Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
71
xabardor qiladigan bo‘lishdi. Yo‘lning olis muyulishida ilon kabi buralib poezd ko‘rindi, hushtak ovozi 
keldi va darhol hammalari hamlaga hozirlandilar. Nasha to‘ldirilgan jomadonlaru katta charm xaltalar 
qo‘l ostida edi. Avdiy, Petruxa bilan Lyonka uchovlari temir yo‘l remontidan so‘ng qolgan mayda 
shag‘al uyumini panalab yotdilar. Grishan ulardan sal nariroqda edi. Uning yonida ham ikki chopar 
bor: ulardan biri, malla sochli yigitchani Kolya deb atashar, burni qo‘nqaygan, kavkazcha talaffuz 
bilan so‘zlaydigan chapdast ikkinchisini Maxach deb chaqirishar — aftidan, u asli Maxachqaladan edi. 
Boshqalarni Avdiy bilmas, lekin yana ikki-uch chopar o‘zlariga qulay joyni pana qilib, poezd kelishini 
poylar edilar. Grishan temir yo‘lga dori sepib, ko‘prik ustida go‘yo o‘t tushganday qilib ko‘rsatadigan 
va shu bilan mashinistni lokomotivni to‘xtatishga majbur qiladigan ikki kishini yuborgan, ular bu 
yerdan hiyla olisroqda «330 KM» belgisi qo‘yilgan yerda edilar. O’sha yerda bahorning toshqin suvlari 
o‘pirib ketgan chuqur jarlik ustidan chog‘roq temir yo‘l ko‘prigi o‘tardi. Choparlar qo‘poruvchi deb 
atashadigan anov ikkisi o‘sha nozik joyga hozir dori sepishardi. 
Poezd shitob bilan yaqinlashar, Avdiy, hamma nima bo‘larkin, tez va omon-eson vagonlarga chiqib 
olarmikinmiz, sostav o‘zi kanday ekan, ishqilib, tsisterna bo‘lmasin-da, tsisternaga qanday qilib 
o‘rnashasan, deb titrab-qaqshab turganligini tushunardi. Qo‘riqlab boriladigan harbiy eshelon bo‘lsa 
undan ham chatoq, tamom ishkal deyavering. Lyonka qo‘llari qaltiragancha sigaret tutatdi. Petruxa shu 
zahoti unga g‘azabini sochdi: 
— Darrov tashla! O’ldiraman iflos! 
Biroq rangi ko‘karib, oqarib ketgan Lyonka unga parvo qilmay ichiga zo‘r berib tutun tortardi, 
shunda Petruxa unga yirtqichday tashlandi-da, qulochkashlab boshiga urdi, shapkasini uchirib yubordi. 
Lekin Lyonka ham qarab turmadi,— zarbaga zarba bilan javob berdi, o‘zini o‘nglab turib Petruxani 
oyog‘i bilan tepdi. Petruxa quturib ketdi, ikkovlon jon-jahdlari bilan tepkilasha boshladilar. 
Avdiy o‘rnidan qo‘zg‘alishga majbur bo‘ldi: 
— Bas qilinglar, hoziroq bas qilinglar. Petruxa, Lyonkaga tegma. Uyalmaysanmi! 
Lekin Petruxa jahl bilan Avdiyga tashlandi: 
— Sen aralashma, it popning o‘g‘li. Nega qaqqayib turibsan, to‘nka! Bo‘ying bir chaqirim naridan 
ko‘rinadi! — Shunday deb, jon-jahdi bilan uning ishtonidan tortdi. Ular jo‘jaxo‘rozlarday qizishib, bir-
birlarini bo‘ralab so‘kishgancha, hansirab yana o‘z joylariga biqindilar. 
Poezd esa yaqinlashib kelardi. Choparlarning titrab-qaltirashi beixtiyor Avdiyga ham o‘tdi. Nima 
ham deyish mumkin, ahvol g‘oyat tang va xatarli edi. 
Avdiy bolalik chog‘laridan poezdlarni tomosha qilishni yaxshi ko‘rardi: u osmonga quyuq tutun va 
oppok par chiqaradigan, tevarak-atroflarga qichqirib, shrvqin soladigan urushdan keyingi ajoyib 
parovozlarni ko‘rgandi, lekin hech qachon bir kunmas-bir kun poezdni bunchalar azob bilan kutarman 
deb hayoliga keltirmagandi. Mana endi, qonunga xilof tarzda va hatto zo‘ravonlik ishlatib, poezdga 
chiqishi kerak. 
Ikkita lokomotiv birlashib tortib kelayotgan og‘ir yuk poezdi tobora yaqinlashar, uning 
yaqinlashayotgani odamning butun vujudiga aks sado berar, etni seskantirardi. Ilgarigi parovozlar 
hozirgi dizellar bilan sira bellasholmaydi. Ularning kuchi ichida yashirin edi, lekin ular shunchalar 
ko‘p vagonlarni sudrab borishardiki, xuddi ularning oxiri yo‘qqa o‘xshardi. Son-sanoqsiz g‘ildiraklar 
to‘xtovsiz g‘ildirar, vagonlar ostidan shamol g‘uvillab chiqar, guldiragan tovushlar, bir maromda 
do‘qir-do‘qirlar eshitilardi. Avdiy rosa shiddat bilan kelayotgan bu devqudrat mashinaga qarar ekan, 
haddan ortiq cho‘ng va ulkan sostavni to‘xtatish mumkinligiga ko‘zi yetinqiramasdi. 
Vagon-platformalar, tsisternalar, yog‘och ortilgan vagonlar, yopiq konteynerlar — birin-ketin o‘tib 
borar, mana, sostavning yarmi ham o‘tib bo‘ldi, shunda Avdiy: hech ish chiqmaydi, bular hammasi 
bekorga urinib, ovora bo‘lib yotishibdi, deb o‘yladi: shunday shiddat bilan ketayotgan katta poezdni 
to‘xtatishning iloji yo‘q. Lekin birdan poezdning tezligi pasaydi, g‘ildiraklar borgan sari sekin aylandi, 
tormozning og‘ir g‘ajirlagani eshtildi-da, eshelon xuddi kutilmaganda qoqilib tushganday og‘ir asabiy 
siltanib, yurishini sekinlatdi. Avdiy ko‘zlariga ishonmasdi: sostav to‘xtadi hisob. Shunda chinqirib, 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish