97
Miyacha oq moddasida uning markaziy o‘zaklari joylashgan. Har bir yarim
sharda 4 ta o‘zak qayd etiladi. O‘rtada ya’ni miyacha chuvalchangida cho‘qqi
o‘zagi (nucleus fastigi) joylashgan. Bu o‘zakni yon tomonida sharsimon, so‘ng
po‘kaksimon, eng tashqarida, tishsimon o‘zak joylashgan.
Miyacha o‘zaklarining gistologik tuzilishi.
1. Cho‘qqi o‘zagi katta va kichik hujayralardan iborat bo‘lib, katta hujayralar
tashqi va kichik hujayralar ichki tomonda joylashadi. Kichik
hujayralardan efferent
tolalar tarqalib ular kesishma hosil qiladi.
2. Sharsimon o‘zakda ham katta va kichik hujayralar bo‘lib, ular to‘plam-
to‘plam joylashadi. Bu o‘zakning afferent yo‘llarini chuvalchangning Purkine
hujayralarining tolalari va Bexterev o‘zagini tolalari hosil qiladi. Efferent tolalar
esa miyachaning ustki oyoqchalarini tashkil qiladi.
3. Po‘kaksimon o‘zak ganglioz hujayralaridan tashkil topgan bo‘lib,
to‘plam-to‘plam bo‘lib joylashadi. Ular tishsimon o‘zak hujayralariga o‘xshash
bo‘lib, farqi ulardan kattaroqdir. Ularning afferent tolalarini Purkine
hujayralarining o‘q silindrlari, efferent tolalari esa miyachani
yuqori oyoqchasini
hosil qiladi.
4. Tishsimon o‘zak – katta multipolyar, hamda mayda ganglioz
hujayralardan iborat. Bu hujayralarni tanasida Nissel moddasi va lipofussin
pigmenti bor. Bu o‘zak hujayralaridan juda ko‘p dendritlar tarqalgan bo‘lib, ular
kollaterallar hosil qiladi. Aksonlari esa miyachani ustki oyoqchasini tashkil
bo‘lishida ishtirok etadi. Bu o‘zakni dorzomedial
qismi chuvalchang bilan, hamda
miya po‘stlog‘ini sensomotor sohasi bilan aloqada (tepa va chakka bo‘lagi).
Efferent tolalari esa miyacha ustki oyoqchasini asosini tashkil qiladi.
Miyacha po‘stlog‘ini o‘rta qismi (chuvalchangi) sharsimon va cho‘qqi
o‘zaklar bilan, miyacha yarim sharlarini po‘stlog‘i tishsimon va po‘kaksimon
o‘zaklar bilan bog‘langan. Miyacha po‘stlog‘i o‘z tomonidagi o‘zaklar bilan
bog‘liq.
Miyachani markaziy nerv tizimi boshqa bo‘limlari bilan aloqalari.
Miyacha oq moddasida quyidagi tolalar qayd etiladi: proyeksion, assotsiativ,
komissural.
Proyeksion tolalar miyachani markaziy nerv tizimi bilan bog‘laydi.
Bu bog‘lanish esa miyachani 3 juft oyoqchalari orqali ro‘y beradi.
Miyachada quyidagi oyoqchalar mavjud: ustki
yoki oldingi oyoqcha, o‘rta
oyoqcha, pastki yoki orqa oyoqcha.
Miyachani pastki va o‘rta oyoqchalari afferent tolalardan iborat bo‘lib,
impulsni miyachaga olib keladi. Ustki oyoqcha esa aralash tolalardan iborat
(afferent va efferent).
Miyachani pastki oyoqchalari uni uzunchoq va orqa miya bilan bog‘laydi.
Unda ikki qism qayd etiladi – tashqi va ichki. Tashqi qismi arqonsimon tanacha
bo‘lib, u orqa va uzunchoq miyadan keluvchi yo‘llardan iborat. Arqonsimon
tanacha Burdax o‘zagi oldidan boshlanadi. Bu oyoqchadan quyidagi yo‘llar o‘tadi:
1. Chuqur sezgi yo‘lini bir qismi, kesishma hosil qilishdan oldin.