ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR
(1483–1530) – mashhur davlat arbobi, shoir, nosir va
olimning o’sha zamondagi ko’pgina tarixiy shaxslar bilan muloqotda bo’lgani ma’lum va bu voqealar
o’zi tomonidan ham yozib qoldirilgan. Shu bilan birga o’zi muloqotda bo’lmagan tarixiy shaxslar
haqida ham ko’pgina tarixiy ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Ana shunday tarixiy shaxslardan biri Xoja
Ubaydullohdir.
Zahiriddin Muhammad Bobur Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar kabi hazrati Xoja Ubaydulloh
bilan bevosita muloqotda bo’lmagan. Chunki uning ijtimoiy faoliyati asosan Xoja Ubaydullohning
vafotidan keyin boshlanadi. Ammo u yoshligidan umrining oxirigacha hazrati Xoja Ubaydulloh, uning
tariqati va xonadoni haqida yaxshi ma’lumotga ega bo’libgina qolmay, balki bu xonadonga alohida
hurmat bilan qarar, hazrat Xoja Ubaydullohning ruhidan hamisha madad istar, uning asarlarini o’qir
va hatto, «Volidiya» nomli asarini turkiy tilga she’riy tarjima ham qilgan edi. Shu jihatdan
«Boburnoma»ga murojaat qilinsa, unda Boburning hazrati Xoja Ubaydulloh, uning farzandlari bilan
bog’liq bo’lgan turli mulohazalarni uchratish mumkin.
Avvalo shuni qayd qilish lozimki, Bobur o’z asarida Xoja Ubaydullohni «hazrati Xoja Ubaydulloh»,
«hazrati Xoja», «Xoja Ahror» tarzida tilga oladi va bulardan «hazrati Xoja Ubaydulloh» iborasini
ko’proq qo’llaydi.
Hazrati Xoja Ubaydullohni tilga olish «Boburnoma»ning 899 hijriy – 1494 Melodiy yil voqealari
tasviriga bag’ishlangan birinchi bobidanoq boshlanadi. Bunda Bobur o’z otasi Umar Shayx mirzo vafoti
haqida gapirib, ularning hazrati Xoja Ubaydulloh bilan munosabatlari to’g’risida ham ma’lumot beradi.
Jumladan: «(Umar Shayx mirzoning) hazrati Xoja Ubaydullohga irodati bor erdi (alarning)
Buyuk ma’naviy murshid
www.ziyouz.com
кутубхонаси
63
suhbatlariga bisyor musharraf bo’lub edi. Hazrat Xoja ham (ani) farzand deb erdilar» («Boburnoma»,
Toshkent, O’zFAN, 1960, 64-bet). Ma’lumki, Umar Shayx mirzo (tug’. 860 h. – 1555-56 m.) Abu Sa’id
mirzoning o’g’illaridan biri bo’lib, u tug’ilgan va kamolotga erishgan davrda Xoja Ubayddullohning
e’tibori bu xonadon nazdida juda katta edi. Shuning uchun u yoshligidan Xoja Ubaydullohga e’tiqod
qilib, ularning suhbatlariga ko’p musharraf bo’lgan va Xoja hazratlari ham uni farzandim deb atar edi.
Shuning uchun turli munosabat bilan uchrashganda Umar Shayx mirzo Xoja Ubaydulloh
maslahatlariga amal qilardi. Bu hol yuqorida ko’rib o’tganimiz Shohruxiyada Temuriy shohzodalar
o’rtasida sulh tuzish marosimida ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Boburning ta’kidiga ko’ra, Umar
Shayx mirzodagi «mulkgirlik dag’dag’asi jihatidin Xele yarashlar urushqa va do’stluqlar dushmanliqqa
mubaddal bo’lur edi» («Boburnoma», 65-bet). Xuddi ana shu vaqtlarda Xoja Ubaydulloh uning
huzuriga borab, uni urush va dushmanlik yo’lidan qaytarishga urinar, bunga ko’pincha muyassar ham
bo’lardi. Ana shunday munosabatlarning biri vaqtida Xoja Ubaydullohning Andijonga borganini
Muhammad Qozi ham o’zining «Silsilat ul-orifin»ida eslatib o’tadi.
Shunday ekan, Bobur, dunyoga kelgan oilada Xoja Ubaydullohning e’tibori katta bo’lgach, Bobur
ham yoshligidan ana shu ruhda tarbiyalanib, voyaga yetgan edi. Bobur o’zining faoliyati davomida
Xoja Ubaydulloh, uning mavqyei, unga nisbatan munosabatlar va avlod taqdirini yaxshi o’rganib
bordi. Shuning natijasida katta amakisi Sulton Ahmad mirzo haqida gapirganda ham bu masalaga
alohida e’tibor qilib, Sulton Ahmad mirzoning ham «hazrati Xoja Ubaydullohga irodati bor edi. Hazrati
Xoja (anga) murabbiy va muqavviy edilar», – deb uqtiradi («Boburnoma», 74–75 betlar).
Uning amirlaridan bo’lmish madaniyatli, shoirtabiat DarveshBek haqida so’z yuritganda ham xuddi
shu ibora «hazrati Xojaga irodati bor edi» takrorlanadi («Boburnoma», 78-bet). Bunday tarzda so’z
yuritishni Xoja Mavlonoyi Qozi haqidagi joylarda ham uchratish mumkin. Ma’lumki, Xoja Mavlonoyi
Qozining asl nomi Abdullo bo’lib, uni Bobur «ustod va pirim» deb e’tirof etib, yana shunday yozadi:
«Xoja (Mavlonoy) Qozi hazrati Xoja Ubaydullohning muridi edi. Alardin tarbiyat topib erdi»
(«Boburnoma», 112-bet). Demak, Boburga ustodlik qilgan va shu bilan birga, piri hisoblangan Xoja
Mavlonoyi Qozi hazrati Xoja Ubaydullohning muridlaridan, uning tarbiyasini olganlardan biri ekanligini
ta’kidlagan Bobur bu bilan o’zi ham hazrati Xoja Ubaydullohga e’tiqod qo’yganlardan ekanini yana bir
karra vositali tarzda bo’lsa-da, uqtiradi. Bobur Xoja Ubaydullohning o’g’illari – Xoja Abdullo – Xojago
Xoja, Xoja Yahyolar bilan turli munosabatda uchrashgan edi. Jumladan, Xoja Abdullo Farkatda
(Toshkent yaqinida) ekanligi vaqtida Bobur (906 h. – 1501–1502 Melodiy yilda) Toshkentga kelganida
borib uni ziyorat qiladi, Xoja Yahyo bilan esa 1495–1496 yillardayoq Ko’hak so’yi (Zarafshon)
oralig’idagi joyda uchrashib, Boysung’ur mirzo bilan «ittifoq va yakjihatlik» qilishni Kelishib olgan edi.
Xuddi vaqtda Xoja Yahyo bilan birga mavlono Binoyi va Mavlono Muhammad Solihlar ham Bobur bilan
uchrashgan edilar («Boburnoma», 96-bet). Bobur Samarqandni birinchi marta olganida ham Xoja
Yahyoning ma’lum hissasi bo’lgan. Samarqandni olgach, u bilan uchrashib turgan ko’rinadi.
keyinchalik Bobur Hindistonda ekan, 935 h. – 1528 yilda bir to’y marosimi o’tkazadi. Bu to’yga turli
joylardan kelgan mehmonlar qatorida Movarounnahr va Samarqanddan ham vakillar borgan. Ular
orasida esa Xoja Ubaydulloh avlodidan bo’lmish Xoja Abdushshahid ham bor ekan. Bobur uni o’ziga
yaqin joyga o’tqazib, qimmatbaho to’n va boshqa to’hfalar taqdim etgan («Boburnoma», 423–424-
betlar). Bularning hammasi shundan dalolat beradiki, Bobur Xoja Ubaydulloh va uning avlodini
Benihoyat ehtirom qilib, bu xonadonga zarar yetkazgan yoki uni kamsitishga intilganlarni
yoqlamagan. Bunga Boburning amakisi, Hisor hokimi Sulton Mahmudxon (tug’. 857 h. – 1453 – vaf.
900 h. 1494–1495 m.) haqida yozganlari misol bo’la oladi. 1494 yili Sulton Ahmad mirzo vafot
qilgach, Sulton Mahmudxon Samarqand taxtida o’tiradi. Oz muddatda u shunchalik adolatsizliklarni
amalga oshirib, axloqiy buzuqlikni o’rnatibdiki, buning natijasida Xoja Ubaydulloh amalga oshirgan
ishlarga putur yetib, hatto adolatsizlik Xoja Ubaydulloh farzandlariga nisbatan ham qo’llanilgan ekan.
Bobur yozadi: «Hazrati Xoja Ubaydullohning mutaaliqlarig’akim, burun xarj va tahmillarda (haddan
ortiq qiynalishlarda) ko’p faqir va miskin alarning himoyati bilan zulm va taaddidin xalos bo’lurlar edi,
va joyi ulki alarga mundoq takliflar bo’lgay, ko’p taaddi va tashaddud qila boshladi. Balki bu taaddi
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |