Dajjol haqida nima bilasiz?
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
DAJJOL HAQIDA NIMA BILASIZ?
Тoshkent
«Movarounnahr»
2005
Тarjimon: Abdug’afur Sodir
Muharrir: Abdug’afur Iskandar
MUQADDIMA
Olamlar tarbiyatkunandasi Allohga hamdu sanolar bo’lsin. Uning rasuli Muhammadga
salovot va salomlar yog’ilsin. U zoti sharif Parvardigorining vahiyini odamlarga
yetkazdilar, ummatni Dajjoldan ogohlantirdilar, uning xatar va fitnalaridon omonda
bo’lish yo’llarini ko’rsatdilar.
Ammo ba’d: Dajjolning ishi o’ta xatarlidir. Shuning uchun har bir payg’ambar o’z
ummatini uning yomonligidan ogohlantirgan. Demakki, har bir millat uning insoniyat
boshiga solajak kirdikorlaridan xabardor bo’lgan.
Хo’sh, Dajjol kim o’zi? Biz qo’lingizdagi risolada Alloh qodir etganicha bu la’nati maxluq
tavsifini keltirishga harakat qildik. Avvalo shuni aytib o’tishim kerakki, bu la’natining
dunyosiga yaqinlashishga har qancha harakat qilmay, qurbim yetmadi. Chunki uning
dunyosi Allohning la’natiga giriftor bo’lgan qavmning dunyosi bilan bog’liq ekan. Ha,
ularning olami yomonlik, faqat yomonlikdan iborat bo’lgan olam.
U qavmning tarixiga nazar tashlagan odam ularning Alloh dinini o’zgartirib, unga tuhmat
va bo’hton gaplarni qo’shib yuborganlariga guvoh bo’ladi.
Shuningdek, ularning uzoq o’tmishdan to xozirgi zamonamizga qadar hiyonat, axdu
vafoni buzish va boshka jinoyatlar bilan mashhur bo’lganini ko’radi. Dajjolning fitna-
fasodlariga zamin hozirlaydiganlar ham ular. Shuning uchun ham Dajjolning tarixini
o’rganish juda qiyin. Lekin yaqin va uzoq mavqelardan unga ishora qilishimiz,
payg’ambarlarning sunnatlariga ergashib, odamlarni undan ogohlantirishimiz zarur.
Biz bu kitobda Dajjol xaqida sahih hadislarni keltirdik, shular asosida uning suratini
chizishga harakat qildik. Dajjol chiqishidan oldin bo’ladigan alomatlar, uning qayerdan
chiqishi, qayerga yetib borishi, qaysi shaharlarga kira olmasligi, nimaga da’vat qilishi,
uning fitnalari, Masih Iso ibn Maryam bilan uchrashuvi va tobe’larining takdiri haqida
hikoya qilamiz. E’tiborga loyiq joyi shuki, Dajjol haqidagi gaplar hech bir asrda
odamlarni befarq qoldirmagan. har bir zamonda odamlar Dajjol bilan o’z zamonlari
o’rtasidagi bog’liqlikni topishga harakat qilganlar. Bizning davrimizda ham "uchar
tarelkalar"ni Dajjol bilan bog’lashga harakat qilayotganlar chiqyapti. Albatta, bu dalil-
xujjatsiz bir ijtihod, xolos. Lekin, sahih xadislarda kelganidek, Dajjolning g’ayrioddiy
Dajjol haqida nima bilasiz?
www.ziyouz.com kutubxonasi
2
ishlari borligini inkor qilmaymiz. Bu g’ayrioddiylik zamonaviy texnologiyaning eng yangi
yutuqlari bilan bog’liq bo’lishi ham mumkin. Yana Alloh bilguvchiroq.
Amal sahifalari ro’para qilinadigan kunda bu kitobimizni sahifamizga yozishini Allohdan
so’raymiz. Omin.