www.ziyouz.com
кутубхонаси
33
suhbatdoshini maftun eta oluvchi yigitdir. Shuning uchun siz uni ko’rib, unga moyil bo’lib qolishingiz
mumkin degan fikr bilan sizning borishingizga rozi bo’lmadim. Agar shunday bo’lganda, mening
ishlarim qiyin bo’lib qolardi.
Bundan tashqari, Muhammad Qozi Xoja Ubaydullohning Mirzo Bobur sifatlariga doir hikoyalarini
shunday keltiradi:
Xoja Ubaydulloh ayturlarki, Mirzo Bobur tasavvufni bilishni da’vo qilib, majlislarida tasavvufning
muqaddimotidan bahslar bo’lar ekan. Mutasavvuflardan Pirzoda Qayum mirzo Bobur mulozamatida
bo’lar edi. Mirzo Bobur bu toifaga mo’’taqid edi.
Mirzo Bobur Samarqandning qadimiy hisorida (hozirgi Afrosiyob) yonboshlab olib, baland ovoz
bilan «orifda himmat yo’q, orifda himmat yo’q. Agarchi Samarqandni ololmagan bo’lsakda, ammo
bildikki, Xoja hazratlari orif emas ekanlar. Bizni himmat bila xarob qildilar», – deb nola qilgan ekan...
Aytdilarki, Mirzo Bobur mavlono Sa’diddin Qoshg’ariy suhbatidan juda ko’p bahramand bo’lib,
mavlonoga bordi-keldi qilishni taklif etganda mavlono ko’nmabdi. Sa’diddin Qoshg’ariy vafot etganda
mirzo Bobur ul hazratning tobutlarini Malikon masjidi yonidagi uylaridan to xiyobonning boshigacha
ko’tarib boribdi. Havo issiq ekan, Terga botib, to’nlari ho’l bo’lishiga qaramay mavlononing tobutini
qabristongacha olib borgan ekan. Saltanat va boylik arboblarining darveshlarga bo’lgan bunday
e’tiqodi va hurmati ibratga loyiqdir.
Xoja Ubaydullohning Mirzo Bobur va uning fazilatlariga doir hikoyalarida bu Temuriyzodaga
nisbatan bo’lgan xayrxohligi ko’zga tashlanadi. Ana shu temuriyzoda himmati tufayli Husayn Boyqaro
va Alisher Navoiylar uning saroyida tarbiyalangan va hurmat qilinganliklari hamda keyinchalik Alisher
Navoiyning «Majolis un-nafois»da Mirzo Bobur haqida samimiyat bilan yozganlarini, ularning Xoja
Ubaydulloh hikoyalari bilan hamohangligini eslasak, unda temuriyzoda mirzo Abulqosim Bobur
shaxsiyatining mohiyati ancha oydinlashadi. Alisher Navoiy uning haqida shunday yozgan edi: «Bobur
mirzo – darveshvash va foniy sifat va karim ul-axloq kishi erdi. Himmati oldida oltunning dag’i
kumushning toshu tufrog’cha hisobi yo’q erdi. Tasavvuf risolalaridan «Lamaot» bila «Gulshani roz»ga
ko’p mash’uf erdi. Tab’i dag’i nazmg’a muloyim erdi. Bu ruboiy aningdurkim:
Chun bodau jomro ba ham payvasty,
Medon ba yaqin ki rindi bolodasty,
Jom ast shariat va haqiqat – boda,
Chun jom shikasty ba yaqin badmasty.
Mazmuni: boda bilan jomni bir-biriga bog’lab qo’yding: ma’lum bo’ladiki, sen o’tkir rindlardan
ekansan. Shariat – jom, haqiqat – boda, jomni sindirding – bilindiki Sen badmast ekansan.
Agarchi turkcha nazmlar ham aytur erdiki, barchag’a qabul erdi, ammo bu bayt ham aningdurkim:
Necha yuzung ko’rub hayron o’loyin,
Ilohi men senga qurbon o’loyin.
Ko’rinadiki, mirzo Abulqosim Bobur o’zining ko’pgina fazilatlari, jumladan, tasavvuf ahliga e’tiqodi
nuqtai nazaridan zamondoshlaridan bo’lmish Sulton Abu Sa’id mirzo, Xoja Ubaydulloh va Alisher
Navoiylarning diqqatini o’ziga qarata olgan Temuriyzoda edi. Mirzo Abulqosim Bobur Hirotda ekanida
mavlono Sa’iddin Qoshg’ariy bilan qilgan suhbatlari chog’ida so’z, albatta, mavlono Sa’diddinning
maslakdoshi va do’sti Hoja Ubaydulloh haqida Ketgan va shunday qilib, Mirzo Bobur Xoja
Ubaydullohni sirtdan bilgan hamda unga ixlos qo’ygan ko’rinadi. Shuning uchun Samarqandni qamal
qilgan vaqtida natijaga erisha olmagach, sulh tilab, o’z vakilini Xoja Ubaydulloh huzuriga yuborgan va
masala hal bo’lgach, sulh bitimini tuzish marosimida Xojaning qatnashishini iltimos qilgan. Ammo Abu
Sa’id mirzo Xojaning bu marosimga qatnashuviga rozilik bermagan.
Bu hikoyalardan ma’lumki, Xoja Ubaydullohning Sulton Abu Sa’id hukmronligi davrida
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |