www.ziyouz.com
кутубхонаси
62
qilurlar erdi. Ul ruq’alarni muraqqa’ yasab, jadval va takallufot (maxsus e’tibor) bila tabarruk yo’suni
bila asrabMen. Umidim ulki, alarning barakatidan bu ishning zavqi va talabi natib bo’lg’ay.
Alarning yoshi to’qsondin olti oy (aslida besh oy) o’ksuk (kam) erdi. Sakkiz yuz to’qson to’rtda
(aslida sakkiz yuz to’qson beshda) dunyodin o’ttilar.
Alarning ashobidin irshod va talqinga musharraf bo’lg’onlardin mavlono Qosim va Mavlono Xoja Ali
va Mavlono Mir Husayn va Mavlono Muhammad (Qozi) va Mir Abdulavval va mavlono Burhoniddin va
mavlono Lutfullo va mavlono Husayn Turk va Darvesh Jomiy va dog’i darveshlar bor edilar va
muxtasarda munchasi sabt bo’ldi» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 15-tom, 139–140 betlar).
Agar bu yozuvlar Muhammad Qozining «Silsilat ul-orifin», Ali Safiyning «Rashahot» asarlaridan
qariyb o’n yil oldin bitilgani hisobga olinib, Alisher Navoiy Keltirganlarni «Silsilat ul-orifin» va
«Rashahot»dagi ma’lumotlar bilan solishtirilsa, unda Alisher Navoiyning bu asarlardan ancha oldin
Xoja Ubaydulloh haqida ko’pgina ma’lumotga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. Bundan tashqari unda
o’zining Xoja Ahror bilan yozishmalari va ularning saqlanishi haqidagi xabarlar esa nihoyatda nodir va
katta ilmiy ahamiyatga molikdir. To’g’ri, Alisher Navoiyning yozganlarida Xoja Ubaydulloh umri oylari,
vafot yilini ko’rishda ayrim noaniqliklar ham bor. Bulardan qat’iy nazar, Alisher Navoiyning «Hayrat ul-
abror» va «Nasoyim ul-muhabbat» asarlaridagi Xoja Ubaydullohga oid ma’lumotlar muhim tarixiy va
ilmiy ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy
naqshbandiya tariqatining murshidi Xoja Ubaydullohni shaxsan tanir, uni e’tirof etar va asarlarida u
haqda qimmatbaho ma’lumotlar Keltirgan edi. O’zining shaxsiy hayoti va faoliyatida esa xojagon
tariqati namoyandalari, jumladan, Xoja Ubaydulloh targ’ib etgan eng go’zal insoniy fazilatlarga amal
qildi.
Xoja Ubaydulloh ham, o’z navbatida, Alisher Navoiyni yaxshi tanib, uni ardoqlab, unga nomalar
yozib, fuqaro manfaatlariga bag’ishlangan ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatladi. Alisher Navoiy va Xoja
Ubaydulloh o’rtasidagi munosabatlar shular bilangina cheklanib qolmaydi. Chunki Alisher Navoiy Xoja
Ubaydulloh asarlaridagi faqr va ko’ngul haqidagi, axloq-odob mavzuidagi masalalarni chuqur
o’rgangan holda ularni o’zining ilmiy va badiiy asarlarida mohirona davom ettirdi. Bu masala alohida
tadqiqotning mavzusi bo’lganligini nazarda tutib, uni Kelajakda bajarish orzusi bilan hozircha shu
yerda to’xtalsak bo’lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |