Insultlar
Insult – miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi bo‘lib, miya funksiyalarini
har xil darajada buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Patologik jarayonning xarakteriga
qarab insultlar ishemik va gemorragik turlariga bo‘linadi.
Ishemik insult (miya infarkti)
Ishemik insultlar trombotik va trombotik bo‘lmagan insultlarga ajratiladi.
Miya infarkti arterial qonni miyaning ma’lum sohasiga oqib kelishining to‘xtashi
natijasidir.
Ishemik insult tranzitor ishemik atakalaridan tubdan farq qiladi. Bunda
metabolik va gemodinamik o‘zgarishlarining birga qo‘shilib, qon aylanishi
yetishmovchiligining ma’lum bosqichida miya moddasining nekroziga olib keladi.
Miyaning hamma (ayniqsa, jarohatlangan) sohalarida yuzaga keluvchi patoximik
311
reaksiyalar neyronlari zanjiri buzilishiga, astrotsitoz va gliyaning aktivatsiyasi,
miyaning trofik ta’minlanishi disfunksiyasiga sabab bo‘ladi. Bularning natijasida
miya infarkti shakllanadi va u ikkita mexanizm bo‘yicha ketishi mumkin:
hujayralarning neyrotik o‘limi va apoptoz – hujayraning genetik programmalash-
tirilgan o‘limi ko‘rinishida. Ishemik insultning og‘irligi miyada qon aylanishi
buzilishining chuqurligi, perfuziyagacha bo‘lgan davrining uzunligi va
ishemiyaning davomiyligiga bog‘liq. Miyaning qon bilan ta’minlanishi eng ko‘p
(10ml/100g/min) pasaygan sohasi birinchi klinik belgilar paydo bo‘lgan lahzadan
boshlab 6-8 daqiqa davomida qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarga uchragan
bo‘ladi.
Bir necha soat davomida markaziy nuqtali infarkt ishemiyalangan, ammo
tirik to‘qima bilan o‘ralgan (miyada qon aylanishi 20-40 ml/100 g/ min) bo‘ladi.
Bu – ishemik yarim soya sohasi yoki penumbra deyilib, u yerda energetik
metabolizm umuman olganda saqlangan bo‘lib, tarkibiy o‘zgarishlar esa yo‘q.
Penumbraning mavjudlik davri har bir bemor uchun individual bo‘ladi va davolash
choralarini yuqori darajada effektiv olib borish mumkin bo‘lgan davr (“terapevtik
darcha”) chegaralarini belgilaydi.
Miya infarkti ko‘p qismining shakllanishi insultning birinchi belgilari paydo
bo‘lgandan 3-6 soatdan keyin tugallanadi. O‘choqning oxirigacha shakllanishi esa
48-56 soat davomida, ba’zida undan ko‘p ham davom etish mumkin. Oxirgi
ma’lumotlar ishemik insultning o‘tkir davrida autoimmun jarayonning ahamiyati
bor ekanligini ko‘rsatadi, bu anti – DNK, zardobga va serebrospinal suyuqlikdagi
miyelinning asosiy oqsiliga qarshi antitanalar miqdorining oshishi bilan namoyon
bo‘ladi.
Ishemik insult uyqu paytida yoki uyqudan keyin darhol rivojlanishi mumkin,
ayrim hollarda jismoniy zo‘riqishdan so‘ng, issiq vanna qabul qilgandan so‘ng,
alkogol ichimliklar ichgandan so‘ng va to‘yib ovqatlangandan so‘ng ham kelib
chiqishi mumkin. Ishemik insult uchun o‘choqli nevrologik belgilarning asta-sekin,
1-3 soat davomida, rivojlanib borishi xarakterli. 30% hollarda kasallik o‘tkir,
to‘satdan boshlanishi, o‘choqli nevrologik belgilarning yaqqol namoyon bo‘lishi
kuzatilib, bu hol yirik arteriyaning o‘tkir bekilishiga xos.
Ishemik insult uchun o‘choqli nevrologik belgilarning umumiy miya
belgilaridan ustunlik qilishi xarakterli.
Umumiy miya belgilari insultning apoplektiform rivojlanishida kuzatiladi va
bu belgilar miyaning tarqoq infarkti uchun xos bo‘lgan miya shishishida oshib
boradi.
O‘choqli nevrologik belgilar miya infarktining joylashishiga bog‘liq. Miyani
mayda qon tomirlarining patologiyasi lakunar insultlarga olib kelishi mumkin. Bu
insult o‘lchamlari 1,5 smdan oshmaydi. Lakunar insultlar ko‘proq gipertonik kasal,
vaskulitlar, migren, antifosfolipid sindrom fonida paydo bo‘ladi. Klinik
ko‘rinishidan bu insult “faqat harakat buzilishlari”, “faqat sezgi buzilishlari”,
ataksiya va dizartriya va boshqa o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladi. Ayrim
holatlarda lakunar insult klinikasi namoyon bo‘lmaydi “soqov insult”, biroq KT va
MRT da o‘choqlar aniqlanadi. Klinik simptomokompleks asosida o‘choq kattaligi,
312
infarkt lokalizatsiyasi va zararlangan qon tomir havzasi to‘g‘risida fikr yuritish
mumkin. Ko‘p hollarda miya infarktlari ichki uyqu arteriyasi havzasida
(vertebrobazillyar tizimga nisbatan 5-6 marta ko‘p) kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |