171
va ilik, ikkinchisiga – limfa tugunlari, Peyer pilakchalari, yutqin limfa xalqasi,
taloq kiradi. Limfotsitlar yetiladi va immun tizimining markaziy a’zolarida
antigenga nisbatan o‘ziga xoslik paydo bo‘ladi, ularning antigenga xos faolligi esa-
ikkilamchi a’zolarda sodir bo‘ladi. Limfotsitlar faollashgandan so‘ng, ularning
yerigan mahsulotlari periferiyaga o‘tib ketadi va antigen joylashgan yerga borib
o‘zining himoya vazifasini ado etadi.
Immun kompetent hujayralar subpopulyatsiyaga bo‘linadi. Har bir
subpopulyatsiya ma’lum o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatga ega va alohida yuzaki
molekulalarni olib yuradi va ular alohida monoklonal antitelalar deb tan olinadi.
Antigenga immunologik javob – ko‘p ketma-ket bo‘luvchi jarayon bo‘lib,
bunda turli xil hujayralar va hujayra oraliq o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi – sitokinlar
ishtirok etadi. Avvaliga antigenlarni tanish, ajrata bilish, so‘ngra antigenni alohida
hujayralarda tasavvur etish, o‘ziga mos keluvchi hujayralarni faolligi (proliferasiya
va differensirovka) e’tirof etildi, bular sitokinlar nazoratida bo‘ladi. Mazkur
regulyator molekulalarni asosiy qismini interleykinlar, interferonlar va o‘stiruvchi
omillar tashkil etadi. Immun tizimining effektor qismi bu faollashtirilgan hujayra
va antitela bo‘lib, turli usulda elimentlashgan antigendan iborat. Bu jarayonda
fagositar hujayralar va komplement ishtirok etadi. Antigenlarni olib tashlovchi ikki
asosiy usulning mavjudligi immun tizimini ikkiga hujayra va gumoral qismga
bo‘linishiga olib keladi. Hujayra va gumoral immunitet o‘zaro bog‘langan bo‘lib,
birgalikda harakat qiladi, faqat ular o‘rtasidagi farq effektor javob vaqtida
namoyon bo‘ladi. Hujayraga oid javob T-limfatsitlar bilan bog‘langan bo‘lib,
shartnoma holda subpopulyatsiyaga bo‘linadi. Immunologik javobni faol
tarqalishiga va kuchayishiga sababchi asosiy hujayralar – T-xelperlar hisoblanadi.
T-xelperlar faollik vaqtida sitokinlar ishlab chiqaradi, ular o‘z navbatida antitela
ishlab chiqishini va antigenlar eliminasiyasini kuchaytirib yuboradi. Bakterial va
virus antigenlari eng ko‘p darajada hujayra immunitetini faollovchi T-xelperlarni I
tipini kuchaytiradi. Allergenlar va parazitar antigenlar esa gumoral immunitetni
faollashtiruvchi T-xelperlarni II tipini kuchaytiradi deb hisoblanadi. (Del. Prete G.
et al. 1994).
T-hujayralar timusda o‘sib yetiladi va periferik qonni 70-80 % ni tashkil
qiladi. Barcha yetilgan yirik T-hujayralar o‘zini yuzasida T-hujayra retseptori
molekulasi bilan bog‘langan marker-SDZ molekulasini olib yuradi. Boshqa
markerlarning ekspressiyasiga bog‘liq bo‘lgan T-hujayralar orasida ikki asosiy
subpopulyatsiya ajratilgan: SD4-retseptorlik hujayralar (xelperlar/induktorlar) va
SD8-retseptorlik (supressor/killer) hujayralar. Hozirgi kunda ma’lumki, T-
hujayralarning ekspressiyasiga bog‘liq bo‘lgan SD4 va SD8 molekulalarini hujayra
membranasida bo‘linishi ularning funksional faolligiga to‘la mos kelmaydi,
aksincha bu hujayralarning qobiliyati o‘ziga mos keluvchi hujayralar yuzasidagi
molekulasining xususiyatini aks ettiradi (Germain R. 1994).
Do'stlaringiz bilan baham: