Ko'rsatgichlar
|
Birlik
|
Miqdor
|
1
|
Arqoq tashlash tezligi
|
m/min
|
5400 gacha
|
|
|
ayl/min
|
2800
|
2
|
Kompressordagi havo bosimi
|
bar
|
3
|
3
|
Dastgoh eni
|
sm
|
190
|
4
|
Tanda bo'yicha zichlik
|
ip/sm
|
32 gacha
|
5
|
Arqoq bo'yicha zichlik
|
Tanda zichligiga mos ravishda
|
6
|
Ipni qayta ishlash imkoniyati
|
Ne
|
10-40
|
7
|
To'qima milki
|
|
Standart o'ramali
|
8
|
To'quv g'altagini almashtirish vaqti
|
min
|
45
|
9
|
To'quv g'altagi gardish diametri
|
mm
|
1600
|
10
|
To'qimani o'rash diametri
|
mm
|
2000
|
Quyida pnevmatik (R7100) va M8300 ko'p fazali to'quv dastgohlari tomonidan ishlab chiqarilgan to'qimani qiyosiy tavsifi keltirilgan (3.12-jadval). Jadval taxlili shuni ko'rsatadiki, bir fazali va va ko'p fazali to'quv dastgohlari tomonidan ishlab chiqarilgan to'qimani xususiyatlari biri-biriga yaqin, bir xil deb hisoblash mumkin.
Bundan ko'p fazali ko'p fazali to'quv dastgohlarida to'qima hosil printsipi istiqbolli yo'nalish ekanligini ko'rsatadi.
3.12-jadval
To'qima ko'rsatgichlari
Sinov ko'rsatgichlari
|
Yo'nalish
|
Dastgoh turi
|
P7100
|
M8300
|
Uzilish kuchi, (N)
|
Tanda
|
320
|
317
|
Arqoq
|
264
|
268
|
Uzilishdagi cho'zilish, (%)
|
Tanda
|
10.3
|
9.7
|
Arqoq
|
22.2
|
22.3
|
Uzilishdagi qarshilik
|
Tanda
|
9.9
|
10.7
|
Arqoq
|
6.4
|
8.0
|
CHokdan uzilish kuchi (N)
|
Tanda
|
113
|
118
|
Arqoq
|
101
|
80
|
YUvishdagi kirishishi,(%)
|
Tanda
|
-1.0
|
-1.5
|
Arqoq
|
-1.2
|
-0.8
|
Ko'p fazali to'quv dastgohlarini afzalliklari:
to'qima ishlab chiqarish narxini 30-40 % ga kamaytirish;
bir fazali to'quv dastgohlariga nisbatan unumdorlikni 3-4 marta yuqoriligi;
30-40% energiyani kam sarf etishi;
bir fazali pnevmatik to'quv dastgohiga nisbatan 60 % ga kam maydon egallashi;
bir fazali to'quv dastgohlariga nisbatan shovqin darajasini kamligi, 10 db atrofida ekanligi;
maydn birligiga to'g'ri keladigan to'qima miqdorini ko'pligi;
arqoq ipi tezligini 2-3 barobar kamligi;
dastgoh mexanizmlariga tushadigan dinamik kuchlanishni kamligi (aylanma harakat tufayli);
Kamchiliklari:
assortiment imkoniyatini kamligi;
tanda ipi uzuqlarini bartaraf etishdagi noqulayliklar.
Tanda ipi uzuqlarini kamaytirish maqsadida ko'p fazali to'quv dastgohlarini ishlab chiqaruvchilari tomonidan dastgoh o'rnatilayotgan fabrikalarga zamonaviy tayyorlov bo'limi uskunalarini (tandalash, oxorlash mashinalari) o'rnatish tavsiya etiladi. Oxorlash mashinasi to'quv g'altagini gardish diametri 1600 mm bo'lgan g'altakka o'rash imkonitiga ega bo'lishi kerak.
Boshqa turdagi ko'p fazali to'quv dastgohlari
Birinchi ko'p fazali to'quv dastgohi 1926 yilda Karl Mutter (Karl Mutter) tomonidan yaratilgan bo'lib, uni sanoat darajasida sinovdan o'tkazguncha 30 yil vaqt sarflangan. YAssi ko'p fazali to'quv dastgohlari paydo bo'lmasidan 25 yil oldin aylana ko'p fazali to'quv dastgohlari paydo bo'lgan.
1971 yili Parijda o'tkazilgan HTMKda (ITMA-71) Ryuti (Ruti) kompaniyasi birinchi marta ko'p fazali to'quv dastgohini namoyish etgan. 1960 yillardan boshlab Czechs ko'p fazali to'quv dastgohlari ustida ishlab, o'zining "Kontis" ko'p fazali to'quv dastgohini 1975 yili Milan (Italiya) shaxrida o'tkazilgan ITMA-75 ko'rgazmasida, avvalroq esa ITMA-72 (sobiq Leningrad shaxri), ATME-73 (Green- ville) ko'rgazmalarida namoyish etgan. Xozirgacha ko'p fazali to'quv dastgohlarida to'qima hosil bo'lish printsipini ikki xil yo'nalish bo'yicha rivojlantirib, takomil- lashtirilib borilmoqda:
1. Arqoq yo'nalishi bo'yicha xomuza shakllantirish;
tanda yo'nalishi bo'yicha xomuza shakllantirish.
Bu mashinalarda bir nechta homuzaga bir vaqtda bir necha arqoq iplari ketma- ket birdaniga tashlanadi (3.69-rasm).
3.69-rasm. Arqoq yo'nalishida ko'p xomuzani hosil qilish
Xomuzalar ketma-ket to'lqinsimon shaklida hosil bo'lib, har bir xomuzani ichida arqoq tashlagich harakatlanadi. Arqoq tashlagich har bir homuzadan ichidan o'tgandan so'ng, homuza keyingi arqoq uchun yana ochiladi. Natijada to'qima eni bo'yicha bir necha xomuza hosil bo'ladi va bir nechta arqok tashlagich (6ta) har xil arqoq iplarini xomuzaga tashlaydi. Bunday xomuza hosil bo'lishini to'lqinsimon xomuza hosil bo'lishi printsipi deyiladi. Ko'p xomuzali dastgohlar ikki turga bo'linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |