87
Ikkalasidan
ham quruq
qolar.
22 Beard the
lion
in his
den.
Sherning
soqdidan o'z
uyasida
ushlamoq.
Arslon
bola-
sini tutmoq
uchun,
Arslon
uya-
siga kirmoq
kerak.
Botirlik
+
Jadvalda ko’rib turganingizdek ko’plab hayvon nomlari ishlatilgan maqollar
ingliz va o’zbek xalq maqollarida uchraydi. Tadqiqotlarimiz natijasi shuni
ko’rsatadiki,
“it”, “mushuk”, “baliq”
obrazlari ingliz va o’zbek xalq maqollarida
nisbatan ko’proq uchraydi. Hayvon obrazlari qatnashgan ingliz va o’zbek
maqollarining ko’pchiligi semantik jihatdan bir xil ma’noni anglatadi. Lekin bu
bilan barchasida ham bir xil fikr ifodalangan deya olmaymiz. Masalan:
“The great
fish eat up the small”
maqoli o’zbekchada
“Katta baliq kichigini yeydi”
tarjimasini beradi. Bu orqali zolim, ochko’z
boylar hamisha bechora, kambag’al
odamlarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazishi haqida so’z boradi. Maqolning
o’zbekcha
“Zo'rga ham zo'rdek balo bor”
variantida yovuz insonlar qanchalik
yovuz bo’lmasin ularga ham jazo tayin ekanligi ifodalanadi.
Demak, maqolning inglizcha variantida zo’r insonlarning bechora va zaiflar
ustidan doimiy hukmronligi aytilsa, o’zbekcha variantida zo’rlar va boylarning
ham o’ziga yarasha tashvishi borligi ifodalanadi. Ushbu tahlil qilgan maqolimiz
har ikkala tilda ma’no jihatidan bir-biriga teng bo’lolmaydi.
Hayvon obrazlari qatnashgan ingliz va o’zbek xalq maqollarining har ikkala
tildagi variantlarida hamma vaqt ham bir xil hayvonlar ifodalanmasligi mumkin.
88
Masalan:
Inglizcha:
Let sleeping dogs lie.
O’zbekcha tarjimasi:
Uxlab yotgan kuchuklarni uyg'otmang.
O’zbekcha ekvivalenti:
Yotgan ilonning quyrug'ini bosma.
Maqolning inglizcha variantida
“dog”
ya’ni
“it”
ishlatilgan bo’lsa, o’zbekcha
variantida
“ilon”
obrazidan foydalanilgan. Ammo bu bilan maqolning o’zbekcha
yoki inglizchadagi ma’nosi o’zgarib qolmaydi. Umumiy ma’noda e’tiborsizlik,
ehtiyotsizlik ifodalangan.
Keltirib o’tgan maqollarimizning tahlil natijalaridan quyidagi
xulosalarga
kelishimiz mumkin:
•
ingliz va o’zbek xalq maqollarining ko’pchilik qismida hayvon obrazlari
ifodalangan bo’lib, ularning asosiy funksiyasi inson xarakterini ifodalashdir;
•
hayvon obrazlari qatnashgan maqollar insonlarning asosan ijobiy va salbiy
xarakterlarini tavsiflaydi;
•
hayvon obrazlari keltirilgan ingliz tilidagi maqollarning o’zbekcha muqobil
variantlarida aynan bir xil hayvonning nomi ishlatilmasligi yoki umuman
hayvon nomi qatnashmasligi maqolning har ikki tildagi umumiy ma’nosiga
ta’sir ko’rsatmaydi.
Uchinchi bob bo’yicha xulosa.
Ingliz va o’zbek maqollarining semantik xususiyatlarini o’rganish
jarayonida, ayrim mavzudagi maqollarning o’zaro o’xshash va farqli jihatlarini
ko’rib chiqdik. Uchinchi bobda har ikkala tildagi eng faol mavzudagi maqollarning
tahlillarini qilgan holda quyidagi xulosalarga keldik:
•
Ingliz maqollarini o’zbek tiliga yoki o’zbek maqollarini
ingliz tiliga tarjima
qilish va maqollarning muqobil variantlarini keltirish jarayonida aynan
ma’no mazmunini saqlab qolish juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun
ham maqollar bilan ishlash avvalo ularning semantik xususiyatlarini, har bir
maqolning asl ma’no-mazmunini chuqur o’rganib chiqishni talab qiladi.
89
Aks holda xato tahlil qilingan maqol boshqa tilda o’zining asl ma’nosi
butunlay yetkaza olmasligi mumkin;
•
Ingliz va o’zbek tilidagi mehnatsevarlik mavzusidagi maqollarning katta
ko’pchligi semantik jihatdan bir-birini ta’minlaydi.Har ikki tildagi
mehnatsevarlik mavzusidagi maqollarda insonni mehnatkash bo’lishga
undash ,dangasalik va ishyoqmaslik insonning eng jirkanch illati sifatida
qaraladi;
•
O’zbek va ingliz tillaridagi ko’pchilik yaxshilik
va yomonlik mavzusiga
oid maqollar ham deyarli bir xil ma’no- mazmunga egadir. Faqat har ikki
tilda aynan bir-biriga mos keladigan so’zlardan foydalanilmagan. Odatda
tarjimada turlicha ma’noga ega bo’lgan maqollarni semantik jihatdan chuqur
tahlil qilish jarayonida bir xil ma’no anglatishi kuzatiladi. Yaxshilik va
yomonlik mavzusiga doir ingliz va o’zbek maqollarining barchasida
yaxshilik eng buyuk ezgu ish sifatida baholangan bo’lsa, yomonlik
insoniyatning eng razil va jirkanch tomoni ekanligi ko’rsatiladi;
•
Ingliz va o’zbek xalq maqollarining ko’pchilik qismida hayvon obrazlari
ifodalangan bo’lib, ularning asosiy funksiyasi inson xarakterini ifodalashdir
va hayvon obrazlari qatnashgan maqollar insonlarning
asosan ijobiy va
salbiy xarakterlarini tavsiflaydi;
•
Hayvon obrazlari keltirilgan ingliz tilidagi maqollarning o’zbekcha muqobil
variantlarida aynan bir xil hayvonning nomi ishlatilmasligi yoki umuman
hayvon nomi qatnashmasligi maqolning har ikki tildagi umumiy ma’nosiga
ta’sir ko’rsatmaydi.
Xullas, keltirib o’tgan mavzulardagi maqollarning har ikkala tilda unchalik katta
farqlari topilmadi. Biroq asosiy manba sifatida foydalanayotgan kitobimiz
K.M.Karomatova va H.S.Karomatovlarning “Proverbs. Maqollar.
Пословицы
” da
ayrim maqollarning variantlari bir-biriga aynan to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun
ham, maqollarning semantik jihatlarini chuqur o’rganish va ularni semantik tahlil
qilish orqali ingliz va o’zbek tillaridagi ekvivalentlarni to’g’ri tanlay olamiz.