304
•
Organik mikrosimptomatika funksiyalarni
buzilishi holatisiz
(anizorefleksiya, tilning yengil deviatsiyasi va boshqalar)
•
Harakatlarni buzilishi (parezlar, falajlar, ekstrapiramidaning va miyachaning
zararlanish sindromlari)
•
Sezgining buzilishi (og‘riqlar, sezgining kamayishi)
•
Sezgi a’zolarining
funksiyasini buzilishi
•
Oliy po‘stloq funksiyasining buzilishga doir o‘choqli belgilar (afaziya,
agrafiya, aleksiya va boshqalar)
•
Epilepsiyasimon xurujlar (umumiy, o‘choqli)
•
Intellektni xotirani, emotsiyani o‘zgarishi
•
Psixopatologik belgilar
•
Boshqalar
Rossiyada RAMN nevrologiya ITI tomonidan
ishlab chiqilgan bosh miya
tomir kasalliklarining klassifikatsiyasi qabul qilingan:
1.
Miyada qon aylanishining surunkali yetishmovchiligi
(yoki miyada sekin
rivojlanuvchi qon aylanishining buzilishi):
1.1. Bosh miyada qon aylanishi yetishmovchiligining boshlang‘ich
belgilari.
1.2. Distsirkulyator ensefalopatiya (1,2 va 3 bosqichlari).
2.
Miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishlari.
2.1. Miyada qon aylanishining o‘tib ketuvchi buzilishlari.
2.1.1. Tranzitor ishemik atakalar.
2.1.2. Gipertonik serebral krizlar.
2.2. Insultlar.
2.2.1. Ishemik insultlar.
2.2.2. Gemorragik (parenximatoz, pardali, parenximatoz–pardali)
2.3. O‘tkir gipertonik ensefalopatiya.
Bosh miyaning qon bilan ta’minlanishini
anatomo-fiziologik xususiyatlari
Bosh miya 2 ta qon tomir havzasi: (o‘ng va chap) ichki uyqu arteriyasi tizimi
va vertebro-bazillyar tizim orqali qon bilan ta’minlanadi.
Ichki uyqu arteriyasi umumiy uyqu arteriyasini qalqonsimon tog‘ayning
yuqorigi sohasida ichki va tashqi uyqu arteriyalariga bo‘linishi natijasida hosil
bo‘ladi. Ichki uyqu arteriyasi kalla ichiga
foramen caroticum orqali kirib, g‘ovak
sinus tomon yo‘naladi. Undan chiqib ko‘z arteriyasi shoxini beradi. Keyin ichki
uyqu arteriyasi oldingi va o‘rta miya arteriyalariga bo‘linadi. Ular bosh miyaning
peshona, chakka va tepa bo‘laklarini qon bilan ta’minlaydi.
Umurtqa arteriyasi o‘mrov
osti arteriyasidan boshlanib, bo‘yin
umurtqalarining ko‘ndalang o‘simtalaridagi teshiklar orqali o‘tadi, keyin u bosh
miyaga katta teshik orqali kirib uzunchoq miya ostidan o‘tadi va qarama-qarshi
tomonidagi shu nomdagi arteriya bilan qo‘shilib asosiy arteriyani hosil qiladi.
Ikkala umurtqa va asosiy arteriyalar vertebrobazillyar tizimini hosil qiladi.
Undan
305
quyidagi shoxlar chiqadi: miyacha arteriyalari (yuqorigi, oldingi va orqa pastki
miyacha arteriyalari), miya so‘g‘oni arteriyalari va orqa miya arteriyalari.
Vertebro-bazillyar tizim bosh miyaning ensa bo‘lagini, miya yarim sharlarini
chakka-asos bo‘laklarini, miya so‘g‘oni va miyachani qon bilan ta’minlaydi.
Alohida arterial basseynlar o‘zaro rivojlangan kollaterallar to‘ri bilan bog‘langan,
ular quyidagilar:
1.
Miya asosidagi
Do'stlaringiz bilan baham: