www.ziyouz.com kutubxonasi
54
nechanchi marta ekan, yana cheka boshladi.
Vaqt yarim kechadan oshgan edi. Bizdan boshqa yo‘lovchilarning hammasi uxlab qolishgan bo‘lsa
kerak. G‘ildiraklar relslarga «taq-taq» urilib, o‘zlarining tuganmas qo‘shig‘ini kuylab borardi.
Derazalar ortidan yozgi tun pardasi g‘izillab o‘tib turar, stantsiyalarning yer bag‘irlab yonib turgan
chiroqlari milt-milt etib o‘tardi. Parovoz yelib borayotib qattiq chinqirdi.
— Xuddi mana shu paytda siz menga uchragan edingiz, og‘a, men esa sizning iltimosingizni bajo
keltirolmagan edim. Endi sizga hammasi ayon bo‘lgan bo‘lsa kerak, — deb hikoyasini davom
ettirarkan, xomushgina jilmayib qo‘ydi qo‘shnim. — Siz benzokolonka oldida qolgan edingiz, so‘ng
«Pobeda»da mendan o‘zib ketdinglar. Buni ko‘rgan edim. Ayni, shu payt dovon etagiga yomg‘ir
yog‘ib o‘tgandi...
Ha, mashinani qattiq hayajon ichida haydab borardim. Nihoyat qalb sezgilarim meni aldamagan
edi. Samad yo‘l yoqasida kutib turardi. U mashinani ko‘rishi bilanoq yo‘lni kesib chopqillab qoldi:
— Amaki! Shofyor amaki!..
Demak, o‘g‘ilcham sog‘-salomat! Eh, o‘zimda yo‘q suyunib ketdim, quvonchim ichimga
sig‘masdi!
Men mashinani shartta to‘xtatib, kabinadan sakrab tushib, o‘g‘limga peshvoz yugurdim.
— Nima bo‘ldi, og‘ayni, kasal bo‘lib qoldingmi?
— Yo‘q, oyim yubormadi. Uning mashinasiga chiqmagin, deydi. Men yig‘ladim, — deb arz qilardi
Samad,
— Xo‘sh, hozir qanday qilib kelding?
— Dadam, agar birov bolalarni mashinada o‘ynataman desa, qo‘yaver, o‘ynataversin, dedi.
— Rostdanmi?
— Men shofyor bo‘laman, dedim...
— Albatta shofyor bo‘lasan, bo‘lganda ham qanday de! Bilasanmi, men senga nima olib keldim?
— Men o‘yinchoq mashinani oldim. — Bunga qara, o‘ziyurar «ZIL»cha, kichkintoy shofyorlarga juda
bop mashinada bu!
Bola og‘zi qulog‘iga yetib jilmaydi.
— Men doim, har doim siz bilan birga mashinada yuraman-a, amaki? — deb yolvoruvchi ko‘zlari
bilan termildi menga. Ko‘nglim buzilib ketdi.
— Albatta, har doim! — deb ishontirdim uni. — Istasang, Birinchi may bayramida shaharga birga
boramiz, mashinani bayroqchalar bilan yasatamiz, keyin seni yana olib kelib qo‘yaman. — Nega men
unga bu so‘zlarni aytganligimni, bunga qanchalik haqqim borligini va ayniqsa, o‘z so‘zlarimga nega
birdan o‘zim ham ishonib qolganligimni hozir tushuntirish qiyin edi. Bu ham yetmagandek, yana
so‘zlarimga erk berib gapiraverdim. — Agar yoqsa butunlay menikida qolasan! — dedim o‘g‘limga
juda jiddiy suratda. — Biz kabinada yashaymiz, men seni doim o‘zim bilan birga olib yuraman.
Bo‘ptimi?
— Bo‘pti! — jon-jon deb rozi bo‘ldi Samad. — Mashinada yashaymiz! Ketdik, amaki, hozir
ketamiz!..
Ba’zan kattalar ham bolalik qilib qo‘yadi. Biz kabinaga o‘tirdik. Men ishonqiramay motorni
yurgizdim, startyorni bosdim. Samad juda xursand edi: meni tortqilar, erkalanar, o‘rindikda
irg‘ishlardi. Mashina qo‘zg‘aldi. Samadning quvonchi ichiga sig‘masdi, tinmay kulardi, rulni,
qarshisidagi knopkalarni ko‘rsatib allanimalar deb bijirlab gapirardi. Unga qo‘shilib men ham xursand
bo‘lib ketdim. Ammo birdan es-hushimni yig‘ib oldim. Butun vujudimni issiq alanga qoplab oldi; nima
qilyapman o‘zi?! Mashinaga tormoz berdim. Ammo Samad to‘xtatishga ko‘nmadi:
— Tezroq, amaki, tezroq haydang! — derdi u. Bolaning iltijo bilan baxtiyor boqishlarini qanday
qilib rad eta olardim. Tezlikni yanada oshirdim. Endigina g‘izillab uchib borayotgan edikki, yo‘lga
gudron yotqizib yurgan greyder ko‘rinib qoldi. Greyder burildi-da, smolali suyuqlikni yo‘lga
yotqizganicha bizga tomon kelaverdi, uning ketidan esa suyuqliklar solingan ulkan qozonlar orqasida
Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |