FUTILE
GAÎTÉ
241
futile
adj bo‘sh, jiddiy emas, bema’ni, yuzaki; havoyi, yuzaki.
futilement
adv bekorga, behudaga.
futilité
nf behudalik, puchlik, foydasizlik, natijasizlik, ma’nosizlik;
yengiltaklik, beburdlik, betayinlik.
future, ure
I. adj kelasi, kelajak, bo‘lajak; II. n 1. nm kelajak; 2. nm gram
kelasi zamon; 3. n bo‘lajak kuyov, kelin.
futurisme
nm futurizm (XX asr boshida san’at va adabiyotda hukm
surgan formalistik oqim).
futuriste
I. adj futuristlarga oid; 2. futurist (shu oqimdagi odam).
fuyant, fuyante
adj qochayotgan, uzoqlashayotgan; ushlab, tutib, qo‘lga
tushirib bo‘lmaydigan, tutqich bermaydigan; un regard fuyant bezovta,
sarosimadagi nigoh.
fuyard, arde
adj, n qochoq.
G
G, g
nm 1. fransuz alifbosining yettinchi harfi; 2. gramm so‘zining shartli
qisqartirilgan belgisi.
gabardine
nf 1. gabardin (mato); 2. plashch, palto (gabardindan qilingan).
gabarit
nm 1. andaza, qolip, shablon, maxsus andaza; 2. kattalik, katta
kichiklik, o‘lcham, miqdor; 3. gavda, qomat.
gabegie
nf fam chalkashlik, chigallik, tartibsizlik, chatoqlik, ay qash-
uyqashlik, betartiblik; xo‘jasizlik, noshudlik.
gabelle
nf boj, soliq (tuzga).
gabier
nm botsman buyruqlarini bajaruvchi matros.
gable
ou gâble nm archit bino oldining uchburchak qismi, fronton.
gâchage
nm 1. ohak aralashtirish, qorish, eritish; ohakni o‘ldirish,
so‘ndirish; 2. fam beparvo, e’ tiborsiz ish, pala-partish, yengil-yelpi, xo‘ja
ko‘rsinga qilingan ish; bekor ketkazish, sarflash, vaqt o‘ tkazish.
gâcher
vt 1. ohakni so‘ndirmoq; gâcher clair, lâche ohak qormoq,
aralashtirmoq, suyuq qilmoq; gâcher serré ohakni so‘ndirmoq; 2. behudaga
sarflamoq, ketkizmoq, bekorga yo‘qotmoq, xarjlamoq; 3. fam pala-partish,
yengil-yelpi, xo‘ja ko‘rsinga qilmoq, ishni yomon bajarmoq; gâcher le métier
bir pulga ishlamoq; gâcher sa vie hayotni buzmoq, izdan chiqarmoq.
gâchette
nf mil tepki (miltiqda).
gâchis
nm 1. qorishma, loy, rastvor; 2. behudaga sarflash, isrofgarchilik;
3. tartibsizlik, betartiblik, ayqash-uyqashlik, to‘s-to‘polon, besaranjomlik,
ostin-ustin.
gadget
nm ermak o‘yinchoq, timsoliy shaklchalar.
gadoue
nf loy; patauger dans la gadoue shalop-shalop loy kechmoq.
gaffe
nm mar uzun dastali ilgak, changak; faire une gaffe beandishalik,
qo‘pollik qilmoq; fam faire gaffe ehtiyot bo‘lmoq, saqlanmoq.
gaffer
I. vt changakka ilintirmoq, changak bilan itarmoq; II. vi fam xato
qilmoq, kamchilikka yo‘l qo‘ymoq, xato ish qilib qo‘ymoq; qo‘pollik qilmoq,
nojo‘ya harakat qilmoq.
gaffeur, euse
n fam qo‘pol odam, qo‘rs.
gaga
n erkatoy.
gage
nm 1. garov, kafolat, dalil, garovga qo‘yish; mettre en gage garovga
qo‘ymoq; 2. qur’a tashlash (o‘yinda); 3. dalil, isbot, shohidlik, nishon, tamg‘a;
un gage d’amitié do‘stlik dalili; 4. pl xizmatkor ish haqi, maoshi.
gager
vt 1. garov bog‘lashmoq, o‘ynamoq; 2. ta’minlamoq, ta’min qilmoq,
yetkazib bermoq; gager sur qqch ishontirmoq, kafil bo‘lmoq, kafolat
bermoq; gager un emprunt qarz bermoq; 3. ish haqi to‘lamoq
(xizmatkorga).
gagnable
adj ishlab topiladigan, ishlab kun ko‘radigan.
gagnant, ante
I. adj yutuvchi, yutadigan, sovrin, mukofot oluvchi; un
numéro gagnant yutuqli raqam, yutuq chiqadigan chipta (lotoreyada); II. n
yutgan, yutuq chiqqan odam, sovrindor.
gagne-pain
nm inv ish haqi, ishlab topilgan pul, kun kechirish, kun ko‘rish
vositasi.
gagner
I. vt 1. ishlab topmoq, mehnat qilib, peshona teri to‘kib topmoq,
mehnat bilan erishmoq, qo‘lga kiritmoq; gagner sa vie kun ko‘rmoq, ishlab
yashamoq, kun kechirmoq; gagner sa vie à ishlamoq; gagner gros katta
pul yutmoq, ko‘p ishlab topmoq; 2. yutmoq, yutib olmoq, qo‘lga olmoq, qo‘lga
kiritmoq, qozonmoq, erishmoq, sazovor bo‘lmoq, orttirmoq; gagner du
temps vaqtdan yutmoq; gagner du terrain oldinga, olg‘a yurmoq, siljib
bormoq, tarqalmoq, ovoza bo‘lmoq, yoyilmoq; 3. sazovor bo‘lmoq, loyiq
bo‘lmoq, erishmoq, qozonmoq; gagner l’amitié, gagner l’estime hurmatiga,
do‘stligiga sazovor bo‘lmoq, erishmoq; il l’a bien gagné u bunga loyiq; 4.
yuqtirmoq, orttirmoq; 5. tortmoq, jalb qilmoq, o‘z tomoniga og‘dirmoq,
ko‘nglini topmoq, sotib olmoq; 6. sotib olmoq, bormoq, yetmoq, erishmoq,
muvaffaq bo‘lmoq, qozonmoq; jo‘namoq, yo‘l olmoq; gagner le large ochiq
dengizga chiqib olmoq; fig orqasiga qaramay qochmoq; av gagner de la
hauteur yuqoriga ko‘ tarilmoq; 7. o‘ramoq, qurshamoq, qamrab olmoq,
yoyilmoq, tarqalmoq; le mouvement de grève a gagné toutes les
entreprises ish tashlash harakati hamma korxonalarga tarqaldi; le sommeil
me gagne meni uyqu eltdi, bosyapti; II. vi 1. yutmoq, foyda ko‘rmoq, zafar
qozonmoq; gagner dans un fauteuil, gagner les doigts dans le nez fam
musobaqada o‘ynab-o‘ynab g‘alaba qozonmoq; 2. ustidan chiqmoq, borib
qolmoq, duch kelmoq, yo‘liqmoq, tarqalmoq, yoyilmoq; le feu gagne olov,
alanga tarqalayotibdi; III. se gagner vpr 1. ko‘p ishlamoq; ega, molik
bo‘lmoq, kasb etm oq; 2. yuqmoq, o‘tmoq, yoyilmoq, tarqalib ketmoq
(kasallik).
gai, gaie
I. adj 1. shod, xursand, vaqti, kayfi, dimog‘i chog‘, quvnoq,
xushchaqchaq; 2. fam ichgan, shirakayf, xushchaqchaq; 3. ochiq (rang
haqida); 4. qattiq mahkamlanmagan, qimirlab turgan; II. adv xursandchilik
bilan, quvnab, chaqchaqlashib, shod, xurram, o‘zini bardam, tetik tutib, bo‘sh
kelmay, tetik, bardam.
gaiement
ou gaîment adj xursandchilik bilan, quvnab, chaq-chaqlashib,
shod, xurram; y aller gaiement jon-jon deb qilmoq, bajarmoq.
gaieté
ou gaîté nf
1. vaqtichog‘lik, xursandlik,
quvnoqlik,
xushchaqchaqlik; tiyraklik, tezlik, ildamlik, chaqqonlik; 2. quvnoq kayfiyat,
xushvaqtlik, o‘yin-kulgi, xursandchilik; jonlanish tetik ruh, yaxshi kayfiyat,
g‘ayrat, avj; loc adv de gaieté de cœur hech qanday sababsiz, o‘z xohishi
bilan, sidqidildan.
gaillard
1
, arde
I. adj 1. fam shod, xursand, vaqti, kayfiyati, dimog‘i chog‘,
quvnoq, xushchaqchaq, jonli, ta‘sirchan yigit; 2. sog‘lom, baquvvat, tetik,
bardam, dadil, hormagan, so‘lmagan, toza; 3. sho‘x, o‘ynoqi, xushchaqchaq,
yengiltak, erkin, mustaqil, hur, ozod; des propos gaillards erkin suhbat; 4.
mard, jasur, mardona, mardonavor, dadil, tetik, jasurona, azamat; II. n 1.
xushchaqchaq, xushtabiat odam, ulfat, hazilkash, yaxshi odam; 2. nm yigit,
yigitcha.
gaillard
2
nm kema yuqori palubasining orqa qismidagi boshpana.
gaillardement
adv 1. sho‘x, o‘ynoqi, xushchaqchaqlik bilan; 2. chaqqon,
epchillik, abjirlik bilan, yigitlardek, mardona, dadil, tetik, jasurona,
qo‘rqmasdan, keskin, o‘ tkirlik bilan.
gaîment
adj voir gaiement.
gain
nm 1. yutuq, yutilgan narsa (pul), foyda, kirim, foyda qilish, naf,
daromad; réaliser des gains énormes katta foyda olmoq; avoir, obtenir
gain de cause ishni yutib chiqmoq, ustun kelmoq; le gain ne veux pas la
dépense ovora bo‘lishga arzimaydi; 2. ish haqi, ishlab topilgan pul; 3.
kuchaytirish, ko‘tarish (radioda); 4. qazib olish, chiqarih, o‘lja, qo‘lga kiritilgan
narsa.
gaine
nf 1. qin, g‘ilof, jild, quti; 2. korset, ichki belbog‘, bandaj; 3. techn
quvur, kanal; 4. anat parda, qobiq.
gainer
vt qinga solmoq, tiqmoq, joylashtirmoq, qolipga, qoplamaga, jildga
o‘ramoq, ustini o‘ramoq.
gainerie
nf qin, g‘ilof ishlab chiqaruvchi fabrika; qin, g‘ilof ishlab chiqarish.
gainier, ière
n qin, g‘ilof ishlab chiqaruvchi va sotuvchi, g‘ilofsoz.
gaîté
nf voir gaieté.
Do'stlaringiz bilan baham: