101
Tadqiqotlar Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Mushtariy” fermer xo’jaligi sug’oriladigan bo’z
tuproqlari sharoitida 2010–2012 yillarda “Don ekinlari yetishtirish texnologiyasi” (1993) bo’yicha ishlab
chiqilgan tavsiyanoma asosida olib borildi
Sug’oriladigan yerlarda arpa navlarini ertapishar shakllarini yaratish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Buning
uchun arpa kolleksiya nav namunalari har taraflama o’rganish natijasida tanlab olingan boshlang’ich manbalardan
seleksiya jarayonlarida foydalanish samarali natija beradi.
Arpa ekini mamlakatimizda boshoqli don ekinlari ichida o’z ahamiyatiga ko’ra bug’doydan keyin ikkinchi o’rinda
turadi, bu ekin yem-xashak ekini sifatida chorvachilikda alohida o’rinni egallashi bilan birgalikda yetishtirildi.
Arpaning 60-70% pivo sanoati uchun xom-ashyo sifatida ishlatiladi, shuningdek asosiy yem-xashak ekini
hisoblangan arpa o’zining tezpisharligi va iqtisodiy foydali ekinligi bilan ajralib turadi.
O’simlikning «unib chiqish-boshoklash» davri hosilga qiyoslanganda quyidagicha ko’rinish oldi. O’ta ertapishar
nav namunalarning maydondan olingan Hosildorligi 455 g/m2 bo’lgan bo’lsa, kechpishar namunalarda esa 715
g/m2 tashkil etdi. Eng yuqori hosil o’rtapishar namunalardan 845 g/m2 olindi. Buning asosiy sabablaridan biri
ertapishar yumshoq bugdoy namunalari issiqka, qurg’oqchilikka qolmasdan pishishi natijasida hosilning kam
yuqotishidir.
Ertapisharlik bu yuqori hosil degani emas, adabiyotlar sharxidan bizga ma’lumki ertapishar navlar
hosildorligi ko’pchilik hollarda, kechpishar navlarga nisbatan past bo’ladi. Shunga qarmasdan olib borilgan
tadqiqotlarda ertapishar bo’lishi bilan birga yuqori mahsuldorlikka ega bo’lgan namunalar tanlab olindi .
«Unib chikish-boshoklash» davri eng qisqa bo’lgan nav namunalar Meksika, Xitoy, Avstraliya,
Yugoslaviya, Eron, Argentinadan keltirilgan namunalardan tanlab olinib, ularning «unib chiqish-boshoqlash»
156-159 kunni tashkil etdi. «Unib chiqish-boshoqlash» ko’pchilik hollarda navning ertapisharligini belgilaydi. K-
620293 (Yugoslaviya) «unib chiqish-boshoqlash» davri 156 kunga ega bo’lgan holda 1m2 paykalchadan olingan
hosil 566 gr. tashkil etdi. Andaza nav Zafarda unib-chiqish-boshoqlash 162 kun va 430 gr hosil olinadi. K-
42023(Meksika) namunasi 155 kunga va 655 gr/m2. hosilga ega bo’ldi.
O’rganilgan tadqiqotlarda ertapishar va yuqori mahsuldorlikka ega bo’lgan namunalar jadvalga berilgan.
Ertapisharlik va sermahsullik bo’yicha Erondan 2 ta, Meksikadan 5 ta, Yugoslaviya, Hindiston, Chili va
Kanadadan 1 tadan namunalar tanlab olindi.
Unib chiqish-boshoqlash 156-159 kunga ega bo’lgan va sermahsul namunalarni keyingi seleksiya
jarayonlarida foydalanish uchun seleksionerlarga tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: