PARE
-
SOLEIL
PARMESAN
388
choralari ko‘rilgan, -dan himoya qilingan; nous sommes parés contre le
froid biz sovuqdan himoyalanganmiz.
pare-soleil
nm inv quyosh to‘sqich (avtomobilda).
paresse
nf 1. dangasalik, yalqovlik, tanballik; prov la paresse est la
mère de tous les vices dangasalik hamma illatlarning onasi; il était d’une
paresse incurable u bedavo dangasa edi; paresse d’esprit o‘ylashga
toqati yo‘qlik; 2. erinchoqlik, lanjlik, hafsalasizlik, hushi yo‘qlik.
paresser
vi dangasalik, yalqovlik, tanballik qilmoq.
paresseusement
adv 1. dangasalik, yalqovlik, tanballik bilan; 2.
shoshmay, bo‘shashib, lanj, erinib; fleuve qui coule paressesement sekin
oqayotgan daryo.
paresseux,
euse
I. adj 1. dangasa, yalqov, tanbal, ishyoqmas, tebsa-
tebranmas; il est paresseux pour se lever uning o‘rnidan turgani ham
hushi yo‘q; 2. bo‘shashgan, holsizlashgan, kuchsizlashgan (a’zolar); II. n 1.
dangasa, yalqov, tanbal, ishyoqmas, tepsa-tebranmas; 2. nm zool yalqov
(juda sekin harakatlanuvchi, daraxtlarda yashovchi hayvon).
parfaire
vt nihoyasiga yetkazmoq, maromiga yetkazmoq; parfaire son
ouvrage asarini nihoyasiga yetkazmoq; parfaire sa culture madaniyatini
maromiga yetkazmoq.
parfait,
aite
I. adj 1. mukammal, bekam-ko‘st, benuqson, kam-ko‘sti yo‘q
(narsa); 2. mukammal, benuqson, qusursiz (odam); il est loin d’être parfait
u mukammal bo‘lishdan uzoq; 3. to‘liq, mukammal, tugal (otdan oldin); un
parfait gentlman haqiqiy jentlmen; un parfait imbécile o‘ taketgan ahmoq;
II. nm 1. gram perfekt, tugal o‘ tgan zamon; 2. meva muz qaymog‘i.
parfaitement
adv 1. mukammal, benuqson, kam-ko‘stsiz, bekam-ko‘st; 2.
to‘la, butunlay, juda; être parfaitement heureux butunlay baxtli bo‘lmoq; 3.
ha, xuddi shunday, aynan o‘zi; parfaitement, c’est comme ça aynan o‘zi,
bu xuddi shunday.
parfois
adv ba’zan, ba’zida, ba’zi vaqtda, goho, gohida, goh-goh, onda-
sonda, ahyon-ahyonda, ora-sira; il a parfois des malaises uning goh-goh
mazasi qochib turadi.
parfum
nm 1. xushbo‘y, muattar hid; bo‘y; le parfum de la rose
atirgulning xushbo‘y hidi; 2. atir; un flacon de parfum bir flakon atir; 4. fam
être au parfum de qqch biror narsani hidini sezmoq, olmoq (biror narsadan
xabardor bo‘lmoq).
parfumer
vt 1. xushbo‘y qilmoq; la lavande qui parfume le linge
choyshab-yostiqlarni xushbo‘y qiladigan lavanda; 2. atir sepmoq, atir sepib
xushbo‘y qilmoq; parfumer son mouchoir ro‘molchasiga atir sepmoq; 3.
toti, ta’mi, mazasi berilgan; une glace parfumée au café qahva ta’mi
berilgan muz qaymoq.
parfumerie
nf 1. parfumeriya, atir-upa ishlab chiqarish sanoati; 2. atir-
upa, attorlik mollari; vente de parfumerie en gros atir-upani ko‘ tarasiga
sotish; 2. atir-upa ishlab chiqarish zavodi; 3. atir-upa sotiladigan, attorlik
do‘koni.
parfumeur,
euse
n atir-upa ishlab chiqaruvchi odam yoki uni sotuvchi
odam, attor.
pari
nm 1. garov, bas; garov o‘ynash, garov bog‘lash; faire un pari garov
o‘ynamoq; tenir un pari garov bog‘lamoq; 2. poygada otlarga pul tikib
o‘ynash; pari mutuel totalizator (ot poygasida qaysi otga qancha pul
tikilganligini ko‘rsatadigan asbob).
paria
nm 1. Hindistonda. pariya (har qanday huquqdan mahrum, quyi
tabaqaga mansub odam); 2. huquqsiz; ezilgan, mazlum odam; vivre en
paria mazlumlikda yashamoq.
parier
vt 1. garov o‘ynamoq, garovga qo‘ymoq, tikmoq; 2. garov
o‘ynamoq, bas bog‘lamoq (o‘zining haqligini ko‘rsatish uchun); je parie que
c’est lui men garov o‘ynaymanki, bu o‘sha; je l’aurais parié men bu haqda
garov o‘ynagan bo‘lardim; vous avez soif, je parie garov o‘ynaymanki, siz
chanqadingiz.
parieur
nm garovga tikuvchi, pul tikuvchi.
pariétal,
ale,
aux
adj peintures pariétales qoyaga chizilgan, solingan,
o‘yilgan rasmlar.
parigot,
ote
fam adj, n parijlik (ko‘pincha Parij atrofida yashovchilarga
nisbatan); accent parigot Parij aksenti.
parisien,
ienne
I. n parijlik; II. adj Parijga oid, Parij; banlieue parisienne
Parij atroflari.
paritaire
adj baravar, teng; commission paritaire teng komissiya
(xizmatchi va ishchilar soni teng bo‘lgan komissiya).
parité
nf 1. tenglik, barobarlik (ikki narsaning; erkaklar va ayollar
maoshining tengligi); 2. paritet, nisbat (turli mamlakat pul birliklari qiymatining
oltin baravarida bir-biriga nisbati); parité de change pul almashtirish nisbati.
parjure
n 1. nm litt qasamxo‘rlik, qasamini buzish, ontidan qaytish,
qasamiga xilof ish qilish; 2. litt qasamxo‘r, qasam ini buzgan, ontidan qaytgan
odam, xoin; adj qasamxo‘r, ontixo‘r, munofiq, o‘z so‘zida turmaydigan; un
témoin parjure qasamxo‘r guvox.
parjurer
(se)
vpr qasamxo‘rlik, ontixo‘rlik qilmoq; ontidan, qasamidan
qaytmoq; elle s’est parjurée u ontidan qaytdi.
parka
nm anglic qalpoqli, kalta palto.
parking
nm anglic avtomobillar turadigan joy; des parkings souterrains
avtomobillarning yer osti turar joyi; mettre sa voiture au parking
avtomobilini turar joyga qo‘ymoq.
parlant,
ante
adj 1. gapiradigan, so‘zlaydigan, ovozli; 2. ochiq-oydin,
ko‘rinib turgan, aniq, yaqqol aytib turgan; les chiffres sont parlants ochiq-
oydin aytib turgan sonlar.
parlé,
ée
adj og‘zaki, so‘zlashuv; langue parlée so‘zlashuv tili;
connaissance de l’anglais parlé ingliz og‘zaki tilini bilish.
parlement
nm 1. hist oliy sud, parlament (Fransiya qirolligida); 2.
parlament (qonun chiqaruvchi oliy davlat organi); en France, le parlement
est composé de l’assemblée nationale et du sénat Fransiyada parlament
milliy assambleya va senatdan tashkil topgan.
parlementaire
1
I. adj parlamentga oid, parlament; démocratie
parlementaire parlament demokratiyasi; II. n parlament a’zosi, deputat,
senator; un honorable parlementaire britannique Britaniyaning e’ tiborli
parlament a’zosi, deputati.
parlementaire
2
n parlamentyor, elchi (urush vaqtida dushman bilan
muzokara olib borish uchun yuboriladigan vakil).
parlementer
vi 1. muzokara olib bormoq, yuritmoq (dushman bilan);
muzokara, muhokama qilmoq; les deux associés parlementèrent
longuement ikki sherik uzoq muzokara olib borishdi; 3. muzokara yuritm oq,
gaplashmoq, kelishmoq, bitishmoq, bitimga kelmoq; il falut parlementer
avec le gardien pour pouvoir entrer kirishga erishish uchun qoravul bilan
uzoq muzokara yuritishga to‘g‘ri keldi.
parler
1
I. vi gapirmoq, so‘zlamoq; cet enfant commence à parler bu bola
gapirishga boshladi; parler de qqch, de qqn biror narsa, kimsa haqida
gapirmoq; parlez-nous de vos projets rejalaringiz haqida bizga gapirib
bering; tout le monde en parle hamma bu haqda gapiryapti; loc sans
parler de haqda gapirmaganda; n’en parlons plus! gap tamom! bu haqda
boshqa gapirmaylik! il fait beaucoup parler de lui u o‘zi haqida ko‘p
gapirtiradi; de quoi parle ce livre? bu kitobda nima haqida gap ketadi?, bu
kitob nima haqida? il parlait d’émigrer aux États-Unis u Qo‘shma
Shtatlarga ko‘chib ketish haqida gapirardi; parler à qqn biror kishiga
gapirmoq; laissez-moi lui parler meni unga gapirgani qo‘ying; fam tu
parles!, vous parlez! turgan gap, bo‘lmasa-chi, albatta; tu parles d’un
idiot! turgan gap, jinni! sa reconnaissance, tu parles! albatta, uning
minnatdorchiligi! tu parles si je m’en fiche! bo‘lmasa-chi, men unga
tupurdim! II. vt 1. gapirmoq, bilmoq (tilni); parler (le) français fransuzcha
bilmoq, gapirib bilmoq, gapirmoq; parlez-vous anglais? inglizcha bilasizmi?
2. tutinmoq, boshlamoq, kirishmoq; parler politique siyosatga kirishmoq.
parler
2
nm 1. til; les mots du parler de tous les jours har kuni
gapiriladigan tilning so‘zlari; 2. lahja, sheva.
parleur
nm péj beau parleur so‘zamol, gapdon, mahmadona.
parloir
nm qabulxona, so‘zlashuv xonasi (qamoqxonada); le parloir du
couvent, de la prison monastir, qamoqxona so‘zlashuv xonasi; élève
appelé au parloir qabulxonaga chaqirilgan o‘quvchi.
parlote
nf gap bozori, gap sotish, quruq gapbozlik; faire la parlote avec
une voisine qo‘shni bilan gap sotish.
parmesan
nm parmezan (pishloqning bir turi).
Do'stlaringiz bilan baham: