Muhokama insholari qanday yoziladi?
Yozishni
boshlashdan
oldin,
yozmoqchi
bo’lgan
ma’lumotlaringizni,
g'oyalaringizni aniq tartibga solishingiz uchun ularni rejalashtiring.
Qanchalik
qo’shilishingingizni yoki qo’shilmasligingizni va nima uchun unday qilganingizni
hal qilishingiz kerak. 5 daqiqa vaqt ajrating hamda o'z fikrlaringiz va misollaringizni
rejalashtiring.
Bu vazifani bajarish uchun 40 daqiqa
vaqt ajratishingiz juda muhim, chunki 2-
topshiriqni yozish uchun olgan ball umumiy WRITING balingizning uchdan ikki
qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari, siz kamida 250 ta so'z yozishingiz va o'z
fikrlaringizni to’liq holda bayon qilishingiz kerak.
Rasmiy formatda yozishni unutmang, chunki bu akademik insho.
Insho strukturasi
I.
Kirish qism:
Savolni perefraza qilish;
O’z fikringizni ifodalang;
Asosiy qismda beriladigan mavzuni umumiy holda keltirib o’tish.
II.
Asosiy qism 1-paragraf:
Savolda 1-berilgan fikrni keltirib o’tish;
Fikrni tushuntirib asoslab berish;
Namuna keltirish.
III.
Asosiy qism 2-paragraf:
Savolda 2-berilgan fikrni keltirib o’tish;
Fikrni tushuntirib asoslab berish;
Namuna keltirish.
IV.
Xulosa qilish:
Asosiy xulosani keltirib o’tish;
Yozuvchi o’z fikrida qaysi fikrga ko’proq qo’shilsa sihora berib ketishi kerak.
1-paragraf Kirish qismi
Bunda siz ishni inshoning kirish qismi va savolini parafraza qilishdan boshlashingiz
kerak. Savolni "parafraza" deganimda nimani
nazarda tutayotganimni
tushundingizmi?
Bunda siz savolni sinonimlardan foydalangan holda o'z so'zlaringiz
bilan qayta
yozishingizni anglatadi. Siz savolni qaytadan nusxa ko'chira olmaysiz yoki savolda
bir xil so'zlarni ishlata olmaysiz.
Sinonimlardan foydalanib, so'z boyligingizni
ifodalang va ko'rsating. Insho yozishni mashq qilayotganda
sizga yordam berish
uchun onlayn ma’nodosh so’zlar keltirilgan lug’at va kitoblardan foydalaning. Bu
ajoyib vosita va ko'plab yangi so'zlarni o'rganishga yordam beradi.
Keyingi bosqichda siz muammoga nisbatan o’z munosabatingizni
bildirishingiz
kerak:
Quyidagilarga o’xshash frazalardan foydalanishingiz mumkin:
In my opinion...
I believe that...
Kirish qismdagi uchinchi gapda imtihon oluvchiga
ishongizda aynan nimani
muhokama qilishingizni ko'rsatishi kerak. Masalan:
This essay will discuss both views and state my own position.
Quyida sizga kirish qism uchun kerakli 3ta qoida berilgan:
•
Savolni parafraza qilish;
•
O’z shaxsiy fikrini ifoda etish;
•
Asosiy paragrafda muhokama etiladigan mavzuni keltirib o’tish.