www.ziyouz.com
kutubxonasi
17
– Shundog‘ desangiz-chi, cholim, - dedi Sayqal kampir yig‘lamsiragan ovoz bilan, – ot sendan
aylansin... Ovqatingni issig‘ida icha qol, bolam...
Jimlik cho‘kdi. Bir ozdan keyin Qartangboy xayol surib tezak cho‘g‘ni titkilab o‘tirib:
– Qarab tursam, o‘zing es-hushli yigitsan. Bu go‘dak bolalarni o‘qitaman, deb o‘zingni ming
azobga duchor qilyapsan. Shundan boshqa tuzukroq ish qurib qolganmi senga? O‘zingni buncha xor
qilmasang, undan ko‘ra, birontasiga cho‘ponlikka yollansang ham, usting but, qorning to‘q bo‘lardi-ku,
axir...
– Ota, jigarchilik qilib menga yuragingiz achishib turibdi, bilaman. Agar shu yosh bolalar ham
sizga o‘xshab, o‘qishning nima keragi bor, o‘qib nima bo‘lardik deb turishsa, unda Sovet
hukumatining ishi yurishmay qoladi-ku. O‘zingiz Sovet hukumatining sadag‘asi ketay, umri uzoq
bo‘lsin deyapsiz-ku! Shu vajdan bola o‘qitishni o‘zimga xorlik deb bilmayman. Qani endi, qo‘limdan
kelsa, bolalarga ko‘proq bilim berolsam, armonim qolmas edi. Axir, Lenin ham aytgan-ku...
– Ha, aytgancha...- deb Qartangboy Duyshenning gapini bo‘ldi-yu, bir oz jim turgach dedi:
– Sen-ku, joningni jabborga berib yuribsan. Qani, ko‘z yoshing bilan Leninnn tiriltirib ololsang
edi! Qani endi dunyoda shunaqa kuch topilsa edi! Y
O
bo‘lmasa sen, boshqa odamlarda dard qolmagan,
deb o‘ylayapsanmi? Axir, yurak-bag‘rimiz tutoqib ketyapti-ku! Noilojmiz-da! Dini boshqa bo‘lsa ham,
siyosatga to‘g‘ri keladimi-yo‘qmi, unga atab kuniga besh vaqt duo o‘qib yuribman. Ba’zida, Duyshen
bolam, qanchalik qayg‘urib ko‘z yoshi qilsak ham, bari bir, foydasi yo‘qligiga aqlim yetib turadi. Men
keksa boshimga shunday deb qo‘ydim: Lenin xalq orasiga singib qoldi, Duyshen, endi qondan qonga,
otadan bolaga o‘tib, abadiy barhayot bo‘lib qoladi...
– Tilingizdan aylanay, otaxon, haq gapni aytdingiz. U o‘zi dunyodan o‘tdi-yu, lekin bizlar hayotni
Lenin andazasi bilan o‘lchaymiz.
Ularning gapini eshitib yotib, men anchadan keyin sekin-asta o‘zimga kelganday bo‘ldim. Avval
hammasi tushday ko‘rindi, Duyshenning eson-omon qaytganiga anchagacha ko‘nglim ishonmay yotdi.
Bir mahalda yuragim quvonchga to‘lib toshgandan nafasim bo‘g‘zimga sig‘may qolibdi, azbaroyi
suyunganimdan o‘pkam to‘lib ko‘z yoshlarim duv-duv to‘kilib, yig‘lab yubordim! Bilmadim, dunyoda
hech kim menchalik xursand bo‘lganmikin! Shu damda chol-kampirning kulbasi ham, bo‘ronday
bo‘kirayotgan tun ham, ovulning bir burchagida Qartangboyning
Do'stlaringiz bilan baham: |