www.ziyouz.com kutubxonasi
248
— Chamasi, uning jahli chiqdi, — xushmuomalalik bilan so‘z qistirdi Berns. — Biroq u kimga jahl
qilyapti?
Palmer divanga o‘tirib, shoshilmay paypoqlarini kiydi, kamarini taqdi.
Yotoqxona eshigi ochildi. Virjiniya ikkala erkakning orasidan o‘tib, deraza yoniga bordi. Quyosh
nuriga yo‘g‘rilganicha, upadonini oldi. Yuziga sinchiklab qarab, lablarini bo‘yadi. So‘ng erkaklarga
o‘girildi:
— Salom, Mak!
— Juda zo‘r, — Berns bosh irg‘adi. — Vaqtni hisobga olmaganimga afsusdaman.
Ayol qoshlarini chimirdi:
— Shundaymi? O’zini bosishga urinib, chuqur xo‘rsindi. — Mayli, idorada ishim bor. Janoblar,
ko‘rishguncha.
Ellik beshinchi bob
— To‘g‘risini aytganda, sira ham borgim kelmayapti, — dedi Edis pardoz stolidagi ko‘zgu qarshisida
o‘tirib, yuziga bir tekisda upa surarkan. Uning yuzidagi mayda ajinlar chaplashgan pardozi ostida
bilinmay qoldi.
Shu kunning o‘zida ikkinchi marta soqolini qirtishlagan Palmer hammomdan chiqdi. U soqoli har
kuni olinmasa ham ko‘zga tashlanmasligini bilsa ham o‘ta silliq ko‘rinish istagida yana bir marta soqol
olishga mayl bildirdi.
— Bu, hatto qiziq tuyuladi, — uning gapini quvvatladi Palmer. — U yerda bizdan boshqa o‘ta
mashhur odamlar ham bo‘ladi. Zo‘r taomlarga boy dasturxon ham...
— Agar yahudiylarning taomlarini yoqtirsang, — labini bo‘yayotgan Edis yarim ovozda javob berdi.
— Istehzo qilayapsanmi?
Edis xo‘rsindi.
— Yahudiylarga yaxshi munosabatda bo‘lgan holda ularning taomlarini yoqtirmaslik mumkin.
Ovqatlar hamisha keragidan ortiq qaynatilgan bo‘ladi, ziravorlar yetishmaydi. Anchagina do‘stlarim
yahudiy taomlariga toqat qilolmaydi.
Palmer uni masxara qildi. Niyati Edisning kayfiyatini ko‘tarish edi.
— Bu gaplaring Berns aytib bergan hazilni yodimga tushirdi.
Edis qoshlarini chimirdi:
— Ikkovlaring hazil gaplar bilan vaqt o‘tkazarkansizlarda?
— Bruklinda xitoy restorani ochildi, — shoshilib gapida davom etdi Palmer. — Birinchi xo‘randayoq
taomnomani qo‘liga olib, “Avf eting, sizlarda baqlajondan tayyorlangan pissa, losana, manicotti,
parmigianlar bor ekan! Sizlar bularni xitoy taomlari deb atayapsizlarmi? — deb so‘rabdi. Unga javoban
ofitsiant yelkasini qisib: — Nima qilaylik, yahudiylar hududidamiz-da, — degan ekan.
Edis ko‘zlarini bo‘yashga o‘tdi.
— Bu hazil, — dedi u bor e’tiborini ko‘zini bo‘yashga qaratib, past, o‘zinikiga o‘xshamagan ovozda,
— faqat Nyu-Yorkliklar uchun kulgili. Agar mening kayfiyatimni ko‘tarmoqchi bo‘lsang, ovora bo‘lasan.
— Jin ursin, sening yaxshi kayfiyatingni menga nima keragi bor? — zaharxanda qildi u. — Sen
qanday bo‘lsang, shundayligingcha menga yoqasan.
Dasturxon o‘ta to‘kis bo‘lgani bois mehmonlar “Plaza”ga oqshom soat yetti yarimga taklif qilingan
edilar. Shunga qaramay, soat to‘qqizda kelgan Palmerlar zalning yarmi bo‘shab qolganini ko‘rishdi.
Xizmatkorlar chaqqonlik bilan taomli taqsimchalarni qo‘ya boshladilar. Palmer maxsus kiyim kiygan
eshik og‘asiga bosma harflarda yozilgan taklifnomani uzatdi. U nimyashil rangdagi qalin qog‘ozga
qarab, past, lekin shirali ovozda ularning ism-sharifini e’lon qildi:
— Kichik Vuds Palmer janoblari, xonimlari bilan!
Eshikdan nariroqda turgan bir nechta odam shu zahoti suhbatlarini to‘xtatib, kulib qaraganicha er-
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |