Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

 
Davolash
Statsionar holatda olib boriladi.
Yiringli meningitlarni davolash 
Bemorni albatta statsionar yotqizib davolanadi:
1. Etiotron davolash – birlamchi infeksiya o‘chog‘i sanatsiyasi; parenteral 
antibiotikoterapiya kamida 10 kungacha qilinishi kerak. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi 
noaniq bo‘lganda penitsillin guruhidagi antibiotiklar qilinadi. Bunda vena ichiga 
yoki mushak orasiga benzil penitsillin 1 kg vaznga 200-300 ming ed miqdorida har 
3-4 soatda qilinadi. Antibiotikni olib tashlashga sitozni 1 mkl da 100 va undan kam 
bo‘lishi va limfotsitlarni 75% ko‘p bo‘lishi asos bo‘lib hisoblanadi. Agar antibiotik 
yuborilganda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lmasa sutkali doza 2 marta oshiriladi. Agar 
bemor koma holatida yoki davolash kech boshlanganda penitsillin dozasini 1 kg 
vaznga 800 mingdan 1 milliongacha ko‘paytiriladi.
Turli bakterial meningitlarda (meningokokk, pnevmokokk etiologiyali) 
ampitsillin ham qilinadi. Bunda har 4 soatda 2-2,5 g mushak orasiga yoki vena 
ichiga yuboriladi (sutkalik doza 12-15 g).
Penitsilinga allergiya bo‘lganda alternativ antibiotik sifatida levomisin 
suksinat natriy 1-2 g dan sutkada 2-4 marta vena ichiga yuboriladi (sutkali doza 4 g).


 231
Aminoglikozidlar gentamitsin gematoensefalik to‘siqdan kattalarda yaxshi 
o‘tmaydi, bolalarda esa likvorga so‘rilishi maksimal holda bo‘lib, 5 mg/kg sut. 
vena ichiga har 8 soatda yuboriladi.
Kanamitsin – 15mg/kg/sut har 12 soatda yuboriladi. Ortiqcha ta’siri: 
quloqda shovqin, eshitish pasayishi, vestibulyar buzilishlar, nefrotoksik ta’sir, 
allergik reaksiya. 
Eritromitsin – sutkada kattalarga 4-8 g, bolalarga 40-50 mg/kg vena ichiga 
har 6 soatda yuboriladi.
III avlod sefalosporinlari (seftriakson, sefotaksim, seftizoksim, seftazidim) 
ham gemato ensefalitik baryerdan yaxshi o‘tadi. Seftriakson – kattalarga 4-6 g/sut 
har 8-12 soatda, bolalarga 80-100 mg/kg/sut har 6 soatda.
Sefotaksim – 12 g/sut har 4 soatda yuboriladi.
Shuningdek: Dezintoksikatsiya maqsadida gemodez, reopoliglyukin, 
reoglyuman, albumin, polidez. Bunda gemodezni dezintoksian effekti 15-20 min. 
keyin bilinadi va 4-6 soat saqlanadi. Og‘ir hollarda yiringli meningitlarda 
likvorosorbtsiya qilinadi.
Nafas olishni og‘ir buzilishlarida IVL qilinadi. Gipovolemiya holatida 
suyuqlik yuborishni me’yordagidan 2/3 qismga kamaytiriladi, chunki miya 
shishishi mumkin.
DVS sindromida gepprin qilinadi. Miya shishishida glyukokortikoidlarni 
qilish to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatma bo‘lib, gidrokortizon 1000 mg, prednizolon –
250 mg, deksametazon 40 mg/sut gacha.
Uoterxaus-Frideriksen sindromini oldini olish uchun kortikosteroidlar 
deksametazon 3 mg/kg vena ichiga tomchilab yuboriladi.
Qonning kislotali-ishqoriy balansini yaxshilash uchun metabolik atsidozda 
4% gidrokarbonat natriy – 200 ml vena ichiga tomchilab yuboriladi, metabolik 
alkolozda esa 4% kaliy xlorat–50-100 ml yuboriladi. Shuningdek kardiotonik 
moddalar (korglikon, strofantin) qilinadi. Psixomotor qo‘zg‘alishda va og‘riqda 
seduksen, dimedrol, analgin qilinadi.
Zamburug‘ chaqiruvchi meningitni davolashda asosiy dori bo‘lib 
amfoteritsin V hisoblanadi. Preparat 5% glyukoza eritmasida 1 kg vaznga 1 mg 
miqdorida vena ichiga tomchilab yuboriladi. Dorini dozasini sekin-asta oshirish 
mumkin. Odatda 7-10 davomida umumiy hajmi 2-6 g miqdorida davolash kursi 
o‘tkaziladi.
Yangi zamburug‘ga qarshi doriga flukonazolni tavsiya etish mumkin. Uning 
dozasi 400 gr bir sutkasiga, bolalarga esa 1 kg vaznga 3-6 mg hisobida yuboriladi. 
Bu preparat amfoteritsinga qaraganda toksik ta’siri kam.
Yangi dorilardan diflyupan, ankotillarni ichish uchun ham tavsiya etish 
mumkin.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish