167
protonlarni qarama-qarshi yo‘nalishda pereorientatsiya bo‘lishiga olib keladi.
Natijada sinxronlikni ko‘p darajada yo‘qotgan protonlar, juda qoloq holga tushadi.
Xuddi shunday interval (oraliq) vaqtdan so‘ng bu protonlar sinxronlikni yo‘qotish
darajasi bo‘yicha sinxronlikni sekin yo‘qotgan protonlarga yetib oladi-yu va shu
vaqtda ko‘ndalang magnitlashuv sodir bo‘ladi. Qabul qiluvchi apparat signalni
yozib oladi, uning amplitudasi ko‘ndalang relaksatsiya vaqtiga turli xil tashqi
magnit maydon ta’siriga bog‘liqdir.
MR – tomogrammaning tuzilish uslublari, olingan MR tasvirining sifati
Ekrandagi tasvir juda ko‘p alohida elemenlardan-piksellardan (pixels-pistune
elementis) tashkil topgan bo‘lib, ular o‘rganilayotgan obyektni
minimal sonlik aksi
hisoblanadi. Har bir pikseldagi signalning yorug‘lik holati, magnitlanish darajasiga
proporsional mazkur birlik hajmiga – vokselga (voxel – volume element) va bu
holat magnitlanishda ishtirok etayotgan protonlarning soniga va kesmaning
qalinligiga bog‘liq. Monitor ekranida har bir vokselga ma’lum yorug‘lik nuqtasi
to‘g‘ri keladi: bunda minimal signal qora, maksimal esa-oq rangda bo‘ladi. Har bir
anatomik tuzilmalardan kelayotgan signallar jamlanadi, shuning uchun bir voksel
atrofida turli to‘qimalarni ajratib bo‘lmaydi. Bu xususiyat
vokselni uncha katta
bo‘lmagan optimal hajmni qidirishga imkoniyat beradi. Chunki har xil
to‘qimalardan kelayotgan signallarni jamlaganda noto‘g‘ri natija beradi. Voksel
juda kichik bo‘lmasligi kerak, chunki aks etayotgan tasvirning elementlari juda
katta bo‘lib ketadi va kompyuter xotirasida ko‘p joy egallaydi. Kesmaning
qalinligini kamaytirish hisobiga vokselni ko‘proq kamayishi signalni kuchini ham
kamayishga olib keladi. Chunki magnitlashda ishtirok etuvchi protonlar kam
miqdorda bo‘ladi. Tasvirni tuzishda jadval (matritsa) dan foydalaniladi, bu 256
qatordan va shuncha ustunchalardan tashkil topgan. Bundagi har bir tasvirning
elementi o‘zining “adreni” ga ega va hisoblash
chapdagi yuqori burchakdan
boshlanadi. Element tasvirining hajmi ko‘rish maydoniga bog‘liq, ya’ni aks
ettirilayotgan sohani katta kichikligiga bog‘liq. Ko‘rish maydoni odatda kvadrat
ko‘rinishida beriladi, tomonlari millimetrlarda o‘lchanadi. 200 g teng bo‘lgan
ko‘rish maydoni, bu kvadratning tomonlari 200 mm ga teng degan so‘z. Biror
to‘qimani yoki kesuvni MR-tasvirini tuzishda shu sohaning protonlarga ta’sir
ko‘rsatiladi va bunga qo‘shimcha magnit maydonini kiritish orqali erishiladi.
Tashqi magnit maydon bir koordinat o‘qi atrofiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Maydonlarni kombinatsiya holatida xohlagancha MR kesuvda barcha
tekisliklardan tasvir olish imkoniyatini beradi, bunda kasal o‘zining tana holatini
o‘zgartirmasligi mumkin.
MR-tasviriga ta’sir ko‘rsatuvchi parametrlar, artefakt turlari
Artefaktlarni paydo bo‘lishi bemor va apparat bilan bog‘liq.
Bemor bilan
bog‘liq artefaktlar ikkiga bo‘linadi. Fiziologik va begona buyumlar bilan
bog‘langan. Fiziologik artefaktlar bemor ichki azolarining va to‘qimalarning
harakati, siljishi bilan bog‘liq bo‘lib tasodifan paydo bo‘ladi. Bunda miokardni
qisqarishi, qon va limfa almashinishi, nafas olishdagi holat, sababchi bo‘ladi.
Tasodifan uchraydigan artefaktlarga-ichakni peristaltikasi, ko‘z olmasining
harakati, yutishdagi harakatlar kiradi.
168
Yurak qisqarishi bilan bog‘liq artefaktlarni yo‘qotishda bo‘lgan
sinxronizatsiyalik EKG (haqiqiy yoki soxta sinxronizatsiya) ishlatiladi. Taxminiy
to‘yinish usuli qon aylanishga doir bo‘lgan artefaktlardan xoli bo‘lish uchun
qo‘llaniladi. Harakatdagi to‘qima
sohasiga, qo‘shimcha RCHI yuboriladi, bu shu
hududni protonlarini qo‘zg‘atadi. Asosiy RCHI ni yuborish vaqtida mazkur
hududni magnitlanishi nolgacha pasayadi, natijada bu hududda artefaktlar paydo
bo‘lmaydi. Ko‘z harakatlari, chaynov harakatlariga doir artefaktlar yuqorida
ko‘rsatilgan gradientlarni yo‘nalishini o‘zgartirish orqali yo‘qotiladi.
MR-tomografiyasi o‘tkazishga qarshi ko‘rsatmalar va cheklanishlar
Statik magnit maydoni organizmdagi elektromagnit jarayonlarga ta’sir
ko‘rsatadi. Magnit maydonning ta’siri, ko‘pincha, yurak impulsini o‘tkazilishiga,
nervdan o‘tayotgan tezlikka va membrana potensialiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi,
shuning
uchun yurak patologiyasida, ritmni implantasiya qilingan holatlarda MT-
tomografiya o‘tkazish man etiladi. Yana bemor organizmida metall implantatlar
bo‘lmasligi lozim.
500>
Do'stlaringiz bilan baham: