Microsoft Word Boymur\340tov tm



Download 12,1 Mb.
bet8/156
Sana01.02.2022
Hajmi12,1 Mb.
#421028
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   156
Bog'liq
toquvchilik texnologiyasi

Xomuza omillari


Xomuzani belgilovchi omillariga uning balandligi (N), uzunligi (L) va xo- muzaning old burchagi (α) kiradi. Mitti mokili to'kuv dastgohlarida xomuzaning old burchagi α=150-180 teng bo'ladi.


Xomuza hosil qilish jarayonida iplar siniq chiziq shaklida bo'ladi (2.2-rasm).

2.2-rasm. Xomuzaning ko'rinishi AS - tanda iplarini o'rta holat chizig'i;


AVS - xomuzaning yuqori qismi; ADS - xomuzaning pastki qismi;
hyu - xomuzaning yuqori qismi balandligi, mm; hp - xomuzaning pastki qismi balandligi, mm; lo- xomuzaning old uzunligi, mm;
lk- xomuzaning orqa uzunligi, mm.
Xomuzani belgilovchi omillariga uning balandligi va uzunligi kiradi va ular quyidagicha aniqlanadi:

  1. Umumiy xomuza balandligi, mm

N= hyu+hp (1)





  1. Umumiy xomuza uzunligi, mm

L=lo +lk (2)


Xomuza omillari dastgoh, to'qima va o'rilish turiga, batan mexanizmi hara- katiga, arqoq tashlovchi mexanizmning ( moki, rapira va h.k.) o'lchami va boshqa omillarga bog'liq.
To'qima ishlab chiqarish jarayonining asosiy ko'rsatgichlaridan biri xomuza hosil qilish jarayonida tanda iplarini deformatsiyasidir. Bu ko'rsatgich xomuza o'l- chamlariga (N, L) dastgoh turi va uning tezligi kabi omillarga bog'liqdir. Odatda ip deformatsiyasini soddalashtirilgan sxema bo'yicha, xomuzaning old va orqa qismi teng hamda to'qima to'qishda yuz beradigan relaksatsiya jarayonini hisobga olma- gan holda hisoblanadi.
Xomuzaning orqa qismi uzunliklari ishlab chiqarilayotgan to'qima omillari- ga qarab rostlanadi. Xomuzaning orqa qismi uzun qilib taxtlangan holatda tanda ipining cho'zilishi yoki ochiq xomuza paytida tarnglikni kam bo'lishini ta'minlaydi va bunday xomuza asosan ipak iplaridan to'qimalar olishda katta ahamiyatga ega (2.3a -rasm).

2.3-rasm. Xomuzaning old va orka qism ko'rinishi
Xomuzaning orqa qismi kalta qilib taxtlangan holatda yuqori va pastki xo- muza qismlari yaxshi ajralib ravon xomuza hosil qiladi va bunday xomuza asosan chiziqli zichligi yuqori bo'lgan to'qimalar olishda foydalaniladi (2.3b -rasm).
Tanda iplarini xomuzaga hosil bo'lishi jarayonidagi absalyut deformatsiyasi professor V.A. Gordeev tomonidan quyidagi formula bilan aniqlanadi:
=h2/2(1/ lo +1/lk) (3)
Xomuza hosil qilish jarayonida tanda iplari malum holatlarni egallaydi va u holatlar xomuza fazalari deyiladi. Xomuza hosil qilishni quyidagi fazalari mavjud: o'rta xolat, homuzani ochilish, shodalarni turg'unlik va xomuzani yopilish fazalaridir. Bundan tashqari o'rta holat fazasi va momentiga bo'linadi. O'rta holat fazasi deb tanda iplarini o'rta holatda bo'lgan vaqtiga aytiladi. O'rta holat mo- menti deb o'z holatini o'zgartirish uchun qarama-qarshi tomonga hara- katlanayotgan tanda iplarini kesishish momentiga aytiladi. O'rta holat momentida tig' bilan to'qima cheti orasidagi masofaga o'rta holat miqdori deyiladi va u mil- limetrlarda yoki dastgoh bosh vali aylanishlariga mos graduslarda o'lchanadi.
O'rta holatdan tanda iplarining bir qismini yuqoriga va bir qismini pastga tomon harakatlanishi xomuzaning ochilish fazasi deyiladi va u homuzani to'liq ochilgunicha davom etadi.
Arqoq tashlagichlarga (moki, rapira, suv tomchisi va h.k) qulay sharoit yaratish uchun xomuza ochilgandan so'ng shu holatda ma'lum vaqt harakatlanmay turishi kerak va bu holat shodalarni turg'unlik fazasi deyiladi. Turg'unlik fazasi- dan so'ng tanda iplari o'rta xolatga qayta boshlaydi. Bu holat esa xomuzaning yopilish fazasi deyiladi. So'ngra xomuza hosil qilish yana qaytariladi. 2.4-rasmda xomuza hosil qilish jarayonining aylanma diagrammasi keltirilgan.
O'HF-o'rta holat fazasi
1 - xomuzani ochilish fazasi; 2 - xomuzani turg'unlik fazasi; 3 - xomuzani yopilish fazasi.

2.4-rasm. Xomuza hosil qilish jarayonini aylanma diagrammasi



Download 12,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish