112
susayishi yoki bo‘lmasligi kuzatiladi. 6. Ko‘z qorachiqlarini har xil kattaligi–
anizokoriya. Shikastlangan tomonda midriaz–ko‘z qorachig‘ini kengayishi yuz
beradi. Argayle-Robertson belgilari.
IV NERVNI SHIKASTLANISHI
1.
Diplopiya, asosan pastga oyoq ostiga qaraganda bo‘ladi.
2.
Ko‘z olmasining pastga va tashqi tomonga harakati susayadi va u qisman
tepa va ichkariga qaragan holatda bo‘ladi.
VI JUFT NERVNI SHIKASTLANISHI
1. Ko‘z olmasining tashqi tomonga harakati chegaralangan va ichkariga
qaragan g‘ilaylik va tashqariga qaraganda diplopiya bo‘lishi kuzatiladi.
Orqa uzun yo‘l shikastlanganda ko‘z olmalarining birgalikdagi harakati
buzilib, kasal bir nuqtaga tikilib qoladi. Shunga nigoh falaji deyiladi. Bunday falaj
orqa uzun yo‘lni Varoliy ko‘prigida,
miya oyoqchalarida, kortiko-nukler yo‘llarini,
miya po‘stlog‘ini peshona qismini (8 Brodman maydoni) shikastlanishida paydo
bo‘ladi. (Ko‘z olmasini harakatlantiruvchi mushaklarni nigoh falajini ko‘rsatadigan
rasm).
Uch shoxli nervning (n. trigeminus) tuzilishi va vazifasi
Uch shoxli nerv faoliyatiga nisbatan aralash nerv bo‘lib, uning tarkibida
sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalari bor.
Sezuvchi qismi uchta neyrondan iborat. Birinchi
neyron chakka suyagi
piramidasining uch shoxli nerv botiqligida miyaning qattiq pardasi hosil qilgan
bo‘shliqda joylashgan yarim oy shaklidagi Gasser tuguni hujayralari. Bu
hujayralarning aksonlari uch shoxli nervning sezuvchi ildizini hosil qilib, Varoliy
ko‘prigi, o‘rta miya, uzunchoq miya va orqa miyadagi sezuvchi o‘zaklarga
yo‘naladi. Ularning dendritlari esa nervning uchta shoxini: 1-shox, ko‘z nervi (n.
ophtalmicus), 2-shox, yuqori jag‘ (n. maxillaris) va 3-shox, pastki jag‘ nervini (n.
mandibularis) hosil qilib periferiyaga yo‘naladi.
1) Ko‘z
nervi tugundan boshlanib, ko‘z kosasining yuqorigi tirqishi orqali
ko‘z kosasiga kiradi va quyidagi shoxlarga bo‘linadi:
a) Ko‘z yosh nervi (n. lacrimalis) bu nerv ko‘z shilliq pardasining tashqi
tomonini, yuqorigi qovoqni va ko‘zning ichki burchagi terisini innervatsiya qiladi.
b) Burun-kiprik nervi (n. nasociliaris) ko‘zning, burunning shilliq
pardalarini, peshona, ponasimon bo‘shliqlarni, g‘alvirsimon
suyakning orqa
qismini, burun terisini va bosh miya qattiq pardasini innervatsiya qiladi.
c) peshona nervi peshona terisini, ustki qovoq, ko‘zning medial burchagi
terisini va kon’yunktivani innervatsiya qiladi.
2. Yuqori jag‘ nervi uch shoxli tugundan boshlanib oldinga yo‘naladi va
yumaloq teshik orqali qanot-tanglay chuqurchasiga
chiqib quyidagi shoxlarga
bo‘linadi:
a) yonoq nervi (n. zugomoticus), chakka va yonoq sohasining terisini
innervatsiya qiladi.
113
b) ponasimon – tanglay nervlari (n.sphenopalatini) g‘alvirsimon suyakning
orqa qismini, ponasimon bo‘shliqni, burunni, hiqildoqni,
yumshoq va qattiq
tanglay va tanglay murtagi shilliq pardasini innervatsiya qiladi.
c) ko‘z kosasining pastki nervi (m. infraorbitalis) o‘z nomidagi teshik chiqib
pastki qovoq terisini va shilliq pardasini, ko‘z kosasi osti terisini,
tishlarni, hamda
gaymor bo‘shlig‘i shilliq pardasini innervatsiya qiladi.
d) yuqorigi milk nervlari (n. gingivalis superiores). Bu nervning shoxchalari
tish chigalini hosil qiladi va yuqori jag‘ning milkini, tishlarini, gaymor bo‘shlig‘i
va lunj shilliq pardasi retseptorlarini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: