Ko'rsatkichlar
|
To'qima navi
|
1 nav
|
2 nav
|
3 nav
|
1.
|
Ip gazlama
|
10
balgacha
|
20 gacha
|
-
|
2.
|
SHoyi gazlama
|
20 gacha
|
40 gacha
|
60
|
3.
|
Jun gazlama
|
12 gacha
|
25 gacha
|
50
|
4.
|
Kanop gazlama
|
10 gacha
|
40 gacha
|
-
|
10.2-jadvalda to'qimadagi nuqsonlarni ballar bo'yicha baholash keltirilgan.
10.2-jadval
To'qima nuqsonlarini ballar bo'yicha baholash
№
|
Nuqsonlar
|
Nuqsonlarni ballarda baholash
|
Ip gazlamar uchun,
ball
|
SHoyi gazlamal ar uchun, ball
|
Jun gazlamal ar uchun, ball
|
1.
|
Tanda ipini etishmasligi
|
2
|
1
|
2
|
2.
|
Tanda ipini etishmasligi 21 sm
dan oshsa
|
21
|
4
|
13
|
3.
|
Bir yoki ikki arqoq ipini to'qima
eni buylab etishmasligi
|
2
|
4
|
2
|
4.
|
SHu nuqson to'qima bo'lagi
bo'yicha
|
21
|
61
|
25
|
5.
|
To'qima naqshini buzilishi
|
5
|
1
|
1
|
6.
|
SHu nuqson to'qima bo'lagi
bo'yicha
|
21
|
21
|
7
|
7.
|
Moy dog'i 4 sm gacha
|
3
|
1
|
2
|
8.
|
SHu nuqson to'qima bo'lagi
bo'yicha
|
Sifatsiz
|
41
|
Sifatsiz
|
To'qimani fizik-mexanik xususiyatiga qarab xam ballarda aniqlanadi. M: paxtadan bo'lgan to'qimalarni eni ±1,5 sm yoki shoyi to'qimalari uchun ± 1 sm o'zgarishi 21 balli xisoblanadi yoki paxta, shoyi to'qimalari uchun tanda va arqoq iplarini zichligi 2% ga uzgarsa 21 ball deb xisoblanadi.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, davlat standartidan nuqsonlar ballarini oshib ketishi to'qima navini pasayishiga olib keladi.
To'qilgan to'qimani saralash, tozalash, xisoblash bo'limida quyidagi ishlar bajari- ladi:
To'qimani qabul qilish va uni xujjatlarini to'g'rilash; 2.To'qimani sirtini va milkini tozalash; 3.Saralash, uzunligini xisoblab o'lchash; 4.Belgilash (Markalash) xar bir bo'lagi oxirini; 5.Taxtlab pardozlash bo'limiga junatish.
To'qimani saralash va tozalash uskunalari
Saralash, tozalash va o'lchash mashinalarini tanlashda quyidagi ko'rsat- gichlarni hisobga olish lozim:
To'qima turi (paxtali, ipak, jun va x.k.z).
To'qimani maksimal eni
Talab etiladigan asosiy ko'rsatgichlar
To'qima nuksonlarini tekshirish va to'qima uzunligini o'lchash uchun tekshirish va hisoblash bo'limlarida saralash mashinalardan foydalaniladi (10.1-rasm). Bu mashinalar tekshirish stoli bilan ta'minlangan. Tekshirish stoli to'qima enini o'lchash uchun metall chizg'ich, maxsus oyna bilan jihozlangan bo'lib, oyna ichki tomonidan yoritiib, bu to'qima no'ksonlarini aniqlashni engillashtiradi. Stol qiyaligini 30° gacha burchakka o'zgartirish mumkin.
Mashinada ikki xisoblagich bo'lib, bittasida to'quvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan to'qima uzunligi hisoblansa, ikkinchisida to'qima bo'lagining butun uzunligi hisoblanadi. Har bir to'quvchining ishlab chiqarilgan to'qimasi yoki bo'lagini hisoblab bo'lgandan so'ng, ko'rsatkichlar olib tashlanadi. Tekshirib bo'lingan to'qima valigiga o'raladi yoki taxtlanadi.
10.1-rasm. Saralash mashinasining texnologik sxemasi
1-to'qima ruloni; 2- to'qima; 3,5 - yo'naltiruvchi valiklar; 4- tekshirish stoli; 6,8,10- tortuvchi valiklar; 7,9 – kompentsiyalash valiklar; 11- o'rash valigi.
To'qima 1 to'kima valigidan chiqib, tekislangan holda yo'naltiruvchi va- lik 3 va tekshirish stolidan 4 o'tadi. Tekshirish stolidan o'tayotgan (10.1- rasm) to'qimani nazoratchi nazorat qiladi. Tekshirish stolidan o'tgan to'qima yo'naltiruvchi valik 5, to'qima tortuvchi valiklardan 6, 8, 10 o'tadi. Tortuvchi valiklarning yuzasi g'adir-budir rezina bilan qoplangan bo'lib, bu to'kima bilan valik orasidigi ishqalanishni oshiradi. Tortuvchi valiklar orasida kompentsiya- lash valiklar 7, 9 o'rnatilgan. Bu valiklar to'qima ustida bo'lib, bo'sh o'r- natilgan. To'qima tarangligi o'zgarganda ular tik harakatlanib, taranglikni bir xilda ushlab turadi. Undan so'ng to'qima valikga 11 o'raladi.
Har ikkala xisoblagichga harakat tortuvchi valikdan 8 uzatiladi. U tek- shirish stolidan o'tgan to'qima uzunligini ko'rsatadi.
To'qimani valikdan 11 stolga ham taxtlash mumkin. Buning uchun valik o'rniga stol qo'yiladi va taxlagich asbobi o'rnatiladi.
To'qima tekshirilib va o'lchanib bo'lgandan so'ng, har bir bo'lak uchun talon yoziladi. Bu talon asosiy hujjat bo'lib, to'quvchilar ishlab chiqargan to'qi- mani hisoblash uchun foydalaniladi. Talonda to'qima navi ham ko'rsatiladi.
To'qima yuzasidagi ip uchlari, momiq, tugun va boshqalarni tozalash uchun to'qimalar tozalash mashinalaridan o'tqaziladi (10.2-rasm). To'qima 1 yunal- tirish valigi 2, taranglash valigi 3 va tekislash moslamasi 4 orqali o'tadi. Bu moslama to'qimani tekislab taranglaydi. Undan so'ng to'qima yuqori va pastki yo'naltiruvchilardan 2 va tormozlash valigidan 5 o'tib, tozalash kamerasiga 6 kiradi. Bu kamerada to'qima to'rtta dumaloq cho'tka 7 bilan tozalanadi. CHo'tkalar to'qima harakatiga teskari tomonga aylanishi hisobiga uning yuzasida yopishib qolgan momiq, ip va boshqa narsalar yaxshilab tozalanadi. Bundan tashqari, to'qimadagi tugun va iplar yuzaga chiqariladi. To'qimadan olingan momiq, ip va boshqa narsalar havo yordamida quvur 8 orqali so'rib olinadi.
10.2 rasm Tozalash mashinaning texnologik sxemasi
1- to'qima; 2,3,5, 16, 17,19, 20 – valiklar; 4- tekislash moslamasi; 6- tozalash
kamerasi; 7,14 – cho'tka; 8, 13,15,16 – quvur; 9, 10 - pichoqlar; 12- charxlash moslamasi; 18 - taxlagich.
To'qima yo'naltiruvchi valiklardan o'tib to'rtta tozalash moslamali tarashlash apparatiga keladi. Xar bir tarashlash moslamasida 24 ta pichoqlar o'rnatilgan. Valga 9, yassi va yunaltiruvchi pichoqlar 10 o'rnatilgan. To'qi- ma yuzasini yaxshi qirtishlash uchun qirquvchi val 9 o'z o'qi bo'yicha 5 mm siljiydi va buning natijasida qirqish tishlari charxlanadi. CHarxlash uchun maxsus moslama 12 o'rnatilgan. Tarashlash moslamasida to'qima yuzasiga chi- qib qolgan tugunlar, ip va boshqa narsalar qirqib olinib, havo yordamida quvur
13 orqali chiqarib yuboriladi.
Tarashlash apparatidan chiqqan to'qima yo'naltiruvchi valiklar orqali ikkita yassi cho'tka 14 orasidan o'tadi. Bu cho'tkalar qirqilgan, lekin to'qima yuzasida qolib ketgan iplardan tozalanadi. Bu erda ham havo yordamida iplar quvur 15 orqali so'riladi. Undan so'ng to'qima tortuvchi valiklardan 16 o'tadi.
To'qima bundan keyin yo'naltirish valigidan 17 o'tib, tatxlagichga 18 ke- ladi. Bu mashinadan turli tolalardan tayyorlangan to'qimalarni o'tkazish mum- kin, faqat tez va ko'p elektrlanadigan to'qimalarni o'tkazish tavsiya qilinmaydi.
10.3-rasm. Taxtlash mashinasining sxemasi
to'kima; 2- o'ram; 3- taranglash moslamasi; 4- tortuvchi vallar; 5-to'plovchi va-
lik; 6- stol; 7- yo'naltiruvchi; 8 – val; 9-taxtlagich; 10 - qisqich.
SHunindek saralash, o'lchash va tozalash bo'limida to'qimani o'lchash va bir metr uzunlikda taxtlash uchun o'lchash-taxtlash mashinalaridan foydala- niladi (10.3-rasm).
To'qima 1o'ramadan 2 chiqib, taranglash moslamasi 3, tortuvchi juft valiklar 4 va to'plovchi valiklardan 5 o'tadi. Undan so'ng stol 6 va to'qima milkida o'rnatilgan to'qima yo'naltiruvchisidan 7 o'tadi. Bu moslama to'qima enini va taxtlash yo'nalishini bir xilda ushlab turadi. To'qima yo'naltiruvchi valikdan 8 o'tib, taxlagichga 9 boradi. Taxtlagich gorizontal yo'nalishda il- garilanma-qaytma harakat qilishi hisobiga ikkita qisqich 10 borasida to'qima taxtlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |