www.ziyouz.com kutubxonasi
281
— Irland banklarini bilasan-ku, — davom etdi Berns. — Ularning ko‘pi haliyam inglizlarga tegishli.
Shunday qilib, qozon qalpoq va hassa tutgan ingliz bankiri Dublinga, yillik tekshiruvga kelibdi. U to‘g‘ri
bankka qarab yuribdi. Kunduzi o‘n ikki. Hech kim yo‘q. Eshiklar ochiq, kassalarning qutilari chiqarib
qo‘yilgan, hatto yerto‘ladagi seyf ham lang ochiq. Hammayoqda pul. Ammo hech kim yo‘q. Uning
qattiq jahli chiqibdi. “Trevoga!” signalining tutqichidan tortibdi. Kuchli ovozlar yangrabdi.
Qo‘ng‘iroqlar, Sirenalar! Quloqni qomatga keltiradi! U yugurib ko‘chaga chiqibdi. Hech kim to‘xtamas
emish. Odamlar uning yonidan indamay o‘tib ketaveribdi. Bir payt ko‘chaning narigi betidagi
qahvaxona eshigi ochilib, patnusda to‘rt krujka pivo ko‘targan ofitsiant ayol chiqibdi va bankka qarab
yo‘l olibdi. — Berns gapdan to‘xtadi.
— Xo‘sh?
— Nima xo‘sh? Kulmaysanmi, surbet!
Palmer qovog‘ini soldi, keyin gap mazmunini tushundi.
— Ular... ular trevoga signalidan foydalanishar ekanmi?
— Ofitsiantni chaqirish uchun, — latifasini tugatdi Berns va jon-jahdi bilan baland ovozda kulib
yubordi. — Bo‘pti. Yaxshi. — Berns sigaret tutatib, halqa-halqa tutun chiqardi va ularning orasidan
Palmerga qiyo qaradi. — Gapimni tingla, Vudi. Men kuchim boricha keskinlikni yumshatishga harakat
qilaman. Odatda bunga osongina erishaman. Bir necha kun avval yasama tishlaring uchun seni
osishga qasamyod qilgan edim. Biroq sen oyog‘im ostidagi barcha g‘ovlarni, Jo Lumisni va butun
bema’ni rejalarni olib tashlading. Endi bizning vazifamiz aqllar uchrashuvi uchun yo‘l topish. Men
magnitofon tasmasini ishga solmay turib senga nemis bilan ko‘zboylag‘ich o‘ynashingga imkon
berdim. Shunday qilib, mendan voz kechma. Men bilan suhbatda bo‘l. Meni qanchalik yaxshi
ko‘rishingni ayt.
Palmer bosh chayqadi.
— Bir-birimizni aldamasak, yanayam yaxshi ishlashimiz mumkin. Sen bilan ishlash og‘ir, chunki
o‘rtada ishonch yo‘q. Men bilan birga bo‘lish senga ham qiyin, sababi bir marta bo‘lsa ham laqillatib
ketganlarni yoqtirmaysan.
— Yo‘q, unday emas. Yutqazganlarni ko‘rgani ko‘zim yo‘q, qariya. G’oliblarga jon deb xizmat
qilaman.
Berns kinoyali jilmaydi.
— Qanaqa jang haqida gapiryapmiz? Olbanidagi Bill bo‘limlari haqidami yo YuBTK ustidan nazorat
uchun kurashmi?
— U haliyam davom etyaptimi? — so‘radi Palmer mug‘ombirlik bilan.
— Bu haqda hali hech narsa e’lon qilingani yo‘q.
— Menimcha, — dedi Palmer o‘ychan, — erta-indin norozi aktsiyadorlar Lumisning qo‘lini bog‘lab
qo‘ysa, Vashington so‘roqqa tutishi bilan qandaydir ko‘mitacha Lumisni Jet-Texdan haydash
harakatiga tushib qoladi.
Berns tasdiqladi:
— Buni men ham o‘ylaganman.
— Muhabbat bobida so‘zlayotganimizga sabab ham shu-da.
Berns kaftlarini yuqoriga qaratdi.
— Miyam qay darajada ishlayotganini shunchalik bilar ekansan, nima uchun haligacha menga
ishonmayapsan?
— Chunki men ham insonman, Mak. Kunlardan bir kun sirpanib ketishim mumkin. Shu paytda sen
meni sotasan. Yana. — Bernsning sarg‘amtir-qo‘ng‘ir ko‘zlari katta ochildi. — Qadrdon do‘st. Meni
sotmasligingni qaerdan bilaman?
— Sen sotma.
Berns o‘ylanib qoldi, keyin o‘rnidan turib, yotoqxonaga kirib, ketdi. Ko‘p o‘tmay besh quti silliq
magnitofon qutichalarini ko‘tarib chiqdi.
— Bu — hammasi, — dedi u. — Demoqchimanki, bu — ko‘chirib yozilgani emas, asl nusxasi. Bir
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |