Microsoft Word chingiz aytmatov birinchi muallim lotin ziyouz com doc



Download 183,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/36
Sana01.01.2022
Hajmi183,21 Kb.
#301580
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
chingiz aytmatov birinchi muallim qissa

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

20

og‘a-iniday yonma-yon qad ko‘tarib turishadi. O‘tgan-ketganlarning ko‘ziga tashlanib, hammaning 



bahrini ochadi. U vaqtga borib zamon ham boshqacha bo‘lib ketadi. Oltinoy, boshimiz omon bo‘lsa, u 

yaxshi kunlar ham nasib bo‘lar... 

Suyunganimdan ko‘nglim shodlikka to‘lib, nima deyishga gap ham topa olmay Duyshenga tikilib 

turaveribman. Uning rangpar yuzlari, cho‘ziq qora ko‘zlari qanday suluv, o‘zi pok qalb egasi ekanligini 

ilgari bilmay yurganday, tol o‘tqazganda loy bo‘lgan barmoq bo‘g‘inlari, uzun-uzun zabardast qo‘llari 

qo‘qqisdan tegib ketganda kishining yuragi huzur qilishini sezmay yurgan ekanman. Hozir yuragimni 

hayajonga solgan allaqanday sezgi uyg‘onib: «Duyshen og‘ay, sizday bola tuqqan onaga rahmat... 

Sizni bag‘rimga bosib o‘pgim kelib turibdi!» - deb yuborishimga sal qoldi, yuragim dov bermadi, 

o‘ylarimdan o‘zim uyalib ketdim. Lekin hali-hali afsuslanib yuraman. Biroq, o‘shanda tepamizda 

ko‘m-ko‘k osmon, to‘rt tomonimiz ko‘kalamzor adiru, har birimiz o‘z o‘y-xayollarimiz bilan band 

edik. Boshimga tushgan xavf-xatarni shu baxtli onda butunlay unutib yuborgandim. Ertangi kunim 

nima bo‘lishini ham, ikki kun bo‘pti-yu, kelinoyim meni izlab kelmaganini ham o‘ylamay qo‘ygan 

edim. Meni eslaridan chiqarib qo‘yishdimikin yoki o‘z ixtiyoriga qo‘yib qo‘yaylik deyishdimi?  

Keyin bilsam, Duyshen ko‘nglimdan o‘tib turgan hamma gaplarni bilib yurgan ekan, ovulga yetib 

kelganimizda: 

– Ko‘p ham qayg‘uraverma, Oltinoy, bir ilojini toparmiz. Indinga volostga borib sening 

to‘g‘ringda gaplashib kelaman. Balki yordam berishar, seni o‘qishga yubortirish niyatim bor. 

Borasanmi o‘qishga? - dedi. 

– Siz nima desangiz, muallim, o‘sha ma’qul, – deb javob berdim. Shahar degani qanaqa bo‘lishini 

ko‘z oldimga keltira olmasam ham, Duyshenning gaplarini eshitgach, ko‘nglimda shaharga borib 

o‘qish orzusi tug‘ildi. 

Goh suyunib, goh begona yurtda holim nima kecharkin, deb vahima bosib, xullas, shu gap 

miyamda aylanib yuraverdi. 

Ertasi kuni maktabda o‘tirganimda ham shaharga borib qolsam kimnikida turaman, qani endi, 

savoblikka bironta odam boshpana bersa, o‘tinini yorarman, suvini tashib berarman, kir-chirini 

yuvarman, axir qarab turmay, qo‘limdan kelgancha rozi qilarman, deb xayol surib o‘tiruvdim, 

to‘satdan maktabimizning orqasida ot tuyoqlarining dupur-dupuri eshitilib qoldi. To‘satdan shitob 

bilan otliqlar paydo bo‘lib, hozir maktabimizni yanchib vayron qiladiganday tuyuldi. Muallimimizning 

gapi qulog‘imizga kirmay, hammamiz hang-mang bo‘lib tosh qotib qoldik. Bu holatimizni payqagan 

Duyshen shoshib: 

– Bolalar, ko‘nglingizni bo‘lmay o‘qishingizga qaranglar, – dedi. 

Lekin eshik shartta ochildi, qarasak, ostonada achchiq istehzo aralash kulimsirab kelinoyim 

turibdi. Duyshen eshik oldiga bordi-da, bosiq ovoz bilan: 

– Xo‘sh, xizmat? – deb so‘radi. 

– Xizmatimizning senga daxli yo‘q, qizimni uzatmoqchi bo‘lib yuribman. Hoy bepadar! – deb 

kelinoyim men tomonga otilgandi, Duyshen yo‘lini to‘sdi. 

– Bular maktab qizlari. Uzatadigan qiz yo‘q bu yerda! – dedi dadil va salobat bilan. 

– Nima? Bor-yo‘qligini hozir ko‘rsatib qo‘yamiz. Hoy, jiyan bola, qani kelinglar. Sochidan 

sudrab chiqinglar, bu yuzi qorani! 

Kelinoyim otliqlardan biriga qo‘li bilan ishora qilgan edi, anavi kungi suvsar telpak kiygan, yuzi 

qip-qizil, semiz odamga ko‘zim tushdi. Uning ketidan qo‘llariga uzun-uzun tayoq ushlagan yana ikki 

odam otdan tushib kelishdi. 

Duyshen eshik oldida turganicha o‘rnidan qo‘zg‘almadi. 

– Sen, hey daydi it, birovlarning qiziga o‘z xotiningday xo‘jayinlik qilmoqchisanmi deyman? 

Nari tur! 

Shunday dedi-yu, suvsar telpakli xuddi ayiqday tashlanib Duyshenga dag‘dag‘a qildi. 

Duyshen eshik kesakisiga qattiq yopishib olib: 



Chingiz Aytmatov. Birinchi muallim (qissa) 

 

 




Download 183,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish