Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
79
— Esa sen kufroniy so‘zlaringdan voz kechib qo‘ya qolmaysanmi? — tikkasiga so‘radi prokurator. 
Iso qo‘llarini yozdi, uning ko‘zlari bolalarnikiday ma’sum edi. 
— Mening qaytib oladigan so‘zim yo‘q, hukmdor. U so‘zlar qismatda bor. Padarim dilimga solgan. 
Uning irodasini ado etib, so‘zlarini odamlarga yetkazmog‘im kerak. 
— Aytganingdan hech qolmaysan,— norozi bo‘lib ovozini ko‘tardi Pontiy Pilat. Uning qiyg‘ir 
burunli, qayishday qattiq lablari atrofiga chuqur chiziqlar tortilgan yuzi nafratangiz sovuq tusga 
kirdi.— Meni chalg‘itaman deb, ovora bo‘lma, hammasini shundoq ko‘rib turibman,— dedi u e’tirozga 
o‘rin qoldirmaydigan ohangda.— Padarimning so‘zlari, ularni odamlarga yetkizaman deysan. Aslida 
bu nima? Aslida bu qora xalqni laqillatish. Uni qo‘lga olish! Avomni buzg‘unchilikka boshlash. Balki 
uning so‘zlarini menga ham yetkazmoqchidirsan — men ham odamman-ku! 
— Hozircha. Rumo hukmdori, senga bu hojat emas. Bil’aks, senda iztirob yo‘q. Sen boshqacha 
hayotni orzu qilmasang ham bo‘ladi. Sen uchun hukmronlik bu — Xudo va diyonat. Hukmronlik esa 
tamomila o‘z qo‘lingda. Sen uchun shundan yuqori hech narsa yo‘q. 
— Rost. Rumo hukmronligidan o‘zga oliy narsa yo‘q. Umidvorman-ki, sen shunday demoqchi 
bo‘lding, shekilli? 
— Sen shunday deb o‘ylaysan, hukmdor. 
— Aqlli odamlar har doim shunday o‘ylaganlar,— iltifotli ohangda uni to‘g‘riladi prokurator.— 
Bekorga aytmaganlar,— uqdira boshladi u. 
— Qaysar
2
— Xudo emas, lekin Xudo — xuddi Qaysarday. Agar aksinchasiga ishonching komil 
bo‘lsa, menga isbot qil. Qani! — U Isoga mazax qilganday tikilib qoldi.— Men Rumo imperatori 
Tiveriyning noyibi bo‘laman. Uning nomidan men zaminu zamonadagi narsalarning holatlarini 
birmuncha o‘zgartira olaman. Sen esang bunga allaqanday oliy kuchni, go‘yo sen eltayotgan qandaydir 
o‘zgacha bir haqiqatni qarama-qarshi qo‘ymoqchi bo‘lasan. Shoyon g‘alati, shoyon g‘alati! Aks holda 
seni bu yerda tutib turmas edim. Sinedrionning hukmi qachon ijro etiladi deb, shahar oshiqmoqda. 
Xo‘sh, qani, javob ber! 
— Men nima dey? 
— Qaysarning Xudodan kichikligiga ishonching komilmi? 
— Qaysar ham o‘ladigan odam. 
— Albatta, o‘ladigan odam. Lekin u tirik ekan, odamlar uchun Qaysardan yuqori Xudo bormi? 
— Tiriklikning o‘zga o‘lchovini olsak, hukmdor, albatta, bor. 
— Topgan gapingni qara-ya,— o‘zini xafa bo‘lganday ko‘rsatib, qoshlarini chimirgancha dedi 
prokurator.— Odamlar kuladi demaysan ham. Sening bu gaplaringga kim ishonadi bilmayman, 
tushunmayman. 
— Zulmdan ezilganlar menga ishonadilar, adolat istaganlar isho-nadilar menga. Mening so‘zlarim 
azob-uqubatlardan to‘ygan va ko‘zyoshlar bilan sug‘orilgan zaminda nish otib, ko‘karadi,— deb 
tushuntirdi Iso. 
— Bas! — qo‘lini noumid silkidi prokurator.— Vaqt zoe ketmoqda. 
Ular o‘z hayollariga berilib, jim qoldilar. Isoning bo‘zday manglayi terchiladi. Lekin u terlarini na 
kafti va na uzun ko‘ylagining yirtiq yengi bilan artdi, bu hayoliga ham kelmasdi — qo‘rquvdan 
tomog‘iga bir narsa tiqilgan, ko‘ngli ozar, yuz-ko‘zlaridan ter quyilar, serpay oriq oyoqlari tagiga — 
marmar taxtachalarga chakillab tomardi. 
— Mana shundan keyin ham,— deb davom etdi negadir ovozi ichiga tushib ketgan Pontiy Pilat,— 
Rim hukmdori senga ozodlik berishini xohlaysanmi? 
— Shunday, yaxshi hukmdor, meni qo‘yib yubor. 
— Keyin nima qilasan? 
— Ellarga Xudoning kalomini yetkizaman. 
2
Q a y s a r — hukmron. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish