148-bob
Qur'on oyatlari va kalimalarining adadi haqida
Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Qorilar Qur'on oyatlari soni haqida ixtilof qilishdi. Ixtiyor
qilingan so'z ko'faliklarnikidir va bu sanoq Ali ibn Abu Tolibga (roziyallohu anhu) mansub
– 6236 oyat. Ba'zilar bundan boshqaroq so'z ham aytgan. Abdulloh ibn Ma'sud Qur'on
oyatlarini 6218 ta, deganlar. Ibn Abbos 6216 oyat deb aytganlar. Ismoil ibn Ja'far
Madaniyning sanog'i 6214 oyat, makkaliklarniki 6212, basraliklarniki 6204, Shom
ahlining hisobi bo'yicha 6226, Ibrohim Taymiyniki 6099 oyat. Ba'zi bir shomliklar 6250
oyat deyishgan. Jumhur ulamolar esa, 6266 oyat deyishgan.
Qorilar Qur'on kalimalari sanog'i haqida ham turli fikrdalar. Hamid A'raj: "Qur'on
kalimalarining sanog'i 76430 ta", degan; Mujohid 77250 ta, Ato ibn Yasor 77439 ta,
Abdulaziz ibn Abdulloh 77436 ta, deyishgan. Qorilar shu so'zlarni aytishdi, yana bundan
boshqa so'zlar ham bor. Vallohu a'lam.
Do'stlaringiz bilan baham: |