www.ziyouz.com
кутубхонаси
56
ko’pgina asarlarni, jumladan, Xoja Ubaydullohning «Volidiya» asarlarini mutolaa qilib, undan juda
katta taassurot olgan ediki, biz Navoiyning bu haqdagi e’tiroflarini yuqorida Keltirgan edik. Demak, bir
tomondan, Abdurahmon Jomiyning Xoja Ubaydulloh haqidagi hikoyalari, ikkinchi tomonda Navoiyning
uning asarlari bilan tanisha borishi ulug’ o’zbek shoiridagi murshidi komilni topish haqidagi niyatni
mustahkamlab borib sirtdan bo’lsa ham uni – murshidi komilni topadi. Bu – Xoja Ubaydulloh edi.
Endigi navbat uning suhbatida bo’lish edi. Buning uchun esa Samarqandga safar qilmoq lozim edi.
Ana shu niyatni amalga oshirish kutilmaganda yuzaga keldi. Bu esa uning Hirotdan ixroj qilinishi edi.
Ehtimolki, bu niyatning amalga oshuviga sabab bo’lgan omillardan biri yana quyidagi voqea ham
bo’lsa kerak. 1465 yilda Abdurahmon Jomiy Xoja Ubaydulloh huzuriga kelgan edi. Navoiyning
Hirotdan ixroj qilinishi vaqti Abdurahmon Jomiyning Samarqandga otlangan vaqtiga to’g’ri kelib
qolgan bo’lsa, Navoiy bundan foydalanib, Jomiy bilan birga Samarqandni ixtiyor qilmadimikan? Bu
mulohazalar haqiqatga yaqindek tuyuladi. Shunday bo’lsa-da, uni tasdiqlovchi qo’shimcha materiallar
qo’lga kirsa, masala yanada aniqroq bo’ladi...
Shunday qilib, Navoiy «faqir tahsil uchun Samarqandga borg’onda» deb aytganida tariqat yo’lidagi
tahsilni ham nazarda tutgan. Alisher Navoiy Samarqandda mashhur olimlar nazdida ta’lim oldi. Uning
ustozi Fazlulloh Abulays esa Xoja Ubaydullohni yaxshi bilar hatto uning nazdiga bu murshidi komil
tez-tez kelib turar va «Tafsiri Qozi» bo’yicha o’z mulohazalari, shubhalari to’g’risida suhbatlar qilar,
mulohazalarida mantiqning kuchliligi bilan mavlono Fazlulloh Abulaysni hayratda qoldirardi. Ana shu
vaqtlarda ustozi xonaqohida bo’lgan Alisher Navoiy murshidi komilni - Xoja Ubaydullohni ko’rardi, u
bilan tanishgan edi. So’ng esa Xoja Ubaydullohni ziyorat qilish uchun Xoja Kafshiy, Motriddagi
uylariga borardi, uning suhbat va iltifotlaridan bahramand bo’lardi. Bu uchrashuvlar Alisher Navoiyda
qanchalik katta taassurot qoldirgan bo’lsa, o’z navbatida, o’zi ham Xoja Ubaydullohda yaxshi
taassurot qoldirgan ko’rinadiki, keyinchalik Alisher Navoiy «haqir (Navoiy) bila iltifotlari ko’p bor
uchun...» deb ta’kidlagan edi. Alisher Navoiy Samarqanddan Hirotga qaytgach, ularning
munosabatlari maktub orqali yoki maxsus kishilar (mavlono Qosim, Muhammad Qozi) vositasida
davom etgan. Alisher Navoiy Xoja Ahror ahvolidan xabardor bo’lib turar, biror yordam kerak bo’lsa,
darrov uni amalga oshirardi. Jumladan, Xoja Ubaydulloh kasalligi vaqtida Samarqandga tabib
yuborish.
Xoja Ubaydulloh Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatidagi, xususan, fuqaro uchun
g’amxo’rliklaridan, mamlakat obodonligi sohasidagi faoliyatidan xabardor edi va uning bu faoliyatini
qo’llab-quvvatlardi, Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga yozgan va bizgacha yetib kelgan
nomalarida ham ana shu mazmun o’z aksini topgan.
Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga yozgan maktubining asl matni va tarjimasini keltiramiz:
«Ba’d az raf’i niyoz arzadoshti in faqir on ki in faqirro orzui on ki ba sharafi muloqot yak karat
musharraf shavam bisyor ast, namedonam, ki in saodat chi guna va kay muyassar shavad. Shunida
meshavad, ki xidmati shumoro ba sababi avorizi vaqoye’ gohye az mulozamati on hazrat malomat
Meshavad. Iltimos on ki baroi on ki musliminro madade kuned xotiri sharif durbori mulozimat dorand.
Umed on ast, ki ba sababi on ki xotiri faqire az yory najot yobad va farahye ba dili o’ rasad kushode
dar dil chunon zohir shavad, ki dar ayni tafriqa suRe zavq va shuhur va xuzo’r ba haq subhonahu
ziyoda shavad. G’ami muslimin xo’rdan dar in vaqt ki kasero g’ami eshon Nest, behtarin a’mol
Menamoyad. V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh». (A.Chomiy, Nomaho, s.320).
Tarjimasi: Iltijo izhoridan so’ng bu faqirning arzi shulki, ko’pdan beri bu faqirda siz bilan bir karra
muloqot qilish sharafiga muyassar bo’lish orzusi bor bo’lib, ammo bilmonki bu saodatga qachon va
qanday erishar ekanmiz.
Turli voqealar sizni ranjitgani sababli sizda ba’zan ul-hazrat (podshoh) xizmatidan bezish kayfiyati
sezilarkan, deb eshitamiz. Iltimosimiz shulki, musulmonlarga madad yetkazishni o’ylab, ul-xizmatdan
uzoqlashish fikrini xotirangizga keltirmasangiz, toki sizning ko’magingizda bir faqirning xotiri
qayg’udan najot topib, uning ko’nglida xursandlik paydo bo’lar, degan umiddamiz. Shu bilan birga
notinch zamonda uning ko’ngli ochilgay va kayfiyati ko’tarilib, shu munosabat bilan Olloh taologa
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |