Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 
ENSEFALITLAR
Ensefalitlar – bosh miyaning yallig‘lanishi bo‘lib, infeksion agent yoki yot 
oqsilni organizmga kirishiga javob reaksiyasi bo‘lib hisoblanadi.
Tasnifi, etiologiyasi, patogenezi, patomorfologiyasi.


 232
Tasnifi 
1. Rivojlanish xarakteriga ko‘ra: birlamchi; ikkilamchi.
2. Etiologiyasiga ko‘ra: virusli, bakterial, zamburug‘li, parazitar, nospetsifik.
3. Kechishi bo‘yicha: o‘tkir, o‘tkir osti, surunkali.
4. Jarayonni joylashuviga ko‘ra: po‘stloqda, po‘stloq ostida, so‘g‘onda, 
diffuz. 
5. Yallig‘lanish xarakteriga ko‘ra: nekrotik, gemorragik, granulematoz, 
aralash, yiringli.
Birlamchi ensefalitlar – mustaqil kasallik hisoblanib, GEB orqali 
qo‘zg‘atuvchining kirishi natijasida kelib chiqadi.
Ikkilamchi ensefalitlar – virusli infeksiyalar, allergiya yoki mahalliy 
yallig‘lanish jarayonlari asorati bo‘lib, immunologik mexanizmlardan iborat va 
demielinizatsiya bilan o‘tadi. Ular 2 ga: parainfeksion, postvaksional guruhga 
bo‘linadi.
Ensefalitlarning etiologiyasi turli xil bo‘lishi mumkin, ammo miya 
yallig‘lanishining asosiy sababchisi viruslar hisoblanadi: arboviruslar (kana va 
chivin ensefaliti virusi), enteroviruslar (Koksaki, ESNO, polivirus), gerpetik 
viruslar (zoster, sitomegalovirus), retroviruslar (VICh), miksoviruslar (parotit, 
gripp). Ensefalitlarning katta guruhi ekzantem infeksiyalar (qizamiq, qizilcha 
viruslari) orqali kelib chiqadi. Oxirgi vaqtda qutirish virusi (rabdo virus) bilan 
chaqiriluvchi ensefalitlar ham uchrayapti.
Ensefalit ikkita va undan ko‘p viruslar ishtirokida ham paydo bo‘lishi 
mumkin. Meningoensefalit qo‘zg‘atuvchisi bakteriyalar (brutsellalar, 
meningokokklar, spiroxetalar, mikobakteriyalar, streptokokklar), rikkesiyalar, 
zamburug‘lar bo‘lishi mumkin.
Ensefalit patogenezi murakkab va miya to‘siqlari bilan bevosita bog‘liqdir. 
Ensefalitlar bilan zararlanish alimentar (enteroviruslar, arboviruslar, poliviruslar), 
transmissiv-kana, chivin, moskitlarni (arbovirus) chaqishi bilan, havo-tomchi 
(gripp, paragripp virusi) yo‘llar bilan sodir bo‘lishi mumkin.
Zararlanish manbai bo‘lib kasal odam yoki tashuvchi bo‘lishi mumkin. 
Transmissiv zararlanishda infeksiya manbai bo‘lib, mayda yovvoyi kemiruvchilar, 
qushlar, uy qora mollari hisoblanadi.
Birlamchi ensefalitlar epidemik va sporadik bo‘lishi mumkin. Arbovirusli 
ensefalitlar mavsumiylikka (faqat yilning issiq vaqtida sodir bo‘ladi) va endemik 
(tabiatda mahalliy o‘choq) hususiyatiga ega.
Ikkilamchi ensefalitlarda epidemiologik qonuniylik yo‘q. Ikkilamchi 
ensefalitlar asosiy infeksion kasalliklarni avj olish vaqtida (5-7 kuni) yoki 
vaksinasiyadan keyin rivojlanadi va o‘tkir kechadi. Ularning rivojlanishi 
organizmning individual xususiyatlariga bog‘liq. Patologik jarayonni tarqalishida 
asosiy o‘rinda allergik omil turadi. Bu kasallikni patomorfologik ko‘rinishi va 
kechishini aniqlaydi.
Autoimmun jarayonlar ensefalitni o‘tkir osti yoki surunkali jarayonga 
o‘tishiga sabab bo‘ladi. Patomorfologik o‘zgarishlar etiologik omilga bog‘liq. 
Birlamchi ensefalitlarda shish, giperemiya, mayda qon quyilishlar, perivaskulyar 


 233
infiltrasiya, gliyalar proliferasiyasi, o‘choqli yoki diffuz infiltratlar, nekroz 
sohalari, neyron destruksiyasi va neyrofagiya aniqlanishi mumkin. Bu holatda 
asosan kulrang modda (po‘stloq, po‘stloq osti tugunlari hujayralari, bosh miya 
nervlari o‘zaklari) zararlanadi.
Ikkilamchi ensefalitlarda qon tomirlarda perivaskulyar infiltrasiya 
ko‘rinishida yallig‘lanish reaksiyasi kuzatiladi. Bu holat oq moddaning diffuz 
zararlanishi, demielinizatsiya va mikrogliya proliferasiyasi bilan kechadi.
Yashin tezligidagi para va postinfeksion ensefalitlarda autopsiyada faqat 
miyani bukilishini ko‘rish mumkin.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish