www.ziyouz.com kutubxonasi
282
santimetr ham yozuv olib qolganim yo‘q. Menga ishonasanmi?
Palmer qutilarni olib, go‘yo tarozida tortayotgandek, chamaladi.
— O’ta ta’sirchan harakat, Mak.
— Shunday bo‘ladi deb o‘ylagandim. Endi mega ishonasanmi?
— Virjiniya Kleri boshqa ishga o‘tayotgani va bu tasmalar oxir-oqibatda sariq chaqaga ham
arzimasligini hisobga olganda, — dedi Palmer, — ishonsam bo‘ladi.
Berns bo‘shashib stulga o‘tirdi va Palmerga tikilib qoldi:
— Bunisi endi ortiqcha, oshna. Bu haqda qachon gapirdi? Bugun oqshomdami?
— Ha.
— Mening hamma harakatlarim puchga chiqibdi-da.
— O’ta qayg‘uli. — Palmer jangari qiyofaga kirdi. — Shunday qilib, Mak, ikkimiz ham o‘zaro ishonch
darajasini aniqlab oldik. Bu Nyu-Yorkcha sovuq usul. Shu yerda to‘xtashni xohlasang, kel, ishga
kirishamiz.
Oltmish beshinchi bob
Yechilmagan jumboqlar. Palmer lablarini qiyshaytirib, ko‘zlarini qisdi: chiroqning yorqin nuridan
ko‘zlari qamashib ketdi.
U ko‘zlarini ochib, yozuv stolida yotgan qog‘ozlarni oldi va bugun oqshom Berns bilan tuzgan
rejalarida yana qandaydir muammolar qolmadimikin deya ko‘zdan kechirdi. Soatga qaradi, tonggi to‘rt
bo‘libdi. Boshqa masalalarga to‘g‘ri javob topish uchun yana biroz uxlab olish kerak deb o‘yladi.
Palmer chuqur nafas olib, telefonga qo‘l cho‘zdi va Bernsning idora raqamini terdi. U yoqdan ayol
kishi cho‘ziq ovozda xohlamaygina javob qaytardi: Aterton, Kregi end Mun.
— Mak Berns shu yerdami?
Ayolning ovozi jonlandi:
— Qanday yordam kerak?
— Bu — mister Palmer. Mister Bernsni ulab bering.
— Bir daqiqa, janob Palmer, — U “Palmer” so‘ziga shunday urg‘u berdiki, Palmer Bernsning ayol
bilan bir xonada o‘tirganligini va telefon go‘shagiga qo‘l cho‘zayotganini aniq ko‘rgandek bo‘ldi.
— Hali yotmadingmi, azizim?
— Sen ham xodimlaringni ushlab turganingni sezyapman. Yo bu dasturdan tashqari ko‘ngil
ochishmi?
— Faqat ishga doir munosabat. Karikatura tamom bo‘ldi. Nusxalar tugadi. Bosh qashishga vaqt
yo‘q... Berns qattiq yo‘taldi, — ... Linotipda chiqarishga ko‘p vaqt kerak, hisoblash mashinasining
yozuv uskunasida ko‘paytiryapmiz. San’at bo‘limidagi yigit tarqatiladigan nusxani bezayapti.
— Qani, eshitib ko‘raylik-chi, Mak.
— X-x-o‘p, — narigi tomondan sarosimali g‘uldirash eshitildi. — Bu yomon emas, — pishilladi
Berns. — To‘g‘rilangan nusxasi, haligi... Jimmi. Yaxshi, Vudi?
— Boshla.
— Mayli, sarlavhasi, hmm, qaerdaydi... “Sotsialistik banklar oxirgi tomchi qonimizni so‘rib
olishmoqda”. Qoyilmi?
— Xudoyim, to‘ng‘illadi Palmer. — E’tibor berma, davom et.
— Yaxshi. Uning ostida — kattakon hajviy rasm. Ulkan, semiz, iflos bank, “jamg‘arma bank” degan
yozuv, tomida o‘roq-bolg‘ali bayroq. Nasosdan shlang chiqarilgan. Senatorga o‘xshagan odam nasosni
bosyapti. U odam “Davlat qonunchiligi”ni bildiradi. Nasosning shlangi kichkina, Jon K.ning majruh
qo‘liga sanchilgan tibbiyot ninasiga ulangan. Umuman, xalqdan chiqqan qashshoq. Ninadan bir necha
tomchi qon oqib turibdi. Rosa kaltak yeganga o‘xshaydi. Cho‘ntaklari ag‘darilgan. Dala qo‘riqchisini
eslatadi. Bank atrofida esa u har soniyada yanayaam semirib borayotganini ko‘rsatuvchi chiziqlar
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |