Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
177
qishlovi tomon uchib ketdi. Bu yo‘ldan u qish chiqqanda o‘tgan edi. 
U istab borgan odam joyida ekan, aks holda yerning tagidan bo‘lsa ham, uni topar edi. 
O’sha kuni Bozorboy No‘yg‘utovning hovlisida ham mashinaga yuk ortishmoqda — ko‘ch-
ko‘ronni yozlik yaylovlarga jo‘natishmoqda edi. O’z yumushlari bilan ovora odamlar qo‘ra orqasidan 
Bo‘ston kelgani, otdan tushib, miltig‘ini qayta o‘qlagani, so‘ng yana yelkasiga osib olganini 
payqashmadi. 
Mashinaga yuk ortilayotgan joyga kelgandagina, unga ko‘zlari tushdi. Bozorboy mashina tepasidan 
sakrab tushib, unga baqrayib qaradi. 
— Nima deysan? — dedi u Bo‘stonning yonib bitgan g‘o‘laday kuygan yuziga tikilib, ensasini 
qart-qart qashirkan.— Nima qilib yuribsan? Nega bunday qarayapsan? — sarosimaga tushdi u yomon 
bir narsani sezib.— Yana bo‘ri deb keldingmi? Boshqa ishing yo‘qmi? Mendan so‘rashgan edi, yozib 
berdim, shu. 
— Tupurdim nima yozgan bo‘lsang ham,— qahr bilan dedi Bo‘ston unga o‘qday nigohini 
qadagancha.— Ishim yo‘q. Sen yorug‘ dunyoda yashashga noloyiqsan. Senga shuni aytmoqchiydim. 
Yetar endi! 
Bozorboy hatto o‘zini to‘sib ulgurmadi. Bo‘ston miltiqni unga to‘g‘rilab, mo‘ljalga ham olib 
o‘tirmay tepkini bosdi. Bozorboy chayqalib ketdi, yuk mashinasining orqasiga yashirinmoqchi bo‘ldi, 
lekin ikkinchi o‘q uning naq yelkasiga tegdi, Bozorboy uch marta to‘ntarilib, so‘ng boshi kuzovga 
urildi, yerparchin bo‘lib quladi va titroq panjalari bilan qora yerni tirnadi. Hammasi shunchalar tez ro‘y 
berdiki, oldiniga hech kim o‘rnidan qimir etmadi. Nihoyat, sho‘rlik Ko‘k Tursun dod solib o‘zini 
erining ustiga tashladi. Ana shundagina hamma qiy-chuv qilib otilgan kishining tepasiga baravar 
yopirildilar. 
— Qimirlamanglar! — baland ovoz bilan dedi Bo‘ston atrofga alanglab.— Hech kim joyidan 
qimirlamasin! — deb iddao qildi har biriga miltiqni bir-bir to‘g‘rilab.— Kerakli joyga o‘zim boraman. 
Shuning uchun hech kim joyidan qimirlamasin! Aks holda o‘qim yetarli! — U cho‘ntagiga urib qo‘ydi. 
Hamma yashin urganday taqqa to‘xtadi, hech kim nima gapligini tushunmas, nima deyishni bilmas, 
tili kalimaga kelmas edi. Yolg‘iz bechora Ko‘k Tursungina badbaxt erining jasadi tepasida yig‘lab-
siqtardi. 
— Bilardim itday o‘lib ketishingni, itdan farqing yo‘q edi! O’ldir, meni ham o‘ldir, qotil! — 
parrixta, sho‘rida Ko‘k Tursun o‘zini Bo‘stonga otdi.— Meni ham itday o‘ldir. Ko‘zim yorug‘ dunyoni 
hech ko‘rmadi, nimaga kerak menga bunday hayot! — U yana nimalarnidir baqirib aytishga urindi: 
Bozorboyga aytdim, bo‘ri bolalariga tegma, dedim. Yaxshilikka olib bormaydi, dedim. Lekin battol 
quloq solmadi, hatto bo‘ri bolalarini ham sotib ichdi.
Keyin ikki cho‘pon uning og‘zini yumib, nariga olib ketishdi. 
Shunda Bo‘ston atrofda kalovlanib turganlarga qahrli nigoh yugurtirib, ovozini ko‘tarmay, lekin 
keskin qilib dedi: 
— Bas, o‘zim kerak yerga boraman, o‘zim hammasini aytaman. Ha, o‘zim aytaman! Ha, o‘zim 
aytaman! Sizlar shu yerdan qimirlamanglar. Eshitdinglarmi? 
Hech kimdan sado chiqmadi. Hamma bo‘lgan ishdan ang-tang edi. Odamlar chehralariga bir-bir 
qararkan, Bo‘ston shu daqiqadan e’tiboran o‘zining allaqanday chiziqdan o‘tganligi va o‘zini 
boshqalardan ajratganligini anglab yetdi: shu daqiqagacha uning atrofini yaqin odamlar qurshagan, ular 
bilan birgalikda oylar, yillar yonma-yon nafas olgan, rizq-ro‘z topaman deb uringan, kun kechirgan 
edi. Ularning har birini bilar, ular ham uni yaxshi bilishar, har birlari bilan muomala qilgan, lekin mana 
endi ular butunlay begonasirab qarashardi, mana endi ulardan mutlaqo ayrildi, ular bilan hayotini 
bog‘lagan iplar bari uzildi, o‘rtada endi go‘yo hech narsa va hech vaqo qolmadi, go‘yo u o‘lib-
tirilganday va shuning uchun ularga yanada qo‘rqinchliday tuyulardi. U shularni tushundi. 
Bo‘ston otini yetaklab ketdi. U orqasiga qayrilib qaramas, ko‘l tomonga, o‘zi javob beradigan 
tomonga yo‘l olgandi. Uning boshi quyi solingan, orqasidan bir oz oqsoqlanib, jilov-jabduqlari 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish