ÉMERVEILLEMENT
ÉMOTIONNEL
189
émerveillement
nm zavq, quvonch; zavqlanish, quvonish; faire
l’émerveillement de qqn biror kimsaning zavqini keltirmoq; zavqlantimoq;
avec émerveillement zavq-shavq bilan; shod-xurramlik bilan; qoyil bo‘lib.
émerveiller
I. vt zavqlantirmoq, quvontirmoq; zavqini qo‘zg‘atmoq, hayron
qoldirmoq; être émerveillé qoyil bo‘ lmoq; zavq-shavqqa to‘lmoq; II.
s’émerveiller vpr zavqlanmoq, quvonmoq, qoyil bo‘lmoq; je m’émerveille
de dan zavqqa to‘lmoq.
émétique
adj qusdiradigan, qayt qildiradigan, qusdiruvchi.
émetteur, trice
I. adj 1. techn sochadigan (nur); tarqatadigan (ovoz,
to‘lqin); uzatuvchi, eshittiruvchi (signal); une station émettrice
radiostansiya; 2. fin qimmatli qog‘ozlar va qog‘oz pul chiqaradigan; une
banque émettrice emission bank (qimmatli qog‘ozlar va qog‘oz pul
chiqaradigan bank); II. nm radio uzatgich, tarqatgich.
émettre
vt 1. taratmoq; nur taratmoq; 2. muomalaga chiqarmoq,
muomalaga qo‘ymoq; 3. ifodalamoq, bayon qilmoq; émettre une opinion fikr
bayon qilmoq; émettre une hypothèse taxmin qilmoq; 4. radio eshittirmoq;
émettre sur les ondes courtes qisqa to‘lqinda eshittirmoq.
émeu
nm zool emu, tuyaqush (Avstraliya tuyaqushi).
émeute
nf isyon, qo‘zg‘olon, g‘alayon, ko‘tarilish, qalqish, oyoqqa turish.
émeutier, ière
n isyonchi, qo‘zgolonchi, isyonkor, g‘alayonchi.
émiettement
nm 1. maydalash, burdalash, ushatish; 2. fig maydalanish,
maydalashish, bo‘linib, sochilib ketish; parokanda bo‘lish; maydalanganlik,
parchalanganlik, tarqoqlik, bo‘linganlik.
émietter
I. vt 1. maydalamoq, burdalamoq, ushatmoq, uvatmoq, ushoq
qilmoq, émietter du pain non to‘g‘ramoq; 2. fig maydalamoq, burdalamoq,
mayda bo‘laklarga bo‘lmoq, bo‘lib yubormoq; II. s’émietter vpr 1.
uvalanmoq, ushalmoq, to‘g‘ralmoq; sinmoq; le pain s’émiette non ushaldi;
2. fig maydalanmoq, burdalanmoq, mayda bo‘ laklarga bo‘linmoq, mayda-
mayda bo‘ lib ketmoq, parchalanmoq.
émigrant, ante
I. adj boshqa joyga ko‘chib boruvchi; II. n em igrant,
muhojir, kelgindi.
émigration
nf 1. emigrasiya (chet mamlakatga ko‘chib ketish) 2.
muhojirlik; 3. zool migrasiya, ko‘chish, ko‘chib o‘tish.
émigré, ée
n emigrant, muhojir; un émigré politique siyosiy muhojir.
émigrer
vi 1. emigrasiya qilmoq, vatandan chiqib ketmoq (chet
mamlakatga ko‘chib ketmoq); 2. zool uchib borib boshqa joyga qo‘nmoq
(qushlar haqida).
émincé, ée
I. adj yupqa qilib kesilgan; II. nm yupqa go‘sht bo‘lagi.
émincer
vt yupqa qilib kesmoq.
éminemment
adv g‘oyat, yuqori darajada; juda, juda ham, nihoyatda,
o‘ta; j’en suis éminemment convaincu bunga darajada imonim komil.
éminence
1
nf 1. tepa, tepalik, do‘ng, balandlik; baland joy; observatoire
établi sur une éminence baland joyga qurilgan observatoriya; 2. anat
bo‘rtma.
éminence
2
nf relig 1. kardinallarga berilgan faxriy unvon; son Eminence
le cardinal Dupont kardinal Dupon hazrati oliylari; 2. fig maxfiy maslahatchi,
ishonchli kishi.
éminent, ente
adj 1. taniqli, mashhur, atoqli; un personnage éminent
atoqli arbob; un savant éminent atoqli olim; 2. yuqori, katta; juda, juda
yaxshi, nihoyatda yaxshi, a’lo, soz; il a rendu d’éminents services u juda
yaxshi xizmat ko‘rsatdi.
émir
nf amir.
émissaire
1
nm emissar, maxfiy agent.
émissaire
2
adj bouc émissaire fam hamma baloga to‘g‘anoq odam,
balogardon.
émission
nf 1. phys nurlanish (to‘lqin shaklida turli energiya sochish, yoki
ularning sochilishi, nurlanishi); émission de radiations radioaktiv nurlanish;
l’émission de la chaleur issiqlik tarqalishi; 2. physiol chiqarish, ajratish,
ajratib chiqarish; 3. écon emissiya (qimmatli qog‘ozlar va qog‘oz pul
chiqarish); émission de billets de banque, d’actions, d’un emprunt, de
timbres pul, aksiya, zaym, marka chiqarish; 4. radio, televizor orqali
beriladigan eshittirish yoki ko‘rsatuv; une émission de télévision
teleko‘rsatuv; une émission radiophonique radioeshittirish; faire des
émissions en direct to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatmoq; cette émission passe
à 8 heures bu eshittirish efirga soat sakkizda beriladi.
emmagasinage
nm 1. omborga joylash, yig‘ish, to‘plash; 2. fig yod, es,
xotirada saqlash; yig‘ish to‘plash; orttirish.
emmagasiner
vt 1. omborlarga joylamoq, yig‘moq, to‘plamoq; 2. yod, es,
xotirada saqlamoq; yig‘moq; to‘plamoq; orttirmoq; emmagasiner les
connaissances bilim orttirmoq; emmagasiner les souvenirs esdaliklarni
yig‘moq, to‘plamoq.
emmailloter
vt 1. yo‘rgaklamoq, yo‘rgakka o‘ramoq; 2. o‘ramoq, o‘rab
olmoq; tang‘imoq, emmailloter un doigt blessé kesilgan barmoqni tang‘ib
bog‘lamoq.
emmancher
I. vt 1. dastalamoq, qoqib, urib o‘rnatmoq, kiydirmoq;
emmancher un marteau bolg‘ani dastaga o‘rnatmoq, bolg‘ani soplamoq; 2.
fig fam tashkil qilmoq, yo‘lga qo‘ymoq, o‘rnatmoq; ishga solib, yurgizib
yubormoq; II. s’emmancher vpr fig fam boshlanmoq, yo‘lga tushmoq;
l’affaire s’emmanche mal ish yo‘lga tushyapti.
emmanchure
nf yeng o‘rni, yeng o‘ tkaziladigan o‘yma; cette veste est
un peu étroite aux emmanchures bu kurtkaning yeng o‘tkazilgan joyi torroq
ekan.
emmêlement
nm chalkashtirish, chigallashtirish, chalkashlik, chigallik;
o‘ranish, matashish, chirmashish; l’emmêlement des fils iplarning
chigallashishi, chigallashganligi.
emmêler
vt 1. chalkashtirmoq, chigallashtirmoq; emmêler ses cheveux
sochlarini chigallashtirmoq; emmêler du fil ipni chigallashtirmoq, chigal qilib
yubormoq; emmêler une affaire ishni chigallashtirmoq, chalkash qilib
yubormoq.
emménagement
nm yangi uyga ko‘chib o‘ tish, kirish, joylashish.
emménager
vi yangi uyga ko‘chib o‘ tmoq, kirmoq, joylashishmoq.
emmener
vt 1. olib ketmoq, olib chiqmoq, ergashtirmoq; 2. sport mil
oldiga boshlamoq; emmener les membres de l’équipe jamoa a’zolarini
oldinga boshlamoq.
emmerdant, ante
adj vulg zeriktiradigan, bezdiradigan, jonga tegadigan;
zerikarli; xira, shilqim; une pièce emmerdante zerikarli pyesa.
emmerdement
nm vulg ko‘ngilsizlik, ko‘ngilsiz, noxush voqea; bemaza
ish, tashvish.
emmerder
I. vt vulg jonidan bezor qilmoq, charchatmoq, tinkasini
quritmoq, jonini olmoq; II. s’emmerder vpr vulg zerikib o‘zini qayerga
qo‘yishni bilmaslik; diqqatpazlikdan o‘lib bo‘lmoq; on s’emmerde ici bu
yerda diqqatpazlikdan o‘lish mumkin.
emmerdeur, euse
n vulg ming‘ir-ming‘ir odam, mijg‘ov.
emmitoufler
I. vt fam o‘ramoq, burkamoq, o‘rab, burkab qo‘ymoq; bien
emmitouflé dans sa robe de chambre xalatiga yaxshi burkanib olgan; II.
s’emmitoufler vpr o‘ranmoq, burkanmoq; o‘ralib, burkanib olmoq.
emmurer
vt 1. urib, berkitib tashlamoq; 2. berkitib qo‘ymoq, devor kabi
to‘sib qo‘ymoq; qamab qo‘ymoq.
émoi
nm iztirob, hayajon; tashvish, besaranjomlik, bezovtalik, g‘ulg‘ula,
sarosima; sarosimalik, gangib, dovdirab, qolishlik; toute la maison est en
émoi uy batamom sarosimaga tushgan edi; mettre en émoi hayajonga,
iztirobga solmoq; dans son émoi il a oublié l’essentiel sarosimalikdan u
asosiy narsani unutgan edi.
émoluments
nm pl ish haqi, maosh, oylik, moyana.
émondage
nm shox-shabbalarni kesish, butash, qirqish.
émonder
vt kesmoq, qirqmoq, qirqib, kesib olmoq, kallaklamoq, butamoq;
une serpe à émonder daraxt kesadigan pichoq.
émotif, ive
adj ta’sirchan, his-tuyg‘uga tez beriladigan, tez
hayajonlanadigan; une personne émotive ta’sirchan, tez hayajonlanadagan
odam.
émotion
nf 1. hayajon, hovliqish; tashvish tortish; hayajonlanganlik,
to‘lqinlanganlik, hayajonga tushganlik; iztirob; causer une grande émotion
kuchli hayajonga solmoq; trembler d’émotion hayajondan qaltiramoq; 2.
psych his, tuygu, hissiyot; ruhiy, ichki kechinma.
émotionnel, elle
adj his-tuyg‘uga oid; emotsional, jo‘shqin, hayajonli; his-
tuyg‘uga to‘la; jo‘shqinlikni, his-tuyg‘uni ifodalaydigan.
Do'stlaringiz bilan baham: