GRAND
-
CHOSE
GRATTER
252
balog‘atga yetganlar; 3. pl akobir, ayon, to‘ra; 4. grand d’Espagne Ispaniya
grandi; III. adv voir grand uzoqni ko‘rmoq, katta rejalar qurmoq, tuzmoq;
grand ouvert keng ochiq; en grand loc adv tabiiy kattalikda, keng ko‘lamda,
miqyosda.
grand-chose
n pl pas grand-chose fam e’ tiborga molik emas, arzimas,
haqir, notavon; ce n’est pas grand-chose bu hech gap emas, oson, yengil;
il ne vaut pas grand-chose u hemiri ham turmaydi, hech narsaga
yaramaydi.
grand-duc
nm ulug‘ gersog.
grand-ducal, ale
adj ulug‘ gersogga oid.
grand-duché
nm ulug‘ gersog boshqaruvchi mamlakat.
grandelet, ette
adj o‘sgan, bo‘yi yetgan bola.
grandement
adv 1. g‘oyat, nihoyatda, ortiq darajada; contribuer
grandement katta yordam bermoq; se tromper grandement nihoyatda
yanglishmoq; il est grandement l’heure allaqachon vaqt bo‘ldi; 2. ko‘p,
mo‘l-ko‘l, to‘lib-toshib, ortiqcha; 3. baland ruhda, olijanoblik bilan, vijdonan.
grandet, ette
adj yetarlicha katta, o‘sgan, voyaga yetgan.
grandeur
nf 1. kattalik, o‘lcham, katta-kichiklik; 2. ulug‘lik, ulug‘vorlik,
buyuklik, salobat, go‘zallik, ulug‘sifatlik; du haut de sa grandeur kekkayib,
gerdayib, o‘zini baland olib, nazar-pisand qilmay; la folie des grandeurs
ulug‘lik vasvasasi, ulug‘ deb fahmlash; 3. pl izzat, izzat-ikrom, ehtirom, obro‘;
4. math kattalik, qiymat, miqdor; loc adj grandeur nature tabiiy kattalikdagi.
grandiloquence
nf balandparvozlik, dabdabalilik (nutq).
grandiloquent, ente
adj 1. balandparvoz, dabdabali, tumtaroqli; un
style grandiloquent dabdabali uslub; 2. serva’da, va’da beradigan, umidvor
qiladigan.
grandiose
I. adj juda katta, buyuk, ulkan, azim, zo‘r, ulug‘vor, dabdabali,
muhtasham, muazzam, basavlat; II. nm ulug‘vorlik, muazzamlik,
muhtasham lik, hashamat, savlat, juda kattalik, buyuklik, ulkanlik.
grandir
I. vi 1. o‘smoq, katta bo‘lmoq, ulg‘aymoq; grandir en sagesse
aqlli bo‘lmoq; 2. kattarmoq, o‘smoq; II. vt 1. kattalashtirmoq, yiriklashtirmoq;
2. obro‘yini ko‘ tarmoq, e’ tiborini oshirmoq; III. se grandir 1. biroz ko‘tarilmoq,
sal o‘rnidan turmoq; 2. martabasi oshmoq, lavozimda ko‘tarilmoq.
grandissant, ante
adj kattalashuvchi, kattalashadigan, o‘sadigan,
o‘suvchi, o‘sib boruvchi.
grand-mère
nf 1. katta ona, buvi, momo (ota-ona tomonidan); 2. momo,
buvi, kampir.
grand-oncle
nm amaki (buvasi yoki buvisining akasi yoki ukasi).
grand-père
nm buva, bobo (ota-onaning otasi).
grands-parents
nm pl buva, buvi, momo.
grand-tante
nf amma (buvasi yoki buvisining opasi yoki singlisi).
grange
nf saroy, omborxona, usti berk xirmon, g‘allani quritish bostirmasi.
granit
ou granite nm rangdor qattiq tog‘ jinsi, granit.
granité, ée
I. adj donador, g‘adir-budur, g‘adirli, notekis; II. nm 1. yirik
tugunchalar bilan to‘qilgan jun gazlama; 2. muzqaymoq turi.
graniter
vt techn granitga o‘xshatib bo‘yamoq, ranglamoq.
graniteux, euse
adj granitli, graniti bor, granit ko‘rinishli.
granitoïde
adj granitsimon, granitga o‘xshash.
granivore
adj zool donxo‘r, don yeydigan.
granulaire
adj dona-dona, donador, qumoq-qumoq (tog‘ jinslari).
granulation
nf 1. dona-dona, donador qilish, qumoqlash, granulalash; 2.
méd donga o‘xshash shish, pufak.
granule
nf dona, donacha, granula.
granulé, ée
I. adj yanchilgan, maydalangan, bo‘ lingan, parchalangan,
ushatilgan, donli, serdon, doni ko‘p; II. nm granula.
granuler
vt donga aylantirmoq, yanchmoq, don qilmoq, maydalamoq,
parchalamoq, bo‘lmoq.
granuleux, euse
adj 1. géol donador, dona-dona, qumoq-qumoq; 2. méd
et oladigan, bitadigan, yangi et qoplaydigan (yara).
grape-fruit
nm anglic greyp frut, limon chatishmasi.
graphème
nf ling yozuv turi, shakli, grafema.
graphie
nf yozilish, shakl, yozilish tarzi; les graphies phonétiques
tovush yozilishi, transkriptsiya.
graphique
I. adj chizma, grafikaga oid, chizish, chizmaga oid; les signes
graphiques yozuv belgilari, shakllari; II. nm chizma, tasvir, tarh, diagramma,
jadval; 3. grafika (bo‘yoqsiz chizib rasm solish san’ati).
graphiquement
adv chizma ravishda, yozuv holida.
graphisme
nm yozuv tarzi.
graphite
nm qalam o‘zagi, ko‘mir bo‘lagi, grafit.
graphologie
nf belgi, shakllarni o‘rganish, grafologiya.
graphologique
adj belgi, shakllarni o‘rganishga oid.
graphologue
nm belgi, shakllarni o‘rganuvchi mutaxassis.
graphomètre
nm burchaklarni o‘lchaydigan topografiya quroli.
grappe
nf bosh, bir bosh, bir shingil (mevada).
grappillage
nm 1. uzum yig‘ish, uzish; 2. vahshiyona, yirtqichday foydali
qazilmalarni qazish usuli; 3. fam mayda o‘g‘irlik, kichik o‘lja, foyda.
grappiller
I. vi 1. uzum yig‘ib terib olingandan keyin qolib ketgan
uzumlarni terib, yig‘ib olmoq; 2. fig qo‘shimcha daromad qilmoq (yashirincha,
noqonuniy); II. vt uyoq-buyoqdan gul, meva termoq, terib olmoq; fig termoq,
yig‘moq, topmoq, to‘plamoq.
grappin
nm techn mar ilgak, changak, kichik langar; mettre le grappin
sur qqn fam o‘z izmiga solmoq, qo‘lga olmoq, bo‘ysundirmoq.
gras, grasse
I. adj 1. yog‘li, yog‘i ko‘p, sermoy, seryog‘, tarkibida yog‘i
bo‘lgan; les corps gras yog‘, moy; les substances grasses yog‘li
moddalar; 2. oquyuq, unumdor, hosildor, serhosil, mo‘l-ko‘l, serob, boy; de
gras pâturages sero‘ t yaylovlar; les terres grasses hosildor yerlar; faire la
grasse matinée ertalab uxlab qolmoq, ertalab uzoq uxlamoq; 3. to‘ladan
kelgan, jussali, barvasta; 4. dog‘ tushgan, yog‘, moy izi bor, moy, yog‘
tekkan, yog‘li, yoqqa belangan; 5. quyuq, qalin; zich, tig‘iz; yopishqoq,
yelimshak; caractère gras qora, quyuq qilib yozilgan shrift, belgi; II. nm 1.
yog‘, moy; 2. fam foyda.
gras-double
nm charvi.
grassement
adv payer grassement mo‘l-ko‘l to‘lamoq.
grasseyant, ante
adj “r” tovushini chuchuk talaffuz qiluvchi.
grasseyer
vi “r” tovushini chuchuk talaffuz qilmoq.
grassouillet, ette
adj lo‘ppigina, do‘ndiqqina, semizgina, to‘lagina.
gratification
nf pul mukofot, in’om, armug‘on, tuhfa, hadya, pul bilan
taqdirlash, yordam, ko‘mak, nafaqa.
gratifier
vt 1. mukofotlamoq, taqdirlamoq, haq to‘lamoq, in’om, hadya,
tortiq qilmoq, siylamoq; gratifier qqn d’une qualité birovga qandaydir sifat
bermoq, ta’riflamoq; 2. tantanavor taqdim etmoq, xabar bermoq, yoqimli
narsa bermoq.
gratin
nm 1. vx qirmoch; 2. graten (qaynatib yoki bug‘da pishirilgan
sabzavotlar ustiga qaymoq yoki qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq solib, usti
karsillama bo‘ lib chiqishi uchun duxovkaga qo‘yib pishirish usuli, shu usulda
pishirilgan ovqat); 3. qirilgan non bo‘laklari; 4. jamiyat qaymog‘i, jamiyatning
sara, eng yaxshi odamlari, gullari.
gratiné, ée
I. adj 1. qirilgan, qirg‘ ichdan o‘tkazilgan; 2. g‘ayrioddiy; II. nf
qirilgan pishloq qo‘shilgan piyozli sho‘rva.
gratiner
I. vt qoq non qilib qovurmoq; II. vi tagiga olmoq, kuymoq (qozon,
tovada).
gratis
adv bepul, tekinga, pulsiz, tekin, pul olmay.
gratitude
nf minnatdorchilik, rahmat, tashakkur, minnatdorlik.
grattage
nm 1. tirnash, timdalash, yumdalash, qirtish, tarashlash, qirib,
qirtishlab tozalash, qirib olish; 2. o‘chirish, o‘zgartirish (yozilgan narsani).
gratte-ciel
nm osmono‘par bino, ko‘p qavatli imoratlar.
gratte-cul
nm na’matak, itburun (mevasi).
gratte-dos
nm jun taroq; taroq (orqani qashlash uchun).
grattement
nm qashinish, tirnash, timdalash, yumdalash, qirish, qirtish,
qirib tozalash va ovozi.
gratte-papier
nm fam 1. vx yomon yozuvchi; 2. idora xizmatchisi, kotibi,
mirzasi.
gratter
I. vt 1. tirnamoq, qitirlamoq, timdalamoq, yumdalamoq; gratter
une allumette gufurt chaqmoq; gratter du papier qog‘oz bulg‘amoq, yozib
chizib o‘ tirmoq; oqqa ko‘chirib kun ko‘rmoq (pul ishlab topmoq); 2. qirib
tozalamoq, qirmoq, qirtishlamoq, tarashlamoq; 3. qashimoq, qashlamoq; 4.
Do'stlaringiz bilan baham: