Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Download 405,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/69
Sana23.06.2021
Hajmi405,96 Kb.
#99500
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69
Bog'liq
2 5219945304136091790

www.ziyouz.com kutubxonasi 

55

Boytemir turgan ekan. U grabarka bilan yo‘lga yotqizilgan gudronni tekislamoqda edi. Men dovdirab 



qoldim. Mashinani to‘xtatmoqchi bo‘ldimu, ammo kechikkan edim: Samad bilan allaqancha yerga 

kelib qolgan edik. Men boshimni pastroq egdim-da, jon-jahdim bilan gazni bosdim. Boytemir hech 

narsani sezmay qoldi. U boshini ko‘tarmay ishlab yotgan edi: bu yerdan o‘tib turgan mashinalar kam 

deysizmi? Qaysi biriga ham qarardi! Biroq Samad uni ko‘rib qoldi: 

— Ana dadam! Amaki, keling, dadamni ham chiqarib olamiz, maylimi? To‘xtating, dadamni 

chaqiraman! 

Men indamasdim. Endi to‘xtatishning iloji yo‘q edi, unga nima deyman axir? Samad birdan 

orqasiga qayrilib qaradi, qo‘rqib ketdi-da, qichqirib yig‘lab yubordi: 

— Dadamga boraman! To‘xtat, dadamga boraman! To‘xtat, tushaman! O-o-yi-i!.. 

Muyulishdagi qoya orqasiga o‘tib mashinani to‘xtatdim. O‘g‘limni ovutishga urina boshladim: 

— Yig‘lama, Samad, yig‘lama, qo‘y! Hozir olib borib qo‘yaman. Lekin yig‘lama! 

Ammo qo‘rqib ketgan bola hech narsaga quloq solmasdi. 

— Yo‘q, tushaman! Dadamga boraman! Och! — deb kabina eshigiga yopishib taqillata boshladi. 

— Och, dadamga boraman hozir! Och! 

Ana xolos, juda g‘alati ish bo‘ldi-ku. 

— Yig‘lamagin-da, axir! — deb yalinib-yolvorib, uni ko‘ndirishga urinardim. — Hozir ochaman, 

yig‘lamasang bo‘lgani! Dadangning oldiga o‘zim olib borib qo‘yaman! Qani, tush-chi, ketdik! 

Samad yerga sakrab tushdi-da, yig‘lagancha orqaga chopib ketdi. Men uni ushlab qoldim: 

— Shoshma! Ko‘zingni art. Yig‘lama. Jon o‘g‘lim, yig‘lamagin! Mashinang qoldi-ku, 

olmaysanmi? Mana qara! — Men shoshib o‘yinchoqni oldim-da, qaltiroq qo‘llarim bilan murvatini 

buradim. — Qara, senga qarab chopib ketyapti, qani tutib ol-chi! — Mashinacha yo‘lda g‘izillab yurib 

ketdi va toshga urildi-da, yo‘l yoqasidagi ariqqa chirpirak bo‘lib uchib tushdi. 

— Kerak emas! — dedi u va yana battarroq yig‘lab, orqasiga qaramay qochib ketdi. 

Men bo‘lsam dong qotib qoldim. Tomog‘imga qaynoq dumaloq bir narsa qadalgandek bo‘ldi. Men 

o‘g‘limga yetib olish uchun yana orqasidan chopdim: 

— To‘xtab tur, yig‘lama, Samad! To‘xta, men sening... men, men sening, o‘zing bilasan-ku! — 

Biroq davomini aytishga tilim kelmasdi... 

Samad orqasiga qayrilib qaramay chopib borardi, u muyulishdan o‘tib ko‘zdan yo‘qoldi. Men 

qoyagacha chopib borib, qochib ketayotgan o‘g‘limning orqasidan qarab qoldim. 

Uning yo‘lda ishlayotgan Boytemir oldiga yugurib borib, unga o‘zini tashlaganini kuzatib turdim. 

Boytemir Samadning oldida cho‘qqayib o‘tirdi-da, uni quchoqlab bag‘riga bosdi. Bola ham men 

tomonga qo‘rqib, xavfsirab qarab, uning bo‘ynidan quchoqlab oldi. 

Boytemir grabarkasini yelkasiga tashlab, Samadning qo‘lidan ushladi. Ular yo‘l bo‘ylab uzun-qisqa 

yetaklashib ketishardi. 

Men qoyaga suyanganimcha uzoq turdim so‘ngra orqaga qaytdim. O‘yinchoq mashinacha oldida 

to‘xtadim. U ariqda to‘ntarilib yotardi. Ko‘z yoshlarim yuzimdan oqib tusha boshladi. «Mana, ishning 

pachavasi chiqdi!» — dedim mashinamga, uning kapotini siypalab. Motorning issiq tafti yuzimga gup 

etib urildi... Endi o‘g‘lim bilan so‘nggi uchrashuvimizning shohidi bo‘lgan mashinamga nisbatan ham 

qandaydir mehr-muhabbatim oshib ketgan edi... 

 

* * * 


 

Ilyos o‘rnidan turib, eshikka tomon yurdi. 

— Biroz sof havodan nafas olay, — dedi u. 

Men kupeda qoldim. Yorishib kelayotgan sahar osmonining bir parchasi deraza ortidan oqarib, 

tebranib o‘tib borardi. G‘ira-shirada simyog‘ochlar lip-lip o‘tib turardi. Chiroqni o‘chirsa ham bo‘lardi. 

Men Ilyos bilmagan, ammo menga ayon bo‘lgan narsalarni unga aytib bersammikin, yo‘qmikin, 




Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

 

 




Download 405,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish