Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Klinik ko‘rinishlari. 
Prodromal davr o‘tgandan so‘ng kasallik tana harorati 
38-39
0
C gacha ko‘tarilishi, qaltirash bilan o‘tkir rivojlanadi. Ko‘krak va orqada 
og‘riqlar, oyoqlarda paresteziyalar paydo bo‘ladi. Oyoqlardagi bo‘shashish 2-3 
kungacha davom etib, so‘ng falajlik yuz beradi. Ko‘pincha orqa miya ko‘ndalangi 
zararlanadi va klinik belgilar patogenetik o‘choq lokalizatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Orqa miyani ko‘krak qismi ko‘pincha zararlanadi, shuning uchun miyelitga pastki 
paraplegiya, sezgini o‘tkazuvchi tipda buzilishi bilan zararlangan ildizlar bo‘ylab 
belbog‘simon, tortishuvchi og‘riqlar, chanoq a’zolari funksiyasini buzilishi, siydik 
va axlat tutilishi ko‘rinishida kechadi. Kasallikni o‘tkir rivojlanishi davrida falaj 
avval periferik keyinchalik markaziy (spastik) xarakterga ega bo‘ladi. Orqa miya 


 240
suyuqligida, birinchi kunlarda pleositoz 10 dan 100 gacha 1 ml va oqsil 2-3 marta 
oshadi. Keyinchalik oqsil miqdori yanada oshib oqsil-hujayra dissotsiasiyasi 
rivojlanadi.
Ko‘ndalang miyelitning o‘tkir davri 5-6 haftadan 2-3 oygacha, tiklanish 
davri – 2 yilgacha davom etadi. Kasallikni kechishi turlicha bo‘ladi. Kasallik 
yengil kechganda (o‘tkir davri) jarayon stabilizatsiyalanib belgilar regressi vujudga 
keladi. Kasallik og‘ir kechganda yuqoriga ko‘tariluvchi miyelit (Landrining 
ko‘tariluvchi falaji) rivojlanadi, prosess kuchayib borib, miya so‘g‘onini ham 
zararlaydi, bunda bulbar falaj, nafas va qon tomir faoliyati buzilishi ro‘y beradi.
Og‘ir holatlarda miyelit seltikomiyeliya bilan asoratlanadi. Infeksiyaning 
kirish yo‘llari keng maydonni egallagan yotoq yara, siydik yo‘llari yallig‘lanishi 
mumkin, bu chanoq a’zolari funksiyasi buzilishi natijasida ro‘y beradi (sistit, 
uretrit, nefrit). 
O‘tkir demiyelinizatsiyalashgan miyelit tarqoq ensefalomiyelitning 
redutsirlangan shakli deb hisoblanadi, miyelitda protsess faqat orqa miyani o‘z 
ichiga oladi. O‘tkir ko‘ndalang miyelit bu shaklidan orqa miyada turli mayda 
yallig‘lanish o‘choqlari borligi bilan farqlanadi. Bu mayda o‘choqlar klinik yuzaga 
chiqmaydi, lekin kasallikning qo‘shimcha belgilari namoyon bo‘lishi mumkin. 
Shuning uchun bemorlarda tananing o‘ng va chap yarmida sezgi va harakat 
o‘zgarishlari turlicha namoyon bo‘ladi.
O‘tkir osti miyelit ko‘pincha keksa kishilarda uchraydi, ayniqsa surunkali 
o‘pka-yurak yetishmovchiligi bor bemorlarda.
Nekrotik miyelit progressivlanuvchi amiotrofik paraplegiya bilan 
xarakterlanadi. Bunda kasallik avj olib borishi davomida orqa miyaning spastik 
prosessi sekin asta periferik jarayon bilan almashinadi. Sezgi buzilishlari kechroq 
rivojlanadi va u dissosialashgan xarakterga ega. Likvorda oqsil hujayra 
dissotsiasiyasi yengil pleosetoz bilan birga namoyon bo‘ladi. Kasallik o‘tkir osti 
kechib, 1-2 yil davomida o‘limga olib keladi.
Optikomiyelitda orqa miya bilan birga ko‘ruv nervi ham zararlanadi. Ko‘p 
mualliflar bu sindromni tarqoq skleroz deb hisoblaydilar.
Optikomiyelit (yoki optikoensefalomiyelit) klinikasi bitemporal 
gemianopsiya, turli xil skotoma, shuningdek ko‘rish o‘tkirligi pasayishi bilan 
(ko‘rlikka olib keladi) kechadi. Ko‘z tubida ko‘ruv nervi diski oqarishi ko‘rinadi. 
Harakat va sezgi buzilishlari orqa miyaning zararlanish o‘chog‘iga bog‘liq: spastik 
tetraparez (S
1
-S
4
segmentlar zararlansa), yuqorigi periferik parez, pastki spastik 
parez (S
5
-D
2
, D
3
-D
12
), pastki periferik parez (L
1
-S
2
) zararlanishi ko‘rinishida 
bo‘ladi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish