Zamonaviy saralash, tozalash va o'lchash jarayoni
Hozirda to'kuv dastgohida ishlab chiqarilgan to'qimalarni tez va sifatli saralash, tozalash va o'lchash jarayoniga katta e'tibor berilmoqda. Jarayonda in- formatsion va mikroprotsessorli boshqarish-nazorat texnologiyalari joriy etilmoqda.
10.4-rasmda Yashmaag (Hindiston) firmasining CT5000 saralash, o'lchash mashinasini ko'rinishi keltirilgan. Mashina har xil to'qimalarni saralash, o'lchashga mo'ljallangan. Mashinada kichik hajmli to'qima o'ramasidan katta hajmdagi to'qi- ma o'ramalarini ham saralash, o'lchash imkoniyatiga ega. Mashinada elastik to'qimalarni ham saralash, o'lchash mumkin. Mashina tezligi 0- 60 m/min bo'lib, qadamsiz rostlash imkoniyati mavjud. To'qima o'ramasi diametridan qat'iy nazar mashina tezligi doimiy saqlanib qoladi. To'qima nuksonlari aniqlanganda mashina avtomatik tarzda to'xtaydi.To'qima milki avtomatik nazorat etiladi. O'rama zichligini avtomatik tarzda urnatish mumkin.
10.4-rasm. Yashmaag firmasining CT5000 saralash, o'lchash mashinasi To'qimalarni saralash, o'lchash jarayonini sifatli amalga oshirish uchun ikki
ekranli saralash, o'lchash mashinalaridan foydalanilmoqda (10.5-rasm). "Konsan" (Ispaniya) saralash, o'lchash mashinasi ikki ekranli bo'lib, ekran 45-85 gradusga- cha og'ish imkoniyati va to'rt tomondan yoritish tizimiga ega. Mashina tezligi 0-60 m/min gacha bo'lib, qadamsiz rostlanadi to'qima eni 1400-1800 mm gacha saralab, o'lchanadi. "Konsan" (Ispaniya) saralash, o'lchash mashinasini quyidagi turlari mavjud:
Rulondan-rulonga
Rulondan -taxlamga
Taxlamdan -rulonga
Taxlamdan -taxlamga.
b)
10.5-rasm. Konsan rulondan - rulonga saralab, o'lchash mashinasi a)-texnologik sxemasi; b) mashinani old ko'rinishi;
tekshirilmagan to'kima ruloni; 2-yuqorigi ekran; 3-pastki ekran; 4-tekshirilgan to'kima ruloni.
Ikki ekranli mashinasi to'kimani ikkala tomoni ham (sirt va ters tmonlari) nazorat qilinish imkoniyatini beradi.
10.6-rasmda Konsan mashinasining a) "taxlamdan-rulonga" va b) "taxlamdan- taxlamga" turlari ko'rsatilgan.
b)
10.6-rasmda Konsan mashinasining a)"taxlamdan-rulonga" va" b) taxlamdan- taxlamga" turlari
Mashinada to'qimani saralash, o'lchash jarayonini texnologik omillari avtomatlashtirilgan.
Xitoy davlatida ham ko'plab (ST-TIM, ST-TFIM, ST-BM, ST-KFIM rusu- midagi mashinalar) saralash, o'lchash mashinalari ishlab chiqariladi.
Quyida ST-WFIM (ST- Suntex WFIM -Woven Fabric Inspection Machine) saralash, o'lchash mashinasining tavsifi keltirilgan (10.7-rasm). Mashinada to'qimani butun eni bo'yicha tekshiriladi. Tekshirish 60 gradus og'ishdagi mahkam- langan tekshirish ekrani orqali barcha tomonlama tekshiriladi. To'qima uzunligi va og'irligi standart bo'yicha o'lchaniladi. To'qima milki foto-sensor yordamida tek- shiriladi. To'qimani tekshirish bo'yicha ma'lumotlar 100 % kompter xotirasiga qayd etilib, halqaro "4 sistemali jarimalash " standartiga solishtiriladi.
10.7-rasm. ST-WFIM saralash, o'lchash mashinasi
Do'stlaringiz bilan baham: |