Mokili (an'anaviy usul)
Mokisiz (noan'anaviy usul)
Arqoq tashlash usullari bo'yicha to'quv dastgohlari mokili va mokisiz turlarga bo'linadi (1.5-rasm).
1.5-rasm. To'quv dastgohlarini turi
Mokisiz arqoq tashlash usuliga mitti mokili, rapirali, havo va gidravlik, ko'p xomuzali turlarga bo'linadi (1.6-rasm). Arqoq tashlash usuli dastgohlarni belgilovchi asosiy ko'rsatgichdir.
1.6-rasm. Mokisiz arqoq tashlash usullari
Arqoq ipi bilan ta'minlanish bo'yicha dastgohlar ikki turga bo'linadi: uzlukli va uzluksiz (1.7-rasm). Uzlukli usulda arqoq ipi homuzaga dastgoh ishchi tsiklini malum qismidagina tashlanadi. Ikkinchi usulda arqoq ipi homuzaga uzluksiz tashlanadi. Uzluksiz usul hozirda rivojlanish, takomillashtirish bosqichida bo'lib, unday dastgohlarini (ko'p homuzali) muqobil konstruktsiyalari izlanmoqda. Bunda xomuza bo'ylama va ko'ndalang yo'nalishlarda bo'lishi mumkin.
1.7-rasm. Arqoq ipini xomuzaga tashlash turlari
Arqoq ipi bilan ta'minlashning turi bo'yicha dastgohlar mexanik, avtomatik arqoq almashtirish mexanizmi bilan jihozlanmagan va avtomatik dastgohlarda bo'linadi.
Xomuza hosil qiluvchi mexanizmlarni tuzilishiga qarab, to'quv dastgohlari kulachokli, karetkali va jakkardli dastgohlarga bo'linadi. Kulachokli homuza hosil qiluvchi mexanizmli dastgohlarda asosan oddiy o'rilishli (polotno, sarja, sat- in va x.k.z) to'qimalar to'qish mumkin. Karetkali dastgohlarda esa 12-48 tagacha shodalar mavjud bo'lib, shularga mos to'qimalar ishlab chiqarish mumkin. Jakkard mashinali dastgohlarda esa har qanday naqshli (gulli) to'qimalar olish mumkin.
Batan mexanizmining tuzulishiga qarab dastgohlar umumiy, sektsiyali, nuqtali, rotatsion va tebranma arqoq jipslashtirish mexanizmli dastgohlarga bo'linadi.
Zarb mexanizmining tuzilishiga qarab dastgohlar ketma-ket va ixtiyoriy zarbli dastgohlarga bo'linadi.
Bir vaqtda ishlatiladigan arqoqlarga qarab dastgohlar bir rangli va ko'p rangli dastgohlarga bo'linadi. Ko'p rangli arqoq almashtirish mexanizmini qo'llash, to'qima turlarini ko'paytirishga imkon beradi.
To'qimadagi iplarni turiga qarab paxta, jun, ipak, zig'ir, metal, shisha va boshqa to'qimalarni ishlab chiqarishga moslashgan to'quv dastgohlari ishlab chiqariladi. Ayrim rivojlangan firmalar ko'plab barcha turdagi iplardan to'qima olish imkoniyatiga ega universal to'quv dastgohlarini ishlab chiqarmoqda.
Ishlab chiqarilgan to'qimadan foydalanishga qarab dastgohlar oddiy va maxsus to'qima ishlab chiqaruvchi dastgohlarga bo'linadi.
Ishlab chiqarilayotgan to'kimani eniga qarab dastgohlar ensiz va enli dastgohlarga bo'linadi, lekin bu shartli ko'rsatkich bo'lib, hozirda maksimal taxtlash eni 2 metrdan ortiq bo'lgan dastgohlar enli dastgohlar deb qabul qilingan.
To'qima qanday to'quv dastgohida iщlab chiqarilishidan qat'iy nazar, unda quyidagi beshta amal bajariladi:
tanda ipini uzatish va uni taxtlash tarangligini hosil qilish;
iplarning ikki qismga ajratib, birinchi qismini yuqoriga ko'tarish, ikkinchi qismini pastga tushirish bilan homuza hosil qilish;
hosil qilingan homuzaga arqoq ipini tashlash;
homuzadagi arqoq ipini to'qima chetiga jipslashtirish va to'qima elementini hosil qilish;
to'qimani tortish va unda kerakli arqoq bo'yicha zichlikni ta'minlash.
Yuqoridagi beshta amalni bajarish uchun to'quv dastgohlariga quyidagi mexanizmlar o'rnatilgan; homuza hosil qiluvchi mexanizmlar, zarb va arqoq ipi tashlash mexanizmlari, batan va arqoq ipini jipslashtiruvchi mexanizmlar, to'qima
rostlagichlari, tanda rostlagichlari (1.8-rasm). Bu mexanizmlarni ishlashi, ularning
sozligi, ishlab chiqarilayotgan to'qimani tuzilishiga, sifatiga, uzuqlar soniga, dastgoh va mehnat unumdorligiga bevosita ta'sir etib, ularni aniqlovchi asosiy shartlardan hisoblanadi. Shuning uchun mexanizmlar ko'p o'rganiladi va dastgohlar ustida tinimsiz ishlar olib boriladi.
1.8-rasm. To'quv dastgohini texnologik ko'rinishi
Yuqoridagi asosiy mexanizmlardan tashqari to'quv dastgohlariga ogohlantiruvchi, arqoq ipini avtomat almashtiruvchi va boshqa yordamchi mexanizmlar ham o'rnatiladi. Zamonaviy to'quv dastgohlarida bu mexanizmlarni ishlashini boshqarish uchun mikroprotsessorlardan foydalanilib, ularga xizmat ko'rsatish tobora kamayib bormoqda. Mikroprotsessorlardan to'quv dastgohlarida foydalanish ularning aniq ishlashini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |