www.ziyouz.com
kutubxonasi
19
gaplari ekan-da, deb ko‘nglim o‘rniga tushdi.
Shu voqeadan bir oz o‘tgach, biznikiga bir ish bilan Sayqal buvi kirib keldi. Hovlida yurganimda
uning: «Voy,
bu nimasi! Uvoliga qolishdan qo‘rqmaysanmi?» - deb ko‘ngli buzilib gapirganini eshitib
qoldim.
Kolinoyim bilan Sayqal buvi ikkalasi qattiq aytishib qolishdi, bir mahal Sayqal buvi qizarib-
bo‘zarib uydan chiqib ketdi. Kampir ham rahmi kelib, ham o‘qrayib menga qaradi-yu, indamay chiqib
ketdi.
Ko‘nglim g‘alati bo‘lib qoldi. Nega menga o‘qrayib qaradiykin, nima yomonlik qiluvdim?
Ertasi kuni maktabga borsam, Duyshenning avzoyi buzuq ko‘rindi, sirini boy bermaslikka harakat
qilmoqchi bo‘ladi-yu, lekin nimadandir xafa. Yana razm solib tursam, men tomonga qaramaslik
payidan bo‘ladi. Darsdan keyin biz hammamiz gala-gala bo‘lib maktabdan chiqqan edik, Duyshen
meni chaqirib qoldi:
– To‘xta, Oltinoy, – deb yonimga keldi-da, ko‘zimga tikilib turib qo‘lini yelkamga qo‘ydi. –
Uyingga borma, Oltinoy, gapimga tushundingmi? – dedi. Yuragim shuv etib ketdi. Kelinoyimning
ko‘nglidagi iiyatini endi tushundim.
– Javobini men o‘zim beraman, – dedi Duyshen, – hozircha biznikida turasan, ko‘zimdan uzoqqa
ketmagin, xo‘pmi?
Rangim o‘chib ketgan bo‘lsa kerak, Duyshen iyagimdan ko‘tarib, ko‘zimga tik boqdi:
– Qo‘rqma, Oltinoy! – dedi, u odaticha kulib qo‘yib, – men yoningda bo‘lganimda hech kimdan
qo‘rqma. O‘qishingdan qolma, hech nimani xayolingga keltirma!.. Qo‘rqoqligingni o‘zim ham
bilamanku-ya...– deb esiga bir narsa tushgandan xoxolab kulib yubordi. – Senga anchadan buyon bir
narsani aytmoqchi bo‘lib yuruvdim. Esingdami, ho‘ o‘shanda Qartangboy ota, azonda turib olib
qayoqqadir chiqib ketgan edi. Bir vaqt qarasam, senga dam soldiraman deb, bilasanmi kimni –
folbinni, haligi Jaynaqning kampirini boshlab kelibdi. – Nimaga olib keldingiz, desam: – Bir dam solib
qo‘ysin, Oltinoyning yuragi qo‘rqqanidan joyidan ko‘chib qolibdi debdi. – E, bu alvastini jo‘nating,
bunga beradigan qo‘y qani biz kambag‘alda. Y
OLG
‘
IZ
otni bo‘lsa bo‘rilar yeb ketdi, deb quvib
yubordim. Sen uxlab yotgan eding, kavushini qo‘liga berib chiqarib yuboruvdim, meni oppoq soqolim
bilan uyatga qoldirding, deb Qartangboy ota bir haftagacha men bilan gaplashmay yurdi. Nimasini
aytasan, kampir ikkovlari mehribon, ajoyib odamlar. Yur endi, Oltinoy, uyga ketamiz, – deb Duyshen
meni o‘zi bilan olib ketdi.
Muallimimni bekorga xafa qilmaslik uchun o‘zimni har qancha qo‘lga olishga harakat qilsam
ham, hadeb meni vahima bosaverdi. Kelinoyim kelib ura-ura oldiga solib olib ketsa, kim nima deya
olardi? Keyin ko‘ngillariga kelgan ishni qilishaveradi, ovulda kim ularning qo‘lini tutardi? Kechalari
mijja qoqmay, bir falokat boshlanadi, deb vahima qilib chiqardim.
Qay holatda yotib-turganimni Duyshen, albatta, bilardi. Yurak chigalimni yozib, ko‘nglimni
ko‘tarish uchun ertasi kuni maktabga ikkita terak ko‘chat olib keldi. O‘qish tamom bo‘lgandan keyin,
Duyshen qo‘limdan ushlab, bir chekkaga olib borib:
– Hozir ikkalamiz bir ish qilamiz, – dedi-da, menga sirli jilmayib qo‘ydi. – Mana bu teraklarni
senga atab olib keldim. Ikkalamiz ekamiz, bular katta bo‘lib, baquvvat tortguncha, sen ham voyaga
yetib, ajoyib odam bo‘lib, gulday ochilasan. Qalbi pok, zehni o‘tkir qizsan, nazarimda, o‘qisang
martabang baland bo‘ladi. Bunga imonim komil, meni aytdi deyarsan, peshonang ham nishona berib
turibdi. Hozir novdaday, shu terak ko‘chatlariday navqironsan. Kel, Oltinoy, shu ko‘chatlarni o‘z
qo‘limiz bilan o‘tqazaylik! Baxting o‘qishdan ochilsin, chaqnagan ko‘zingdan aylanay...
Bo‘yim tengi yosh-yosh ko‘k teraklar ekan. Maktabimizdan sal nariroqda ekib qo‘ygan edik, tog‘
etagidan esgan shabada endigina yozilgan yaproqchalarni silab jon kirgizganday bo‘ldi. Yaproqchalar
zirillab, terakchalar tebranib qo‘ydi.
– Mana ko‘rdingmi? Bir chiroyliki! - dedi Duyshen orqasiga tisarilib borib, – endi huv katta
buloqdan ariq ochib kelamiz. Hali ko‘rasan, biram sarvqomat bo‘lib voyaga yetishsinki! Shu tepalikda
Chingiz Aytmatov. Birinchi muallim (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |