www.ziyouz.com
кутубхонаси
58
bo’lsin uchun baytlar oldidan raqam qo’yildi). Alisher Navoiy shunday yozadi:
1. Ulki bu ofoq ichida toq erur,
Toq nekim, murshidi ofoq erur.
2. Charxi nigun dargahida xokro’b,
Balki jabini bila xoshok ro’b.
3. Yuz qo’yubon qullug’iga shohlar,
Bazmida Bexud o’lub ogohlar.
4. Xizmatidin har kishi ogoh o’lub,
Garchi gado ma’ni ila shoh o’lub.
5. Necha tushub egniga qilsang qiyos,
Xozini irfon kafidan yuz libos.
6. Zarq ila tag’yiri libos etmayin,
Tafriqai xazzu palos etmayin.
7. Suhbatida har Necha beshakku rayb,
Jilva qilib shohidi ra’noyi g’ayb.
8. Go’shai xilvat aro tutmay qaror,
O’zini qilmay yashurun oshkor.
9. Atlasi gardun bila ming Zebu far.
To’rqa to’ni ostida ko’k ostar.
10. Lek o’shal to’rqasi har tor ila,
Faqrda yuz murshid uchun silsila.
11. Mulki jahon mazrai Dehqoni ul,
Balki jahon mulki nigahboni ul.
12. Yo’qki mamolikka nigahbon o’lub,
Borcha salotin uza sulton o’lub.
13. Ruq’alari yetsa ne shoh qoshiga,
Ish ani qo’ymog’lig’ o’pub qoshiga,
14. Anglab ani bosh uza toji yaqin,
Har so’zi ul toj uza durri samin.
15. Shahg’a dema lutf chog’i toj baxsh,
Balki gadolarga dog’i toj baxsh.
16. Haq so’zini elga qilurdi ado,
Teng ko’runub oldida shohu gado.
Buyuk ma’naviy murshid
www.ziyouz.com
кутубхонаси
59
17. Chun cholinib navbati qadriga ko’s,
Shahlar o’lub navbat ila xokbo’s,
18. Xotir o’lub Mehri jahontob anga,
Avji sharaf anjumi ashob anga.
19. Har biri olam eliga rahnamo,
Dema jahon ahliki, ahli samo.
20. Barcha suluk ahliga rahbar bo’lub,
Yo’l eliga tiyra tun axtar bo’lub.
21. Tiyra nazarlarga berib nuru tob,
Har birisi o’ylaki najmi shihob.
22. Garchi tijorat bo’lub oyinlari,
Bo’lmadi bir mulkda taskinlari.
23. Yuklarida to’hfai naqdi fano,
Har biri ul naqddin istab g’ino.
24. Simlari borsa fano qonidin,
Durlari yo’qluk suvi Ummonidin.
25. Chun kivurub har sori raxti najot,
Band bo’lub chorsuyi koinot.
26. Olguvchi gar vahmi ziyenbud etib.
Lek bu savdo chu qilib sudib.
27. Toki jahon qasrining imkoni bor,
Ustida oning falak ayvoni bor,
28. Qo’ymasun ayvoni jahonni tihi.
Dabdabai ko’si Ubaydullohi.
29. Himmatidin bizni ham etsun xudoy,
Faqr yo’lida g’ani, imonga boy.
(A. Navoiy Xamsa. Toshkent, O’zFAN, 1960, 49-bet.)
Muhtaram o’quvchilarga tushunarli bo’lsin degan niyat bilan quyida baytlarning nasriy bayoni ayrim
sharhlar bilan keltiriladi (bayon oldidan keltirilgan raqamlar baytning raqamiga mosdir):
1. Bu ofoq-dunyoda nodir bo’lgan zot – Xoja Ubaydullohdir, u faqat nodir zot emas, balki ofoq-
dunyoning murshidi, yo’lboshchisi hamdir. 2. Shuning uchun ham falak egilib, uning dargohi
tuproqlarini, faqat tuproqlarinigina emas, balki xas-xoshoklarini ham kipriklari bilan supuradi. 3.
Shohlar uning quli – muridi bo’lish uchun yuzlarini bu dargohga qo’yadilar: uning bazmiga qatnashish
sharafiga muyassar bo’lgan ogoh-xabardorlar ham suhbatlari tufayli o’zlaridan Ketib qoladilar. Unga
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |