100-bob
Uzuk taqish haqida
Faqih aytadilar: Uzuk taqish o'ng qo'lga ham, chap qo'lga ham joiz va mubohdir, ikkala
holat haqida ham xabarlar kelgan, ammo erkak kishi oltin uzuk taqishi joiz emas. Ba'zi
odamlar temirdan yasalgan uzuk taqishni ham makruh sanashgan, ba'zilar esa, ruxsat
berishgan. No''mon ibn Bashir rivoyat qiladilar: "Oltindan uzuk taqib, Nabiy (sollallohu
alayhi vasallam) oldlariga kirdim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Senga nima
bo'ldi, do'zax ahlining libosini taqibsan", dedilar. Uni yechib, misdan yasalganini taqdim
va oldlariga kirdim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Nima bo'ldi, senda but-
sanamlarning hidini sezayapman", dedilar. Shunda men: "Ey Rasululloh, nima qilay?",
dedim. "Uzukni kumushdan qilib ol, lekin uni bir misqoldan oshirma va uni o'ng qo'lingga
taq", dedilar".
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) uzukni avval o'ng,
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |