonlik 
o'rtasidagi kurash natijasida namoyon bo'ladi va tarkib topadi deydi u. Yaxshilik 
va yomonlik insonning xulq - atvorini belgilaydigan mezon sifatida qo'llaniladi.
U yaxshi hislatlarga to'g'rilik odillik o'zini vazmin tutish, insof, kamtarlik lutf 
sobitqadamlilik, ehtiyotkorlik, saxiylik, shirinsuxanlik, raxbarlikda adolatlilik, 
tadbirkorlik kabilarni kiritadi. Yomon illatlarga esa hasadgo'ylik baxillik 
nosog'lom raqobat, o'z manfaatini ko'zlash manparastik va hokazolarni kiritadi. 
Beruniy faxrlanishini yaxshi xulq ma'nosida ishlatib "yodgorliklar" da shunday 
deydi; "faxrlanishi haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe'llarda oldin ketish ilmu 
hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. 
Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular etishmasa 
hukm unig zarariga bo'ladi". Abu Rayxon Beruniyning inson turmushiga xos xulq 
odob qoidalari haqidagi fikrlari muhim ahamiyat kasb etadi. Inson ham ichki ham 
tashqi tomondan go'zal bo'lsagina haqiqiy kamolotga erishish mumkin deydi. U 
ozodlik va orastalikni oliyjanoblik bilan tenglashtiradi. Inson doimo bularga rioya 
etishi zarur bo'lgan xislatlarni tarkib toptirishda kuch va irodaga ega bo'lishi zarur 
deydi. "Mineralogiya" asarida bu fikrni quyidagicha ifodalaydi. "Inson o'z 


22 
ehtiroslariga hukmron ularni o'zgartirishga qodir o'z jon va tanini tarbiyalar ekan, 
salbiy jihatlarni maqtagulik narsalarga aylantirishga ham asta sekin ahloq 
haqidagi kitoblarda ko'rsatilgan usullar bilan ishlatishlarni bartaraf etishga 
qodirdir". Kaykovus juvonmardlik haqida eng oxirgi bobda so'z yuritiladi. U 
odamlarning xislatlarni uch xilga bo'ladi; biri aql, biri rostlik yana biri 
juvonmardlikdir. Juvonmardlikni asosini Kaykovus uch narsadan deb biladi. 
Birinchisi, aytgan so'zning ustidan chiqish ya'ni rostlik; ikkinchisi rostlikka xilof 
qilmaslik; uchinchisi xayr ishni ilgari tutish. Insondagi boshqa barcha xislatlar 
shu uch narsaga bog'liq deydi Kaykovus. Juvonmardlikning ustunlarini (ruknlari) 
quyidagilarda deb ko'rsatadi; jasurlik, mardlik, sabr-matonat, va'daga vafo qilmoq 
pok dil va pok zabon bo'lmoq asirlarga ziyon etmaslik bechora kishilarga madad 
berib yomonlarning yomonligini yaxshilardan saqlash odamlarga ham ziyon 
zaxmat etkazmaslik. Juvonmard sipohiylar esa sabr-bardosh bilan ish tutishi, 
kamtarlik va va mehmondo'stlik, pok kiyinish, yaxshi qurollanish zarurligini qayd 
etadi. Kaykovusning hayotda xulq - odob qoidalariga qanday rioya etish haqidagi 
yoshlarni adolatparvar, insonparvar saxovatli qanoatli, ayniqsa diqqatga sazovor. 
Ular yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi qarama qarshilik asosida bayon etilgan; 
"Ey farzand, yaxshilik qil va qilg'on yaxshilikdan hargiz pushaymon bo'lmag'il. 
Bir kishiga bir yaxshilik qilsang ko'rgilki yaxshilik qilg'on vaqtda u kishiga 
naqadar rohat etg'on bo'lsa, sening ko'nglinga ham undan ziyodroq shodlik va 
hukmronlik etur. Agar bir kishiga yomonlik qilsang unga naqadar ranj etsa sening 
ko'nglingga ham ul miqdor tangli etadur. Demak, bu jahonda yaxshilik va 
yomonlik mukofoti albatta etgusidir". 
Amir Temur tomonidan shaxsdagi axloqiy sifatlarni shakllanganligi muhim 
sanalib aynan o'zi amal qilgan quyidagi sifatlarni ajratib ko'rsatadi
9
. Birinchi sifat; 
"men sifatlarimning eng avvali deb beg'arazlikni tushundim. Hammaga bir xil 
jiddiy va Odil qaradim, hech bir kimsani boshqasidan farq qilmasdim boyni 
9
Ma’naviyat yulduzlari. To’ldirilgan qayta nashr. T.: - 2001- 78-b.


23 
kambag'aldan ustun qo'ymadim". Ikkinchi sifat; "men har doim Islomga qat'iy 
rioya qildim va Alloh taoloning amri bilan ulug'langan shaxslarga hurmat bilan 
qaradim". Uchinchi sifat; "men kambag'allarga ko'p hayr-ehson qildim. Har 
mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to'g'ri hal 
qilishga butun jahdimni sarf qildim". To'rtinchi sifat; "haloyiqqa rahm qildim 
barchaga naf etkurdim. Bunda birovga nohaq ozor etkazmadim, va Medan 
yordam so'rab kelganlarni ko'kragidan itarmadim Qur'ondagi Parvardigorning 
Allohning amriga bo'ysunish va xalqiga shafqat qilish darkor degan niyatini 
o'imga farz bilib o'qib oldim va umr bo'yi barcha yumushlarimda unga amal 
qildim". Beshinchi sifat Islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik va 
dunyoviy ishlardan ustun qilib keldim. Oltinchi sifat "barcha so'zlarimda doimo 
haqiqatgo'ylikka amal qildim. Bu dunyo va u dunyo haqidagi eshitganlarimdagi 
haqiqatni yolg'ondan ajrata bildim". Yettinchi sifat "men har kimgaki va'da 
bersam unga vafo qildim". Sakkizinchi sifat "doimo o'zimni Allohning erdagi 
mulkini posboni deb bildim va Parvardigorning iznsiz uni sarf etmadim". 
To'qqizinchi sifat "men har doim Tangrining amrini va payg'ambar Muhammad 
alayhissalomning hadislarni to'la ado etishga intildim". O'ninchi sifat "men har 
safar insof bayrog'ini baland ko'tardim va iymon tarqatishni o'z buyukligimning 
qudratli zamini deb bildim". Alisher Navoiy insoning ahloqiy xislatlari yaxshi 
fe'l-atvorlar xususida to'xtab o'tar ekan avvalo har bir insoniy fazilatning ta'rifini 
beradi. U yaxshi fe'llarga qanoat sabr tavozu'va odob ishq va vafo saxovat himmat 
karam muruvvat yumshoq ko'ngillilik kabi xislatlarni kiritib har birining ta'rifidan 
so'ng tanbeh va hikoyatlar vositasida o'z fikrini to'ldiradi. Navoiy yuqorida zikr 
qilib o'tilgan xislatlarga ta'rif berish bilan birga ularga qarama-qarshi bo'lgan 
yomon illatlar to'g'risida so'z yuritadi va ulardan qutilish yo'llarini ham bayon 
qiladi. Demak yaxshi xulq asosi odob u Navoiy nazdida barcha insoniy 
xislatlarning boshlanishi sanaladi. Komil insonga xos xislatlar ana shunga bog'liq 
ravishda ta'rif beriladi. Zero haqiqiy insonga xos xislatlar qanoat sabr tavozu ishq 
vafo saxovat himmat karam muruvvat xilm yumshoq ko'ngillilik xuddi shu odobli 


24 
kishida tarkib topadi. Masalan qanoat buloqdir suvi olingani bilan qurimaydir. 
Xazinadir naqdinasi sochgan bilan kamaymaydir. Ekinzordir urug'i izzat va 
Shafqat mevasi beradi
10
. Daraxtdir-shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi 
etkazadi" deb ifodalaydi. Demak qanoat insoniylik belgisi. U insonni yomon 
kunlardan asraydi. Chunki qanoat qanchalik og'ir va mashaqqatli bo'lmasini 
insonni nafs balosidan do'st-dushmandan ta'magirlikdan xalos etadi. Shuning 
uchun alloma hech qachon ta'maga berilmaslik halol mehnat bilan hayot kechirish 
qay darajada ulug'ligini ta'kidlab ta'ma va ochko'zlik xassislik insoniylik zavoli 
deb ta'riflaydi. "Sabr achchiqdir ammo foyda beruvchi qattiqdir-ammo zararni 
daf'etuvchi sabr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir". Demak Alisher 
Navoiy o'zining badiy asarlari bilan bir qatorda ta'limiy –ahloqiy asarlarida o'zi 
orzu etgan komil insonga xos axloqiy fazilatlar deb qanoat adolat saxovat himmat 
muruvvat vafo to'g'rilik hilm rostgo'ylik tavozu'adab va boshqalarni tushungan 
ana shu xislatlar tarkib topgan insonda yomonlik rozilik bo'lmasligi bunday 
insonlar yashagan jamiyat ham ravnaq topishi barcha xalq baxt-saodatga erishish 
mumkin deb hisoblagan. Alisher Navoiy tarbiyada insoning o'z-o'zini 
tarbiyalashga xato va kamchiliklarini anglab tuzatishga e'tibor beradi, yanglish va 
xato kishilik shartidir. Xato va yanglishishni anglab ogohlangan baxtli kishidir. 
Kimki e'tirof tomon qaytar ekan xatosi yo'qoladi. Kimki dalil keltirib aljiray bersa 
xatosini bir karra oshiradi. Mubolg'asi qancha ko'proq esa yanglishishi shuncha 
ko'rimliroq bo'lur va o'zini katta ko'rsatib tortishuvi qancha esa ortiqroq o'zi xalq 
o'rtasida shuncha rasvoroq ko'rinur. Ya'ni kishi ato qilganda yanglishganini 
bo'yimga olsa bu yaxshi. Agar o'z xatosiga dalil ko'rsatsa bersa uning xatosi yana 
ikki barovar ortadi deydi alloma. Jomiy yoshlarni faqat bilim va hunar egallashi 
bilan chegaralanib qolmasdan balki hayotda yurish-turishda boshqa kishilar bilan 
munosabatda o'zaro muomalada ahloq normalariga amal qilishni va yoshlikdan 
yaxshi malakalarni kasb qilishga harakat qilishi kerakligini uqtiradi. Jomiy yomon 
10
Odilxon qori Yunusxon hoji o’g’li. “G’azabning da’vosi” . Toshkent.: - 2014 - 5, 12 - b. 


25 
hulqli kishilarni qattiq tanqid ostiga oladi ularni eng yaramas pastkash kishilar 
qatoriga qo'shadi va yoshlarni bunday kishlar bilan suhbat qilmaslikka chaqiradi.
Jomiy
inson hamma vaqt boshqalarga yaxshilik qilish lozim chunki yaxshilik 
kishining eng go'zal fazilatdir deb aytadi, jamiyat va xalq manfaati yo'lida xizmat 
qilishni u yashilik deb tushunadi.Jomiy yoshlarda saxiylik shirinsuxanlik 
kamtarlik qanoat do'stlik aqllilik kabi xislatlarni singdirmoqchi bo'ladi, bu 
fazilatlarni ko'klarga ko'tarib maqtaydi. "Davoniy fikricha bolani yaxshi yomon 
bo'lishi keyingi tarbiyaga bog'liq. Shuning uchun ham bola yaramas odatlarni 
kasb qilmasligi yaxshi jamoa orasida tarbiyalanishi badhulq odamlardan o'zini 
tortishi ular bilan hamsuhbat bo'lmasligi darkor. Bola har kungi hayotda zarur 
bo'ladigan insoniy xislatlar xushmuomalalik yurish-turish qoidalari ota-onani 
hurmat qilishi yolg'on gapirishga o'rganmasdan doimo to'g'ri va rost gapirishni 
shirinsuxanlikni puxta o'rganishi lozim. Bola boshqalar oldida o'zini kamtar 
tutishi sergap va mahmadona bo'lmasligi gapirishdan oldin me'yoridan ortiq 
so'zlashni u kishini katta nuqsoni deb hisoblaydi. "Ko'p gapirish yaramaydi chuki 
u mahmadonalik dimog'ko'tarilish va engil tabiatlilik nishonasidir ana shu narsa 
hurmatning yo'qolishiga va jiddiyatsizlikka sabab bo'ladi"- deydi Davoniy. 
Sharq allomalar asarlarida ilgari surilgan g'oyalari hozirigi kun ta'lim – 
tarbiyasida muhim hisoblanib, barkamol avlodni tarbiyalashda dasturil-amal 
bo'lib xizmat qiladi. Shu bois shaxs tarbiyasida allomalarimizning ibratli 
namunalaridan foydalanish o'rinli hisoblanadi. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish