INTELLECTUALITÉ
INTERFÉRENCE
286
intellectualité
nf aql-idroklilik, es-hushlilik, fahm-farosatlilik, zakovat.
intellectuel, elle
I. adj aqliy, ma’naviy, zakovatli, ruhiy, diniy; II. n
o‘qimishli, ziyoli, aql-idrok egasi, aql-zakovatli odam, zukko, aqliy mehnat
odami; les intellectuels ziyolilar.
intellectuellement
adv oqilona, idrok bilan.
intelligemment
adv oqilona, aql bilan, m iyani ishlatib.
intelligence
nf 1. aqllilik, oqillik, donolik, fahm, idrok qilish, zakovat; vivre
en bonne intelligence ahil yashamoq; 2. tushunish, anglash, fahmlash,
izohlash, nuqtai-nazar; avoir l’intelligence vive zehnli, aqlli, tez
tushunadigan bo‘ lmoq; 3. aqliy kamolot, ong, idrok; un degré d’intelligence
aqliy kamolot darajasi.
intelligent, ente
adj 1. aqlli, oqil, miyali, fahm-farosatli, esli, hushli, zehni
o‘tkir, farosatli, ziyrak, bilag‘on, fahm li; 2. usta, mohir, omilkor, uquvli.
intelligentsia
nf ziyolilar.
intelligibilité
nf aniq, ravshanlik, tushunarlilik.
intelligible
adj 1. aniq, ravshan, dona-dona, tushunarli, tushunib
bo‘ladigan; 2. philos o‘ ta his qiladigan, moddiy, ashyoviy emas.
intelligiblement
adv aniq, ravshan, tushunarli, dona-dona holda,
tushunib, anglagan holda.
intempérance
nf o‘zini tiya olmaslik, badnafslik, nafsi buzuqlik, o‘chlik,
o‘zini tuta olmaslik, me’yorini bilmaslik, tiyiqsizlik, axloqsizlik, hirsini jilovlay
olmaslik, shahvatparastlik.
intempérant, ante
adj o‘zi, nafsini tiya olmaydigan, badnafs, nafsi buzuq,
me’yorini bilmaydigan, tiyiqsiz, axloqsiz, buzuq, ishratparast.
intempéries
nf ob-havoning o‘zgarishi, o‘zgaruvchan ob-havo,
yog‘ingarchilik, namgarchilik, buzuq havo, bo‘ralagan qor, yomg‘ir, yog‘in,
havoning buzuqligi.
intempestif, ive
adj o‘z vaqtida bo‘lmagan, o‘rinsiz, noo‘rin, chakki,
bemavrid.
intenable
adj 1. mil himoyaga yaroqsiz, yaramaydigan; yoqlab, himoya
qilib bo‘ lmaydigan; 2. chidab, toqat qilib bo‘lmaydigan, juda, yomon og‘ir; 3.
fam jim, tek turmaydigan, tinib-tinchimagan, jonsarak.
intendance
nf 1. l’intendance militaire xo‘jalik ta’minot ishlari harbiy
muassasasi, harbiy bo‘lim ta’minot xizmati; 2. boshqarma, idora, rahbarlik
boshqarish, mudirlik; l’intendance universitaire oliy o‘quv yurtida moliyani
boshqarish.
intendant
nm 1. harbiy ta’minotchi; 2. ish boshqaruvchi.
intense
adj jadal, tez, qizg‘in, shiddatli, tarang, dolzarb, g‘ayritabiiy,
kuchli, kuchaygan.
intensément
adv jadal, tez, shiddatli, tarang, kuchli, g‘ayritabiiy holda.
intensif, ive
adj jadal, tez, qizg‘ in, shiddatli, tarang, dolzarb, g‘ayritabiiy
kuchli, kuchaygan; une culture intensive qishloq xo‘jaligida jadallashtirish,
tez-tez almashtirish.
intensification
nf jadallashtirish, tez-tez almashtirish, kuchaytirish,
zo‘raytirish, samarali qilish, unumdorligini oshirish.
intensifier
vt kuchaytirmoq,
jadallashtirmoq, samarali qilmoq,
unumdorligini oshirmoq.
intensité
nf 1. jadallik, tezlik, qizg‘inlik, shiddat, g‘ayrat, kuch; 2. phys
kuchlanish, taranglik, taranglashish.
intenter
vt dr sud ishi qo‘zg‘atmoq, davo qilmoq; intenter un procès à
qqn ish qo‘zg‘atmoq, sudga bermoq; fig qarshi uyushmoq, oyoqqa turmoq.
intention
nf niyat, maqsad, o‘y, qasd, ahd, o‘ylab qilingan ish, mo‘ljal,
reja, g‘araz; avoir l’intention de niyat, qasd qilmoq; loc prép dans
l’intention de maqsadida; sans intention o‘ylamay-netmay, maqsadsiz,
hech qanday maqsadni ko‘zlamay; loc prép à l’intention de uchun, biror
maqsadda, niyatda, o‘y bilan, fikrda.
intentionné, ée
adj bien intentionné niyati xolis, yaxshi niyatli; mal
intentionné niyati xolis emas, yomon, yovuz niyatli, yomonlik tilaydigan, ichi
qoralik, dushmanlik qiladigan.
intentionnel, elle
adj oldindan o‘ylab, mo‘ljallab qo‘yilgan, beg‘araz,
ataylab, jo‘rttaga, qasddan qilingan; un délit intentionnel ataylab qilingan
shikoyat.
intentionnellement
adv ataylab, jo‘rttaga, qasddan qilib, beg‘arazlik
bilan.
inter
I. prép orasida, o‘rtasida; II. nm 1. fam xalqaro telefon aloqasi; 2. foot
yarim hujumchi.
interaction
nf o‘zaro ta’sir (qilish), o‘zaro, birgalikdagi harakat.
intercalaire
adj 1. qo‘shilgan, olib qo‘yiladigan, yasama, kiritilgan; 2.
qo‘shib qo‘yilgan, qo‘yiladigan (kabisa yili).
intercaler
vt qo‘shib, kirgizib qo‘ymoq, kirgizmoq, qo‘shmoq.
intercéder
vi (auprès de qqn, pour qqn) yoqlamoq, himoya qilmoq,
tarafi, yonini olmoq, aralashmoq.
intercepter
vt 1. to‘smoq (yo‘lni), to‘sib qo‘ymoq, g‘ov solmoq, to‘xtatib,
kesib, uzib qo‘ymoq; techn intercepter la vapeur bug‘ni uzib qo‘ymoq; 2.
tutib, ushlab qolmoq; intercepter une lettre xatni tutib qolmoq; intercepter
une émission radio uzatishni ushlab qolmoq.
interception
nf 1. to‘sish, to‘sib qo‘yish; 2. tutib, ushlab qolish (xatni).
intercesseur
nm yoni, tarafini oluvchi, yoqlovchi, himoya qiluvchi, homiy,
tarafdor.
intercession
nf yoqlash, himoya qilish, yoni, tarafini olish, homiylik,
tarafdorlik.
interchangeable
adj o‘zaro almashadigan, o‘zgaradigan, o‘zgaruvchan,
navbatli.
interclasse
nm tanaffus.
intercontinental, ale
adj qit’alar aro; une fusée intercontinentale
balistique qit’alararo ballistik raketa.
intercostal, ale
adj qovurg‘alar aro.
interdépendant, ante
adj uzviy bog‘ langan, uzviy qaram, o‘zaro bog‘liq.
interdiction
nf 1. taqiqlash, man etish, yo‘l qo‘ymaslik, ruxsat bermaslik,
taqiq, man; 2. vazifasidan bo‘shatish (vaqtincha); dr huquqidan mahrum
qilish.
interdire
vt 1. (qqch) man qilmoq, taqiqlamoq, ruxsat bermaslik;
interdire l’accès kirish yo‘lini to‘smoq; 2. (qqn) vazifasidan bo‘shatmoq
(vaqtincha); dr mulkka egalikdan mahrum qilmoq; 3. xalaqit bermoq.
interdit, ite
I. adj 1. taqiqlangan, man etilgan, taqiqlab qo‘yilgan;
stationnement interdit to‘xtash taqiqlangan (avtomobil); interdit au public
odamlarga kirish man etilgan; 2. hayratda qolgan, garang, boshi qotgan; II.
nm taqiq, man, taqiqlash, man etish, yo‘l qo‘ymaslik; relig man qilinganlik; un
interdit de séjour surgun qilingan, surgundagi odam; jeter l’interdit sur
qqch qat’ iyan man etilmoq.
intéressant, ante
adj qiziq, qiziqarli, qiziqtiradigan, ajib, maroqli; acheter
à un prix intéressant fam arzon bahoga sotib olmoq; vieilli elle est dans
une position intéressante u ikkiqat, homilador.
intéressé, ée
I. adj manfaatdor bo‘lgan, ishqi tushib, havasi kelib qolgan;
II. n manfaatdor shaxs.
intéressement
nm foydada, manfaatdor bo‘lish qatnashish.
intéresser
I. vt 1. qiziqtirmoq, qiziqish, havas uyg‘otmoq, diqqat-e’tiborini
tortmoq, fikri-xayolini olmoq, chulg‘ab olmoq; 2. xayrixohlik bildirmoq,
achinmoq; 3. tegmoq, tegib ketmoq, shikast, zarar yetkazmoq, munosabatda
bo‘lmoq, cela intéresse tout le monde bu hammaga tegishli; 4. (qqn à
qqch) qatnashtirmoq, manfaatdor qilmoq; intéresser qqn aux bénéfices
foyda olishga jalb qilmoq; 5. shikast, zarar yetkazmoq, shikastlamoq; II.
s’intéresser vpr (à qqn, à qqch) qiziqmoq, havas qilmoq, ishqivoz bo‘lmoq;
manfaatdor munosabatida bo‘lmoq.
intérêt
nm 1. qiziqish, diqqat, e’ tibor, havas, manfaatdorlik, manfaat,
foyda, naf; l’intérêt public xalq manfaati; d’intérêt local mahalliy ahamiyati;
il est de votre intérêt sizning foydangizga; par intérêt manfaatidan; n’avoir
aucun intérêt à hech bir qiziqqan bo‘lmaslik; 2. qatnashish, ishtirok etish,
ishtirok, aralashish; hamdardlik, achinish, diqqat e’ tibor; prendre intérêt à
qqn qatnashmoq, aralashmoq; avec intérêt hamdard, achinish; avec un vif
intérêt zo‘r qiziqish bilan; 3. pl foyda, daromad; sans intérêt foyda,
daromadsiz.
interférence
nf 1. o‘zaro harakat, birga harakat qilish, ta’sir qilish, o‘zaro
qarama-qarshilik; 2. phys interferensiya (to‘lqinlarning fazoda ustma-ust
tushib qo‘shilgan holda bir-birini kuchaytirishi yo susaytirishi).
Do'stlaringiz bilan baham: