www.ziyouz.com
кутубхонаси
53
Ya’qub Charxiy va Sayid Qosim Anvorga bag’ishlangan boblarda ham Xoja Ahrordan eshitgan hikoya
va rivoyatlarini keltiradi.
Abdurahmon Jomiy Ya’qub Charxiy bobida Xoja Ahrorning hikoya qilishdagi mahoratidan so’z
yuritib, «garchi Ya’qub Charxiyning olamdan o’tganlariga ancha bo’lgan bo’lsa-da, ammo Xoja
hazratlarining hikoyalari tufayli Ya’qub Charxiy mening ko’z o’ngimda tirik siymo sifatida
gavdalandilar. mening Xoja hazratlariga bo’lgan irodatim yanada kuchaydi», – deb e’tirof etadi.
Bunda Abdurahmon Jomiyga ishonmay ilojimiz yo’q. Yana, shu bobda keltirilgan quyidagi e’tirofda
Xoja Ubaydullohning boshqa bir fazilati namoyon bo’ladi: «Mavlono Ya’qub ayturdilarki, – deb hikoya
qiladi Abdurahmon Jomiy, – (bu so’zlarni eshitgan kishi tilidan) aziz ustoz suhbatiga Kelguvchi tolibi
ilm Xoja Ubaydullohga, ya’ni pilik va yog’i tayyorlangan chiroqqa o’xshashi lozim, chunki uni gugurt
bilan yoqish qoladi, xolos (Chomy. Osor, ch, VIII. Dushanbe, «Adib», 1990, sah. 69).
Bunda Xoja Ahrorning juda ajoyib fazilati – ustozdan biror narsani o’rganish uchun o’zini doim
tayyor holga Keltirish, ya’ni o’rganishga chanqoq bo’lganlik sifati alohida ta’kidlanadi. Bu esa ibratlidir.
Chunki ana shunday fazilatga ega bo’lgan tolibi ilmgina ustozdan bahramand bo’la oladi va ustoz ham
u bilan qilgan suhbatidan qoniqish hosil qiladi. Qani endi, hozirgi tolibi ilmlarimizning hammasida ham
shu fazilat yor bo’lib, mukammal bilim olishga mushtoq, ilm, o’rganishda, hunar o’rganishda Xoja
Ubaydullohdek chanqoq tolib, talabgor bo’lsalar...
Abdurahmon Jomiy shu asaridagi Amir Sayid Qosim Anvor Tabriziyga bag’ishlangan bobda ham
Xoja Ubaydullohni Mahdumiy Xoja Nosiriddin Ubaydulloh tarzida tilga olib, u kishining tilidan Sayid
Qosim Anvorning Xoja Bahovuddin Naqshband bilan Abevard shahrida uchrashib, u kishining
tariqatini ma’qullagani va unga e’tiqod qilgani haqidagi hikoyasini Keltiradi.
Bundan ko’rinadiki, Abdurahmon Jomiy «Nafahot ul-uns»da bevosita Xoja Ubaydullohga alohida
bobni ajratish bilan cheklanmasdan, balki boshqa allomalar to’g’risida so’z yuritganda Xoja hazratlari
haqida aytilgan ijobiy fikrlarni Keltiradi. Bu bilan Xoja Ahror hayoti va fazilatlarini yangi lavhalar bila
boyitadi. Bu jihatdan Xoja Ubaydullohning tolibi ilm sifatidagi fazilatiga ishora qilinishi nihoyatda
muhim va ibratlidir. Xoja Ahror va Abdurahmon Jomiyning shaxsan muloqotlari orasida va keyin ham
o’zaro noma yozishlari muttasil davom etadi.
Turli munosabat va mavzularda yozilgan bu nomalarida Xoja Ahror ham, Abdurahmon Jomiy ham
oxirida «al-faqir» deb o’z nomlarini yozardilar. Qanchalik ibratli! Shogird o’z ustoziga xat yozganida
shunday imzo Chekishi ma’lum ma’noda tabiiy ko’rinsa-da, ammo ustozning shogirdiga yozgan
maktubida ham shunday yozilishi shogird oldida o’zini faqir tarzida eslatishi bu yuksak madaniyat
sohibi bo’lishni, balki o’zgalarni (kim bo’lishidan qat’iy nazar) o’zidan ustun qo’yib, hurmatini joyiga
keltirishdan dalolat berguvchi olijanob insoniy fazilatdir. Shularni nazarda tutib, Xoja Ubaydullohning
Abdurahmon Jomiyga yozgan bitta maktubining asl matni va tarjimasini muhtaram o’quvchilar
diqqatiga havola etamiz.
«Ba’d az arzi niyoz marfu’ on ki iltimos az xidmati shumo onki gohye xudro ba sharafi mulozamati
xidmati mavlono Alisher madhali otifat rasonida, infaqirro ba xotiri sharifi eshon ba yod ovarda iltimos
kuned, ki xolisan li vachhi subhona hech dag’dag’a va fikr nakunand dar rasonidan onchi meboyad
rasond peshi hazrati saltanatshiory chi foida rasonidand on chi xayri muslimin ast. Ba haqiqat xayr
dorini on hazrat ast V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh» (A. Chomy. Nomaho. Dushanbe, «Donish»,
1989, 319–320 b., arab yozuvida).
Tarjimasi: Iltijo bilan murojaatimizdan murod shulki, Sizdan iltimos shulki, ba’zan o’zingizni
mehribonlik manbai muhtaram mavlono Alisher huzuriga yetkazib, bu faqirni ul janobning tarif
xotiriga Keltirib, iltimos qilingkim, xudo hurmati uchun saltanat farmonlig’ hazratlari huzurida xolisan
bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarni bajarishda hech qanday dag’dag’a va fikr qilmasinlar. Qanday
foyda Keltiraolsalar, u muslimlar manfaatiga yo’naltirilgan bo’ladi. Haqiqatdan yaxshilik va manfaat
Keltirish bu hazratning odatidir. V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh».
Bu maktub 1475–1476 yillardan Alisher Navoiyda Sulton Husayn Boyqaro saroyida xizmat qilishdan
birvarakayiga iste’fo berish kayfiyati paydo bo’lgan vaqtlarda yozilgan. Bu xabar Hirotdagina emas,
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |