Microsoft Word dissertatsiya222. docx



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/24
Sana07.03.2022
Hajmi0,59 Mb.
#485415
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
dissertatsiya222

 


73 
XULOSA VA TAKLIFLAR 
Deviant xulq - atvor yuzasidan umumiy psixologiya va ijtimoiy 
psixologiyada turli nazariya va yo’nalishlar mavjud bo’lsa ham, unga diniy 
jihatdan yondashuv kam e’tibor qaratilgan tadqiqotlardan hisoblanadi. Muqaddas 
dinimiz bo’lgan islomni o’rganish hamda unga doir bo’lgan ilmlarni zamonaviy 
bilimlar bilan uyg’unlashgan holda o’rganish bugungi kun talablaridan biri 
hisoblanadi. Islom dini o’z tuzulishiga ko’ra ilmiy, ijtimoiydan iborat bo’lib, har 
bir sohada o’z o’rniga ega ekanligini namoyon qilib turadi. Deviant xulq 
profilaktikasi milliy qadriyatlar va o’zligimizni anglatuvchi hamda bizga 
tanituvchi din omili sababli bevosita amalga oshirilib boradi. Urf – odatlarimizga 
rioya qiluvchi sog’lom oila muhitida istiqomat qiluvchi shaxs, albatta bunday 
badxulqliklardan xoli bo’lishi ehtimoli yuqori.
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha o`rganilgan masalalar tadqiqi asosida 
quyidagi umumiy xulosalarga keldik:
Deviant xulq muammosining tadqiqi bilan shug’ullangan bir qator 
olimlarning fikricha, sodir etilayotgan har o’nta jinoyatdan olti-sakkiztasini ijtimoiy 
dezadaptatsiyani bartaraf etish orqali samarali natijaga erishish mumkin. Xulq-
atvorida buzilishlari bo’lgan o’smirlarning psixik rivojlanishida ham o’zgarishlar 
ro’y beradi. Shu bois ularning xulq-atvorida buzilishni keltirib chiqaruvchi sabablar 
(etiopatogenezi) tibbiy va korreksion chora-tadbirlarni amalga oshirish miqdori-
kompleks yondashuvni talab etadi. Zero, yildan-yilga o’smirlar xulq-atvoridagi 
buzilishlar, ularning intellektual-emotsional- irodaviy rivojlanishdan ham orqada 
qolish holatlari ortib borayotganidan dalolat beradi. Deviant xulqli o’smirlarning 
o’zaro muloqotidagi qarama-qarshiliklar va kelishmovchiliklar, avvalo, yosh yigit-
qizning o’smirlik davri bizning sharoitimizda asosan oilada, mahalla, maktab, turli 
xil ta’lim-tarbiya muassasalari, sport, ko’ngilochar joylaradagi jamoalarda kechadi. 
Agar tarbiya uchun mas’ul bo’lgan mana shu zanjirning biror bo’g’ini zaif bo’lib, 
o’smir bu yerda o’ziga nisbatan e’tibor, izzat, g’amxo’rlik va mehribonlik, unga 
nisbatan bo’layotgan nazoratni sezmasa, u boshqa narsalarni o’ylay boshlaydi.


74 
Aynan shu nuqtada uning xulqida og’ish boshlanadi. Deviant xulqni oldini olishda 
nafaqat psixologik, balki diniy marosim urf – odatlardan to’g’ri va yo’lida 
foydalanib, shuningdek to’g’ri ruhiy tarbiya qilinsa, o’zining dunyoqarashi, intilishi, 
borliqni o’zida idrok etishi nuqtai nazardan kelib chiqqan holda yetuk va barkamol 
shaxs tarbiya topadi. Deviant nasliy emas, balki unga bo’lgan moyillik ya’ni, 
ichkilik, o’g’rilik, giyohvandlik kabi illatlarga bo’lgan moyillikda irsiylikni 
ahamiyati bo’lishi mumkin. Lekin shaxs xulq – atvori, uning tabiyati tarbiya, oila va 
atrof-jamiyat muhiti orqali shakllanadi. Shunday ekan og’ishgan xulqni qayta isloh 
qilish uchun, uni o’rgartirish uchun hech ham kech bo’lmaydi. Dissertatsiya 
yuzasidan o’tkazgan tadqiqotimizdan shuni kuzatdikki, adaptatsiya jarayoni 
normadagi xulq shakllanish asosida bo’ladi. Adaptatsiya o’zi yashayotgan jamiyatni 
boricha qabul qilish, nafaqat jamiyat undagi kishilarni ham qabul qila olishdir. Inson 
o’zi va atrofdagilarni qabul qila olishi uni ruhiyatini xotirjam bo’lishiga, hayotda 
yaxshiliklarni ko’ra olib yashashiga yordam beradi. Moslasha olmaslik o’z 
navbatida boshqa muammolarni yuzaga chiqishiga olib keladi. Masalan, shaxs 
o’zini o’zi yakkalab qo’yadi, unda negativ fikrlar, qarashlar ortib boradi. O’zini 
doimiy bosimda yashayapman deb o’ylay boshlaydi. Bularni bari unda agressivlik 
xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Tadqiqotimizdagi “Agressiya shakllari va uni 
ko’rsatkichlarini tekshirish” metodikasidan tushundikki, o’quvchilarda verbal 
agressiya va shubhalanish darajalari yuqori. Biroq, ular bir – biriga teskari shkalalar 
bo’lib chiqdi. Agressiyani bir turi boshqalarini ham kuchayishini keltirib chiqarar 
ekan. O’smir yoshidagi o’g’il va qizlar tafakkur konsentratsiyasini amalga oshira 
olmayotganligi, hayotiy tushkunlik, atrofdagilarga nisbatan ishonchsizlik kabi hissiy 
kechinmalar kuchli ekanligi bilan sezilib turadi. Ular bu yoshda o’zlarini hamma 
narsaga qodir va ayni paytda kuchli muhofaza, qo’llab – quvvatlashga muhtoj 
sezadilar. Ularni eshitishlarini, ularga ishonishlarini, voyaga yetgan shaxs sifatida 
qabul qilishlarini xohlaydilar. Ular o’zlariga kerak bo’lgan bunday emotsiyalarni bu 
davrda “tashqari”dan izlamasliklari lozim. Bolani kichik yoshdan boshlab biror 
mashg’ulot turi yoki masalan sportga yo’naltirish ularni ham jismoniy, ham ruhiy 


75 
jihatdan sog’lom bo’lishlarini ta’minlaydi. Qolaversa, boshqa “chalg’ituvchi 
odatlar”ga ham ortiqcha vaqti bo’lmaydi. Qandaydir hunar yoki sport bilan 
yoshligidan shug’ullanish bolada mas’uliyat, harakatchanlik, maqsadga intilish, 
sabrlilik, ishiga va atrofdagilarga nisbatan hurmatda bo’lish kabi sifatlarni tarbiyalab 
boradi.
Shunday ekan, boladagi har qanday yaxshi xulqning ham, yomon xulqning 
ham vujudga kelishi, avvalo, ota-onaga, oilaviy muhit va munosabatlarga bog’liq.
Farzandga odob o’rgatish, tarbiya berish, ta’lim olishiga sharoit yaratib berish har 
qanday ota – onaning farzi va burchidir. Farzand tarbiyasida kichik bo’shliq yoki 
e’tiborsizlik ham, nafaqat o’sha farzand va uni oilasiga, balki jamiyat hayotiga 
ham jiddiy salbiy ta’sirlarga olib kelishi mumkin. 


76 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish