306
Ekzogen omillarga emotsional zo‘riqish, gipodinamiya, ko‘p miqdorda
ovqatlanish, zararli odatlar kiradi.
Hozirgi zamonda psixoemotsional zo‘riqishni ahamiyati tobora o‘sib
bormoqda, bu hayot tarzi, urbanizatsiya, informatsion zo‘riqishlar bilan
tushuntiriladi. Salbiy emotsiyalar natijasida hosil bo‘ladigan turg‘un qo‘zg‘alish
o‘chog‘ini hosil bo‘lishi, arterial qon bosimini oshishiga olib keladi.
Gipodinamiya serebral tomirlarning reaktivligi va tonusining o‘zgarishiga
ta’sir qilib, arterial va venoz gipotoniyaga sabab bo‘lib, bosh miya qon tomir
kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Ko‘p ovqat, ayniqsa yog‘li mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish, yog‘
almashinuvining buzilishiga, bu esa o‘z navbatida qonning qayta taqsimlanishi va
miyada qon aylanishini buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Chekish va alkogol ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish, kabi zararli odatlar
serebrovaskulyar kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, miya infarkti ko‘p
hollarda zararli odatlari bor insonlarda uchrashi isbotlangan. Undan tashqari,
ularda xolesterin va fibrinogen miqdori oshadi, trombotsitlar agregatsiyasi ham
kuchayadi.
Endogen xavf omillariga
irsiy moyillik, arterial distoniya va gipertenziya,
giperxolesterinemiya va semizlik kiradi. Irsiy moyilligi bor shaxslarda
serebrovaskulyar patologiya ancha ertaroq boshlanishi va og‘irroq kechishi
aniqlandi. Bu shaxslar meteofaktorlarga sezgir va tashqi muhitni salbiy ta’siriga
beriluvchan bo‘ladilar.
Ateroskleroz rivojlanishida yog‘ almashinuvining buzilishi katta
ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda Fredriksonning giperlipoproteinemiya (GLP)
turini aniqlashda qo‘l keluvchi klassifikatsiyasi qabul qilingan.
β
–LP va pre-
β
–LP, triglitseridlar va xolesterinning to‘planishiga bog‘liq
holda 5 tipdagi GLP ajratiladi.
1-tip
– xilomikronlarning kattalashuvi bilan xarakterlanadi.
2-A tip
– lipoproteidlar fraktsiyasining yig‘indisi va xolesterinning sezilarli
ko‘payishi bilan xarakterlanadi.
2-B tip
– LP, triglitseridlar va xolesterin miqdorining ortishi bilan
xarakterlanadi.
3-tip
–
β
-LP, pre-
β
-LP va triglitseridlar hamda xolesterin miqdorining ortishi
bilan xarakterlanadi.
4-tip
–
β
-LP va xolesterin miqdori normal bo‘lgan holda, trigletsiridlarning
miqdorini oshishi bilan xarakterlanadi.
5-tip
– xilomikronlar va trigletsiridlar miqdorining ortishi bilan
xarakterlanadi.
Serebrovaskulyar kasalliklarning etiologiyasi turlicha bo‘lishi mumkin.
Sabablaridan birinchi o‘rinda gipertoniya kasalligi, ateroskleroz va ularni
birgalikda uchrashi turadi. Oxirgi vaqtda birlamchi va ikkilamchi vaskulitlarning
tserebrovaskulyar kasalliklar kelib chiqishida katta ahamiyatga ega ekanligi tan
olinmoqda.
307
Nerv tizimi qon tomir kasalliklar hozirgi kunda sivilizatsiya kasalligi
hisoblanmoqda, ko‘pchilik olimlar bularning o‘sishiga sabab ekologiya va ishlab
chiqarishni salbiy ta’sirlari bilan bog‘lamoqdalar. Ishlab chiqarishdagi zararli
omillarga fizik ta’sirotlar (vibratsiya, sovuq olish, radiatsiya, o‘ta yuqori chastotali
to‘lqinlar) ni ham kiritish lozim, bu omillar ham asab tizimi qon tomir kasalligini
keltirib chiqarishi mumkin.
Serebrovaskulyar kasalliklar yurak patologiyasi (miokard infarkti,
kardioskleroz, yurak nuqsonlari), qon kasalliklari (Verlgof kasalligi, leykoz,
politsitemiya) tufayli kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari bosh miya qon tomir
kasalliklariga bosh miya jarohati (masalan: subaraxnoidal qon quyilishi), miya
tomirlari anomaliyasi (anevrizmalar, arteriovenoz malformatsiyalar) ham sabab
bo‘lishi mumkin. Bolalar va o‘smirlarda serebrovaskulyar kasallik rivojlanishiga
arterial gipertoniya, vegeto-tomir distoniyasi, vaskulitlar, yurak patologiyasi,
tug‘ma va orttirilgan bosh miya jarohatlari va anevrizmalar sabab bo‘la oladi.
Turli xil etiologik omillar miyada qon aylanishining buzilishiga olib kelishi
natijasida miya to‘qimasida gipoksiya rivojlanadi. Gipoksiya o‘tkir yoki asta-sekin
rivojlanishi mumkin. Miyada qon aylanishining 1,5 minutga to‘xtashi es-hushning
yo‘qolishiga olib keladi, 3 minutdan keyin esa miya po‘stlog‘i hujayralarida
tarkibiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi va 6 minutdan keyin esa ular halok
bo‘ladi. Shunday qilib, tomir patologiyasida bosh miya to‘qimasining zararlanishi
har doim ikkilamchi bo‘lib, uning asosida miya to‘qimasining asta-sekinlik bilan
yoki o‘tkir rivojlanuvchi gipoksiyasi yotadi.
Serebral qon aylanishining buzilishida ko‘pgina patogenetik mexanizmlar
sababchi bo‘lib, ulardan asosiylari quyidagilar:
1.
Tomirlar nerv regulyatsiyasini buzilishi arteriyalar yoki miya ichi
tomirlarining turg‘un spazmi yoki dilyatatsiyasiga sabab bo‘ladi;
2.
Miyaning magistral tomirlaridagi morfologik o‘zgarishlar (okklyuziya,
stenoz, tomir rivojlanishidagi nuqsonlar).
3.
Umumiy gemodinamikaning buzilishi (yurak patologiyasi, hushdan
ketish, shok va boshqalar).
4.
Qon reologik xususiyatlarining o‘zgarishi, DVS – sindromi.
5.
Tromb yoki embol bilan tomirlarning tiqilib qolishi (zararlangan
yurakdan-yurak nuqsonlarida, infarktida, yurak ritmining o‘zgarishi va
boshqalarda).
6.
Kollateral qon aylanishning yetishmovchiligi.
7.
Mikrotsirkulyatsiyaning buzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: