Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


-rasm.  O‘rta miyani ko‘ndalang kesimi



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

16-rasm.
 O‘rta miyani ko‘ndalang kesimi.
1. Spinotalamik yo‘l 
2. Medial qovuzloq 
3. Lateral qovuzloq 
4. Miya oyoqchasi 
5. Ko‘ruv trakti 
6. Qora modda 
7. Qizil o‘zak 
8. Silviy suv yo‘li 
9. Edinger Vestfal o‘zagi 
10. III juft nervning o‘zagi 
Uning ildizi qisman kesishma hosil 
qilib, miya oyoqchalarining medial tomonidan tashqariga chiqadi. Bu sohani 
qopqog‘ini yuqorigi ikki tepacha hosil qiladi. Ular po‘stloq osti ko‘ruv markazi 
hisoblanadi, chunki bu ikki tepachadan chiquvchi tolalar tutami tashqi tizzasimon 
tanaga va ko‘ruv bo‘rtig‘iga qarab yo‘naladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘rta miyasi 2,5 gr bo‘lib, shakli va tuzilishi 
kattalarnikidan farq qilmaydi. Qora modda hujayralari va to‘r formatsiyasi o‘rta 
miya uzunligi bo‘ylab joylashgan bo‘ladi va rangpar sharga davom etadi. Uning 
hujayralari yaxshi takomillashgan bo‘ladi, ammo pigment bo‘lmaydi. Pigment 3-4 
yoshda paydo bo‘la boshlaydi va jinsiy balog‘atga yetish davrida ko‘payib ketadi. 
Qizil o‘zak yaxshi rivojlangan, u 2-4 yoshlarga borib pigmentga ega bo‘la 
boshlaydi. Piramida tizimi tolalari va medial ilmoqlar miyelin bilan yaxshi 
ta’minlangan bo‘ladi.
Miya so‘g‘onining qon bilan ta’minlanishi.
Miya so‘g‘onining qon bilan ta’minlashda umurtqa va asosiy arteriyalarning 
3 guruh tarmoqlari ishtirok etadi. 
1. Oldingi paramedial yoki o‘rta arterial tarmoqlar mayda va qisqa qon 
tomirlar bo‘lib, ular miya so‘g‘onining oldingi yuzasini; 
2. Kalta aylanma yoki ildiz arteriyalari miya so‘g‘onining yon–orqa yuzasini 
qon bilan ta’minlaydi.
3. Uzun aylanma arteriyalar uchta: miyachaning yuqorigi (a.cerebelli 
superior), o‘rta (a.cerebelli media) va pastki-orqa (a.cerebelli inferior posterior) 
arteriyalaridan iborat. Miyachaning yuqorida ko‘rsatilgan 3 ta arteriyasining ayrim 
shoxchalari qisman miya so‘g‘onining orqa yuzasini qon bilan ta’minlashda 
ishtirok etadi. 
Miya so‘g‘onining qon bilan ta’minlanishining rasmi.
Miya so‘g‘oni orqa miyaning segmentar apparati kabi 3 ta: reflektor, tonik 
va trofik vazifalarni bajaradi. Ammo bu vazifalar ancha murakkablashib boradi. U 
murakkab harakatlarni, o‘z-o‘zidan bajariluvchi shartsiz reflektor avtomatik 
holatlarni vujudga keltiruvchi soha bo‘lib, ularni bajarilishida bir necha sistemalar 
ishtirok etadi: to‘r formatsiya (formatio reticularis) uzunchoq miya, ko‘prik, o‘rta 
miya va orqa miyalarning barcha harakatlantiruvchi va sezuvchi yo‘llari.


 30
Miya so‘g‘onining reflektor vazifalari ichida nafas olish va yurak faoliyatini 
boshqarish alohida o‘rinda turadi, chunki ularni bajarilishi har doim sezuvchi 
ta’sirotlarga bog‘liq bo‘lavermaydi. Nafas olishning ta’minlanishi qondagi CO
2
ni 
miqdoriga va tashqi mexanik taassurotlarga ham bog‘liqdir. Tilni ritmik chiqarish 
bilan va ko‘krak qafasi mushaklarini mexanik qisqartirish, qorin pressi va 
diafragmani harakati orqali ham nafas olishni o‘zgartirish mumkin. Bu holat 
klinikada sun’iy nafas oldirishda keng qo‘llaniladi. Nafas olishga yana V, VII, IX 
bosh miya nervlarining tilga taalluqli bo‘lgan tolalarini qitiqlash ham ta’sir 
ko‘rsatadi, chunki nafas refleksining efferent qismini V va X nervlarning sezuvchi 
tolalari hosil qiladi. Bu refleksni afferent qismi bir tomondan adashgan nerv orqali 
diafragmaga boradi, ikkinchi tomondan qo‘shimcha nerv orqali to‘sh-o‘mrov 
so‘rg‘ichsimon va trapesiyasimon mushaklarga boradi. Bundan ham 
murakkabrog‘i yurak faoliyatini miya so‘g‘oni orqali reflektor tartibga solinishidir.
Adashgan nervning qaysi o‘zagida yurak faoliyatining boshqaruvchi markaz 
joylashganligi hali isbotlanmagan. Taxminiy fikrlarga ko‘ra bu markaz (n.dorsalis 
n.vagi) pastki qismida bo‘lsa kerak deyiladi, chunki X nervning orqa o‘zagi yurak 
faoliyatini tezlashtirishi ma’lum. X nervdan yurakning ishini sekinlashtiruvchi 
tolalar ham boradi.
Miya so‘g‘oni faoliyatiga vazomator vazifani tartibga solish ham xosdir.
Miya so‘g‘onining reflekslar vazifasi deganda so‘rish, chaynash, yutish, 
mimikani boshqarish kabi reflekslar tushuniladi. O‘rta miyaning oldingi va orqa 
ikki tepaliklarida murakkab start, tonik harakat aktlari va birlamchi eshituv va 
ko‘ruv markazlarning reflektor yoyi ham kiradi. Miya ustunini tonik vazifasi 
mushak tonuslari harakat vaqtida boshqarish tushuniladi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish