Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
259
— Unga hech narsa qilmadimi? Ayolning ovozi qumga sanchilgan belkurak tovushiga o‘xshab 
chiqdi. 
Palmer bosh irg‘adi. 
Virjiniya uning yoniga keldi. O’ng qo‘lini ko‘tarib, barmoqlarini ko‘zdan kechirdi. Palmerning 
barmoqlari hamon titrardi. 
— Barmoqlaring qalay? — so‘radi Virjiniya. 
U boshini chayqadi. 
— Karaxt bo‘lib qoldi. 
— Qimirlatishga harakat qil. — U harakat qildi. Barmoqlari qattiq og‘ridi, lekin bu og‘riqqa chidasa 
bo‘lardi. Lekin titroq kuchaydi. 
— Sinmagan shekilli, — dedi Virjiniya. — Ichishga biror narsa beraman. 
Palmer avvaliga rad etdi, keyin stakanni chap qo‘li bilan oldi. Viskiga biroz diqqat bilan qarab turib, 
keyin bir necha marta xo‘pladi. Biroq bundan ham tinchlanmadi. Stakanni stol qirrasiga quymoqchi 
bo‘lgandi, eplay olmadi. Stakan gilamga tik tushib, ichidagi suyuqlikning bir tomchisi ham to‘kilmadi.  
Bu g‘ayritabiiy holat Palmerni hayratda qoldirdi. Axir, idishdagi suyuqlik to‘kilishi kerak-ku, shunday 
emasmi? U tirsaklarini tizzalariga tiraganicha, egilib go‘yo butun tanasini chayqatayotgan ichki titroqni 
bosishga urindi. 
— Sen o‘zingni jag‘i singan odamday tuta olasanmi? — so‘radi Virjiniya. — Ichishga tobing qalay? 
— Mening jag‘im singan, — tan oldi Berns. U ko‘p yillar til o‘rganganini unutib, o‘z shevasida, 
qattiq iztirob ichida gapirdi. — Ularning shahar tashqarisidagi birinchi toifali klublaridan, faqat oqlarga 
atalgan mehmonxonalaridan, kurortlari, maktablari, yahudiylar va katoliklar uchun cheklangan 
kollejlaridan, la’nati ijara bitimlaridan, tushlik qilinadigan va qimor o‘ynaladigan klublardan ko‘nglim 
ayniydi. 
— Gapimni eshit, — Berns davom etdi. — Sen qanchalik aqilli qiz bo‘lmagin, hali bularni bilib 
olishing kerak. Vik meni tentak, deb hisoblaydi. U haliyam biz bilan birga biror ish qilishim mumkin, 
deb o‘ylaydi. Bekorlarni aytipti. Bizni hurmat qilishga, bizga bo‘ysunishga majbur qiladigan bitta vosita 
bor, xolos. Bu — etigimiz bilan basharasiga tepish! — U kutilmaganda baqirib yubordi. — Va, 
singilginam, bunga juda oz vaqt qoldi, agar sen.... 
— Mak, Mak, Mak! — Virjiniya uning yelkasiga qulini quyib, orqaga, divan suyang‘ichiga itardi. — 
Iltimos, jim bo‘l.  
Berns shu zahoti o‘rnidan sakrab turib, ehtiyotkorlik bilan jag‘ini paypasladi. 
— Agar sen Nyu-Yorkdagi bizga tegishli narsalar bir tunda ixtiyorimizga o‘tib qolgan deb o‘ylasang, 
tentak bo‘lasan, — u Virjiniyaga murojaat qildi. — Biz ularni qonimiz bilan qo‘lga kiritganmiz. Har bir 
qarichini. Bizni bir-birimizga — italyanlarni irlandlarga, yahudiylarni negrlarga, puerto-rikoliklarga 
gijgijlamagan, deb o‘ylamagin. Biroq biz endi uni qo‘lga kiritdik. — Palmer Berns qo‘lini yuqori 
ko‘tarib, musht qilganini ko‘rdi. 
— Biz uni qulga oldik. Protestantlar bu shaharni unda yashovchi odamlardan qaytarib olisholmaydi. 
Vestchestrdagi olmish minglik uy-joylari, Ferfilddagi ajoyib dala hovlilari, Shimoliy qirg‘oqdagi shunga 
o‘xshash qimmatbaho qo‘rg‘onlarini ham qaytarib olisholmaydi. Biz o‘zimizning xususiy shahrimizga 
egalik qilamiz, azizginam. Shuningdek, boshqa bir qancha shaharlarga ham egalik qilamiz. 
Chikagodagi istagan polyakdan so‘ra. San-Frantsisko portidagi istagan michmandan so‘ra. Jin ursin, 
Kaliforniyada esa biz bankka ham egalik qilamiz. — Berns go‘yo endi ko‘rgandek, Palmerga qiyo 
boqdi. — Xello, Palmer, — dedi u, — yutqizganlarga salom. 
Bir soniyaga Palmer unga indamay qarab turdi. Keyin kulib yubordi. Biroq kulgisi darhol so‘ndi, 
chunki vaziyat kuladigan darajada emasdi. Palmer o‘ng qo‘li kaftini pastga qaratib oldinga cho‘zdi: 
— Xayl Berns! 
Yaqindagina bo‘lib o‘tgan voqeadan oppoq oqarib ketgan Bernsning yuzi bo‘g‘riqib, qip-qizarib 
ketdi. U o‘rnidan turishga intildi, lekin yana divanga yiqildi. Basharasini tirishtirgancha, peshonasini 
ushladi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish