www.ziyouz.com kutubxonasi
12
kishilarga — Dajjolning kishilariga duch keladi. Ular: "Qayerga ketyapsan?" deb
so’raydilar. U: "O’sha chiqqan kishi (Dajjol)ning oldiga", deydi.
«Uning rabbimiz ekaniga ishonmaysanmi?»
«Rabbimizda sirlik yo’q».
«O’ldiringlar uni», deyishadi so’ngra. Ba’zilari boshqalariga: "Rabbingiz (ya’ni, Dajjol)
o’zi yo’g’ida birontasini o’ldirishingizdan sizlarni qaytarmaganmidi?» deydi. Keyin:
"Yuringlar, uni Dajjol oldiga olib boramiz", deyishadi.
Mo’min kishi Dajjolni ko’rgan zahoti: "Ey insonlar! Axir bu Rasululloh sollallohu alayhi va
sallam zikr qilgan Dajjol-ku", deydi.
Dajjol (odamlariga) buyuradi, mo’min kishi qorni bilan yerga yotqiziladi. Dajjol: "Uni
ushlab, boshini yoringlar", deydi. Mo’min kishining orqasi va qorniga ko’p urishadi.
Dajjol: "Mening (xudoligimga) iymon keltirmaysanmi?" deydi. (Mo’min) kishi: "Sen
kazzobsan, masihi Dajjolsan", deb aytadi. Keyin u mo’minning boshi o’rtasidan arra
bilan arralashga buyuradi. Uni ikki oyog’i orasigacha aralab, ikkiga bo’lib yuborishadi.
So’ngra Dajjol ikki bo’lakning o’rtasiga kelib: "Тur", deydi. U avvalgidek raso odam bo’lib
o’rnidan turadi.
Dajjol: "Endi menga iymon keltirasanmi?" deydi.
Mo’min: "Sening (kimliging) haqida ahlim yanada ziyodalashdi", deb aytadi. So’ngra
deydi: "Ey insonlar! Dajjol mendan keyin bironta insonni men kabi holatga sola olmaydi"
Dajjol mo’min kishini so’yish uchun ushlaydi. Uning bo’yni bilan o’mrovi o’rtasiga pichoq
qo’yadi. Lekin (so’yishga) qodir bo’lmaydi.
Dajjol mo’min kishining qo’l va oyog’idan ushlab daryosiga uloqtiradi. Dajjol uni
do’zaxga uloqtirdi deb o’ylaydilar. Aslida uni jannatga tashlagan bo’ladi. Bu (mo’min
kishi) Olamlar Rabbi huzurida shahidlarning eng ulug’idir" (Sahih hadis. Buxoriy va
Muslim rivoyati).
Boshqa hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar: "Dajjol keladi.
Lekin unga Madinaga kirish harom hilingan bo’ladi. Madina yaqinidagi giyohsiz taqir
yerga yetib keladi. (Madinadan) odamlarning yaxshisi yoki yaxshilaridan biri uiing oldiga
chiqib shunday deydi: "Guvohlik beramanki, sen Rasululloh sollallohu alayhi va sallam
hadislarida bayon qilgan Dajjolsan».
Dajjol aytadi: "Agar men bu (kishini) o’ldirsam (keyin tiriltirsam), mening ishim (ya’ni,
xudoligim) haqida shubhalanasizlarmi ?
Odamlar: "Yo’q", deydilar.
Dajjol uni o’ldirib, so’ngra tiriltiradi.
Kishi aytadi: "Allohga qasamki, sen haqingdagi fikrim hech qachon hozirgidan-da
qat’iyroq bo’lmagan».
Dajjol uni yana o’ldirishni xohlaydi. Lekin Alloh undan bu qudratni tortib oladi» (Sahih
hadis. Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Dajjol haqida nima bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |